V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10
|
Yangi mavzuni yoritish
|
15
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
14
|
Darsni yakunlash
|
2
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Qorovullar tayinlangan harbiy qism komandirlari qorovul shaxsiy tarkibining tayinlanishiga
va uni xizmatga tayyorlashga, qurollar va o‘q-dorilarning ishlatishga yaroqli holatiga va qorovullarning o‘z vaqtida tarqatish tadbiriga yetib kelishiga javob beradi. Harbiy qasamyod qabul qilmagan,
yangi xizmatga kelgan, lekin hali ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lmagan, jinoyat qilgan, jinoyat
qilishda shubhalanib ustidan tergov ishlari olib borilayotgan, o‘zining axloqiy-ruhiy jihatidan
shu paytda qorovullik xizmatini o‘tashga tayyor bo‘lmagan, kasal va boshqa harbiy xizmatchilarni, shuningdek, axloq tuzatish jazo muddatini o‘tayotganlarni qorovullikka qo‘yish taqiqlanadi.
Naryadga kiradigan tunda qorovullikka tayinlangan harbiy xizmatchilar hech qanday
xizmatga, mashg‘ulotga yoki ishga jalb etilmasligi kerak.
Naryadga kirayotgan kun qorovul shaxsiy tarkibiga kun tartibida belgilangan soatlarda
xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rish uchun kamida 3 soat vaqt berilishi lozim. Qorovullikka
turgandan so‘ng bir kun o‘tgach esa 4 soat, jumladan, 1 soat uxlashga vaqt beriladi.
Vzvoddan (batareyadan) tayinlangan qorovul shaxsiy tarkibini tayyorlash shaxsan vzvod
(batareya) komandiri tomonidan amalga oshiriladi.
Qorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi:
birinchi, naryadga kirishdan ikki-uch kun oldin postlar raqami
bo‘yicha qorovul shaxsiy tarkibi tayinlanadi va bo‘linadi;
ikkinchi, naryadga kirishdan bir kun oldin kun tartibida ko‘rsatilgan
soatlarda qorovul shaxsiy tarkibi bilan harbiy nizom qoidalarini, qo‘riq lanadigan obyektlar
maketiga post raqamini qo‘ygan holda postdagi soqchining asosiy majburiyatlari va harakat
turlarini o‘rganish, xavfsizlik talablarini bajarish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
uchinchi, qorovullikka kiradigan kun postdagi soqchining vazifasi haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nizom qoidalari va soqchining asosiy vazifalarini o‘rganish mashg‘ulotlari qorovullar tayyorlash sinfida, garnizon qorovullari bilan amaliy mashg‘ulot — harbiy komendatura qorovullik shaharchasida, ichki qorovullar bilan mashg‘ulot esa — harbiy qism qorovullik shaharchasida
o‘tkaziladi
Soqchi va uning majburiyatlari
Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilardan iborat:
uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida;
uning qat’iy ma’lum shaxslarga — qorovul boshlig‘iga, uning
yordamchisiga va o‘zining tarqatuvchisiga bo‘ysunishida;
xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarishlarida;
Nizomda ko‘rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida.
Do'stlaringiz bilan baham: |