v) rivojlantiruvchi:____________________________________
____________________________________________________
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Qo‘riqlanayotgan obyektlar joylashgan hudud devor (taxta, sim va h.k.) bilan o‘rab olinishi kerak. Korpusga, markazga bo‘ysunadigan obyektlarda qo‘riqlanadigan portlovchi moddalar, o‘q-dorilar, yoqilg‘i moddalari va boshqalar saqlanadigan omborlar joylashgan hududlardagi devor balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan, sim to‘siqlari orasi 15 sm.dan kam bo‘lmagan ichki va tashqi to‘siqlarga
ega bo‘lishi shart. Ichki va tashqi to‘siqlar orasi mahalliy joy shart-sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi, balki 10 metr va undan ortiq bo‘lishi mumkin. To‘siqlar orasida soqchining yurishi uchun yo‘lak, eni 5 metrli to‘siqning tashqi tomoniga yondashib turuvchi kuzatuv-nazorat chizig‘i hosil qilinadi.
Qo‘riqlanayotgan obyekt yon-atrofining kuzatishga qulay bo‘lishi uchun to‘siqlar oralig‘ida (tashqi to‘siq ustida) aloqa vositalari, chaqirish vositalari, chiroqlar va yashinqaytargich qurilmalari bilan jihozlangan kuzatish minorasi qurish lozim.
O‘ta muhim obyektlarda, muvofiq mansabdor shaxslar buyrug‘iga ko‘ra, qurollar va kuzatish asboblari o‘rnatilgan muhandislik inshootlari yoki o‘q o‘tmaydigan to‘siqli kuzatuv minoralari qurilishi mumkin. Qo‘riqlanayotgan obyektga yaqin joyga, zarurat bo‘lsa, kunduzi va tunda yaxshi ko‘rinadigan quyidagi mazmundagi: «O‘tish man etiladi (yo‘l yo‘q)» yozuvli ko‘rsatkich o‘rnatiladi. Aylanib o‘tiladigan yo‘l ko‘rsatkich bilan ko‘rsatib qo‘yiladi. Bu ko‘rsatkichlar kunning ma’lum bir vaqtida qo‘yilishi lozim. Harbiy qism hududidan chetda joylashgan obyektlar atrofida o‘tish taqiqlangan joy va o‘rinlar davlat hokimiyatining mahalliy tashkilotlari va boshqarmalari bilan kelishilgan holda qonunga mos tarzda aniqlanadi. O‘tish taqiqlangan joy (o‘rni) chegarasi o‘zbek va rus tillarida: «O‘tish taqiqlangan joy», «O‘tish man etiladi (berk)» deb yozilgan va yaxshi ko‘rinadigan joyda ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi. Taqiqlangan joy (o‘rni) chegara o‘rnatilgani to‘g‘risida garnizon boshlig‘i (harbiy qism komandiri, qo‘riqlanayotgan obyekt boshlig‘i) davlat hokimiyatining mahalliy tashkilotlari orqali o‘z vaqtida yaqin atrofda yashaydigan aholini xabardor qilishga majbur. Taqiqlangan joy (o‘rni)
chegarasi ichiga umumiy foydalaniladigan yo‘llar, turar joy binolari, dehqonchilik qilinadigan yer maydonlari va boshqalar kirmasligi kerak. Post hududida mahalliy joy sharoitiga muvofiq, soqchi kengroq kuzatishi va o‘q uzish joyi (kamida 50 m) bilan ta’minlanadi. Shu bois post atrofi o‘t-o‘lanlardan tozalangan, daraxtlar kallaklangan, pastki shoxlari 2,5 metrcha balandlikda qirqilgan, maysalar o‘rilgan, ortiqcha narsalar olingan, begona kishilarning postga yaqinlashishlarini man etadigan
masofani taqiqlovchi chegara, soqchiga kunduz kuni, tunda va ko‘rish qiyin bo‘lgan sharoitlarda ham ko‘rinib turadigan ko‘rsatkichlar belgilanadi.
Bir necha postlarga ega obyektlar hududida har bir post chegarasi joyiga taxta bilan «¹ 2 post chegarasi» deb yozilgan ko‘rsatkich qo‘yiladi.
Shaharchalardan chetdagi muhim obyektlar va qorovulxonalarni himoyalash uchun postga (qorovulxonaga) yaqin joylarga, o‘q uzish uchun qulay bo‘lishini ta’minlab, xandaqlar qazib jihozlanadi hamda imkoniyatga qarab qo‘shni postlar bilan aloqa ta’minlanadi. Òunda post va qo‘riqlanadigan obyekt atrofi yoritilishi shart. Yoritishni shunday mo‘ljallab o‘rnatish lozimki, soqchi postda turganda va post hududini aylanib yurganda, hamisha soyada bo‘lishi lozim.
Post aloqa vositasi bilan jihozlanib, bu vositalar soqchiga kamida ikki joyda, obyektni patrullash orqali qo‘riqlaganda (har 250 metr yurilganda) zudlik bilan qorovul boshlig‘ini, uning yordamchisi va tarqatuvchisini chaqirishni ta’minlash shartdir. Ichki postlar, ayniqsa, Harbiy qismning Jangovar bayrog‘i oldidagi post 70 sm.dan 1 metr balandlikda o‘raladi va yoritiladi. Nazorat o‘tkazish punktlarida esa soqchilarga kutilmaganda hujum bo‘lishidan to‘sadigan to‘siqlar o‘rnatiladi.
Har bir tashqi (zarur hollarda ichki) postlarda qo‘riqlanayotgan ombor, omborxona va boshqalarda bevosita yong‘inni o‘chirish vositalari: yong‘in o‘chirgichlar, qum to‘latilgan qutilar, suv to‘latilgan bochkalar, chelak va asbob-anjomlar (belkuraklar, boltalar, misranglar, changaklar) bo‘lishi
ta’minlanadi. Tashqi postlarda post kiyimini saqlash uchun maxsus jihozlangan post boshpanasi turishi, ichki postlarda — shnel uchun shkaf yoki ilgich bo‘lishi kerak. Post boshpanasi qo‘riqlanayotgan obyekt yoki tevarak-atrof rangiga mos rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |