a—RGD-5 granatasi;
b—F-1 granatasi.
RGD-5 parchalanuvchi qo‘l granatasi, asosan, hujumga o‘tish davrida qo‘llaniladi. U korpus, portlaydigan zaryad va zapaldan iborat. Granata korpusi — portlaydigan zaryad va zapal trubkalari uchun
joylanishga xizmat qiladi. U yuqori va pastki qismlardan iborat bo‘lib, tashqi qoplamasi hamda qo‘shimcha almashinuvchi detallarning kirishi bilan granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. Korpusning yuqori qismiga qadamalar yordamida zapal uchun trubka birlashtiriladi, granata uchun zapalning birlashtirilishi, korpusdagi portlaydigan zaryadni mahkam berkitishga xizmat qiladi. Trubkalarni ifloslanishdan ehtiyotlab, unga plastmassa qopqoq burab kirgiziladi. Korpusga to‘ldirilgan portlovchi zaryad granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. UZRGM zapali (qo‘l granatasining zamonaviylashtirilgan bir xil shakldagi zapali) portlovchi zaryadning portlashi uchun qo‘llaniladi. U zarbdor mexanizm va shaxsiy zapaldan iborat. Zapallar doimo jangovar holatda bo‘ladi. Zarbdor mexanizmning ishlashini tekshirish va qismlarga ajratish qat’iyan taqiqlanadi. Zarbdor mexanizm pistoni alangalatib, zapalning alanga olishiga yordam beradi. U quyidagi qismlar-
dan iborat: zarbdor mexanizm trubkasi; birlashtiruvchi to‘siq; yo‘naltiruvchi shayba; jangovar prujina; zarbdor shaybasi; boshlovchi dastak;saqlagich o‘rta cheki, halqasi bilan.Harakatlanuvchi mexanizm trubkasi zapalning jami qismlarini yig‘ishda asosiydir. Birlashtiruvchi to‘siq esa zapalni granata korpusi bilan birlashtirish imkonini beradi. Bu yo‘naltiruvchi shayba jangovar prujina yuqori qismining tayanch vazifasini bajarib, zarbdorning harakatini yo‘llaydi. Zarbdor — harakatlanuvchi mexanizm trubkasining yuqori qismiga qadalgan. Jangovar prujina zarbdor energiya yetkazib berishni ta’minlaydi, zaruriy uchqun pistonni alangalatadi; alanga zarbdorni yuqoridagi oxirgi qismi bilan yo‘naltiruvchi shaybani va pastga yo‘naltiruvchi shaybani ham qamrab oladi. Zarbdor mexanizm yonuvchi pistonni alangalatish tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. U zarbdor mexanizm trubkasining ichkarisiga joylashadi. Shayba zarbdorning oxirgi tor qismida bo‘lib, jangovar prujinaning oxirgi tor qismidagi tayanchi hisoblanadi. Boshlovchi dastak zarbdorning tez alanga olmaslik holatini ushlab qolish uchun qo‘llaniladi (jangovar prujina qattiq qisiladi). Saqlagich o‘rtasidagi zarbdor mexanizm boshlovchi dastakni ushlab turishga xizmat qiladi; boshlovchi dastak tuynuk teshigidan hamda zarbdor mexanizm trubkasi devoridan
o‘tadi. Halqasi sug‘urib olinadi. Granatani uloqtirishdan oldin, trubkasidan probka burab olinadi, uning o‘rniga zapalni qo‘yib, burab oxirigacha qotiriladi. Zarbdor mexanizmning zapal qismi quyidagicha joylashadi: zarbdor mexanizm ko‘tarilib, boshlovchi dastakni yuqoridagi sanchiq qismidan ushlab harakatlanuvchi mexanizm trubkasining qo‘riqlash oldi chekiga birlashtiriladi. Qo‘riqlash oldi chekining oxiri ajratilib, zapaldan mahkam ushlanadi Granatani uloqtirish. Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, boshlovchi dastakni granata korpusiga qadab, barmoqlar bilan qisiladi. Dastakni qo‘yib yubormagan holda halqani qo‘riqlash chekidan uzib, granatani ko‘zlangan nishonga uloqtiriladi. Halqani uzib olishda, zapal qism holatlari almashmaydi. Zarbdor yo‘naltiruvchi holatidan boshlovchi dastak qolishida
zarbdor mexanizm trubkasi birlashishi bilan ajralib qoladi, lekin qo‘l barmoqlari bilan qisib olinadi. Granatani uloqtirish vaqtida boshlovchi dastak granatadan bo‘linib, zarbdor bo‘shab qoladi.
Zarbdor mexanizm jangovar prujina yordamida harakatlanib, pistonni harakatlantiradi va uni tutashtirib yuboradi. Alanga uchqunlari pistonni alangalatish yo‘li bilan alangani kuchaytiradi va undan piston portlagichga ulanadi. Piston kuchli alangalanib, granatani alangalatuvchi zaryadning portlashiga olib keladi. Granata korpusi ko‘tarilib, portlashida parchalar turli tomonlarga tarqaladi.Granatalarni uloqtirish va joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: uloqtirishgacha tayyorlash hamda granatani uloqtirish. O‘quv mashg‘ulotlarida jangovar granatani uloqtirish paytida po‘lat shlem kiyish tavsiya qilinadi. Granatalarni o‘qlash «Granatalar tayyorlansin» komandasi orqali amalgam oshiriladi. Jang vaqtida esa mustaqil harakat qilinadi. Granatani o‘qlash uchun granatalar saqlanadigan sumkadan granatani chap qo‘l bilan olib, o‘ng qo‘lda korpus trubkasini burab, qopqoq chiqarib olinadi. So‘ngra granatani chap qo‘lda ushlab, o‘ng qo‘l bilan sumkadan zapal olinadi. Zapal markazdagi trubkaga aylantirilib, oxirigacha qotirib buralgandan keyin granata otishga tayyor bo‘ladi..
Harakat holatida granatani uloqtirish:
a, b, d—harakatlanish ketma-ketligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |