III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
3daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
20daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
4daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
5daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
3daqiqa
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Avtomat tarkibiga quyidagi asosiy qism va mexanizmlar kiradi:
1 . Stvol, stvol qutisi, zarbdor-tepki mexanizm, mo‘ljalga olish moslamasi, qo‘ndoq va pistolet dastasi bilan birga. 2. Olov so‘ndiruvchi-kompensator. 3. Stvol qutisining qopqog‘i. 4. Zatvor ramasi gaz porsheni bilan birgalikda. 5. Zatvor. 6. Qaytaruvchi mexanizm. 7. Gaz trubkasi stvol qoplamasi bilan birgalikda. 8. Stvol osti dastasi. 9. Magazin. 10. Nayza-pichoq. 11. Shompol. 12. Tozalash anjomlari uchun penal.
Avtomatning asosiy qism va mexanizmlari:
1—stvol, stvol qutisi, zarbdor-tepki mexanizm, mo‘ljalga olish moslamasi, qo‘ndoq va pistolet dastasi bilan birga;2—olov so‘ndiruvchi-kompensator; 3—stvol qutisining qopqog‘i; 4—zatvor ramasi
gaz porsheni bilan birgalikda; 5—zatvor; 6—qaytaruvchi mexanizm; 7—gaz trubkasi stvol qoplamasi bilan birgalikda; 8—stvol osti dastasi; 9—magazin; 10—nayza-pichoq; 11—shompol; 12—tozalash anjomlari uchun penal.
Stvol — o‘qning mo‘ljallangan tomonga uchishi uchun xizmat qiladi.
Stvol: a—avtomat stvolining tashqi ko‘rinishi; b—pulemyot stvolining tashqi ko‘rinishi; d—stvolning oxiri kesilgan ko‘rinishda; e—stvolning ichki ko‘rinishi; 1—yo‘nilgan qismi; 2—o‘qning kirish joyi; 3—patrondon; 4—nil asosi;5—gaz kamerasi; 6—gaz quvuri va stvol osti dastasini biriktiruvchi halqa; 7—mo‘ljalga olish moslamasining asosi; 8—stvol shtifti uchun ezilgan joy; 9—rezba; 10—pulemyot tirgagi biriktiriladigan asos; 11—shompolni biriktirish uchun sirg‘ali halqa.
Stvol ichkarisida to‘rt qirrali kanali bo‘lib, chapdan yuqoriga va o‘ngga yo‘nalgan. Qirralar o‘qning tez kuchlanib harakatlanishiga xizmat qiladi. Qirralar bilan bog‘langan yo‘lak bo‘lib, bu yo‘lakning o‘rtasi stvol kalibri
deyiladi. Stvolning zirhlangan qismi qattiq piston shaklida bo‘lgan kanali o‘qlanish qismi deyiladi. O‘qlanish qismidan stvol kanalining qirrali qismiga o‘tishi o‘qning yo‘lagi deb ataladi. Stvolning bosh qismida rezba bo‘lib, unga kompensator ulanadi, gaz kamerasi, bog‘lovchi mufta, nishonga olish dastasi hamda o‘q solinadigan joyda otilgan o‘q gilzasini chiqarib tashlovchi qismini ilib olish uchun zirhli kesishgan joyida yo‘naltiruvi
changakdan iborat. Gaz tuynugida ishqorlangan yo‘nalish gaz kamerasi orqali gaz kamerasiga o‘tadi. Stvol qutisi — avtomat qism va mexanizmlarini biriktirish, zatvor ramasining zatvor bilan birgalikdagi harakatini yo‘naltirish, stvol kanalini zatvor bilan yopish va zatvorni yopish uchun xizmat qiladi. Stvol qutisi o‘zining qopqog‘i bilan yopiladi. Stvol qutisi qopqog‘i — stvol qutisida joylashgan avtomatning qism va mexanizmlarini ifloslanishdan saqlaydi. Mo‘ljalga olish moslamasi — avtomat (pulemyot)ning o‘t ochish cho‘g‘ini turli masofalardagi nishonlarga to‘g‘rilash uchun xizmat qiladi.
Mo‘ljalga olish moslamasi: a—avtomatga o‘rnatiladigan; b—pulemyotga
o‘rnatiladigan; 1—moslama asosi; 2—moslama yo‘laklari; 3—planka; 4—yuruvchi
halqa; 5—mo‘ljal plankasi o‘yiqchasi; 6—yuruvchi halqa
Noto‘liq qismlarga ajragan avtomatni yig‘ish tartibi:
stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaztrubkasini biriktirish;
zatvorni zatvor ramasiga biriktirish;
zatvor ramasini zatvor bilan birgalikda stvol qutisiga joylashtirish;
qaytaruvchi mexanizmni biriktirish;
stvol qutisi qopqog‘ini biriktirish;
tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish va saqlagichni o‘rnatish;
shompolni biriktirish;
anjomlar penalini qo‘ndoqdagi uyaga joylashtirish;
magazinni avtomatga biriktirish.
Avtomatni qayta yig‘ishda qismdagi raqamlar stvol qutisidagi raqamlarga solishtirilib ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |