2.3. Kurs ishi (loyixasi) tarkibi, ularga
qoyiladigan talablar.
O’quv rejada mazkur fandan kurs ishi yozish rejalashtirilmaga
Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar
Oliy o’quv yurti, turli sohalar boyicha ijodiy fikrlashga qodir, Mustaqil ta’limlay oladigan, yuqori mutaxassislarni tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qoydi. Bunda bir muncha ilg’or usul va ta'lim vositalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosiy o’rinni egallaydi.
Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining keyingi bir qator hujjatlarida talabalarning Mustaqil ta’limlarini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda.
“ Maxsus maktab o‘quvchilarining oila psixologiyasi ” kursi defektolog kadrlarni tayyorlash tizimida muhim o’rinni egallaydi.
Kursning asosiy vazifalariga «Ona tili o’qitish maxsus metodikasi» fanining barcha bo’limlarini mazkur fan bilan bog’liq bo’lgan (pedagogika, maxsus pedagogika, psixologiya, maxsus psixologiya, anatomiya, fiziologiya) fanlaridagi yangi ilmiy hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni egallash kiradi.
“Maxsus maktab o‘quvchilarining oila psixologiyasi ” fanini muvaffaqiyatli o’rganish-nazariy bilimlarning keng doirasini o’zlashtirish, maxsus adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallashga imkon yaratadi, shuningdek eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar maktabgacha ta'lim muassasasi hamda maktab internatida o’quv ishlarini tashkil etish uchun mashg’ulotlar rejalashtirish, maxsus va umumta'lim darslar uchun reja matn tuzish, mazkur mashg’ulotlar uchun ko’rgazmali qurollar va didaktik materiallarni tanlash va tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Talabalarning Mustaqil ta’limini tashkil etish “Maxsus maktab o‘quvchilarining oila psixologiyasi” fanini yaxshi, muvaffaqiyatli o’zlashtirishlarida muhim hisoblanadiki, bunda ta'lim jarayonida olib boriladigan Mustaqil ta’limning turli ko’rinishlari (konspekt olish, referat yozish, ilmiy- metodik adabiyotlar analizi, ma'ruzalar tayyorlash, mavzu yuzasidan internet ma'lumotlarini to’plash) talabalarning ilmiy ma'lumotlarni analiz qilishni, umumlashtirish, xulosalar chiqarishni nazarda tutadi.
Ushbu qo’llanmada keltirilayotgan nazorat savollar kollokvium, oraliq nazorat imtihonlariga muvaffaqiyatli tayyorlanishga imkon yaratadi. Bular o’zlashtirilgan bilimlarni talabaning o’zi tomonidan tekshirishga, ya'ni o’z-o’zini nazorat qilishga hizmat qiladi. Talabalarning olib borayotgan Mustaqil ta’limlarini turli usullar: mavzuli royxatlar, konspektlar, maxsus adabiyot analizlari, og’zaki bayon etishlarini tekshirish orqali nazorat qilish mumkin.
Mazkur qo’llanmada, savol va topshiriqlar taxminiy xarakterga ega bo’lib, pedagogik mahorat, ijodiy yondoshuv orqali ularning birmuncha takomillashtirish to’plamini kengaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |