2. Xarajatlarni samarali boshqarishda nazoratning ahamiyati hamda uning amalga oshirilish tartibi
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablagʼ bilan taʼminlanadigan sohalarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Barcha islohatlarning maqsadi byudjet siyosatida davlat byudjeti taqchilligini belgilangan meʼyoridan oshib ketishiga yoʼl qoʼymaslik, byudjet xarajatlarini samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli boʼlishini taʼminlashdir. Byudjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, byudjetdan mablagʼ bilan taʼminlashni takomillashtirish hamda mablagʼlardan samarali va maqsadli foydalanish, byudjet intizomini taʼminlash byudjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Byudjet jarayonlari, jumladan, byudjet ijrosi uni bajarilishini qatʼiy taʼminlashda byudjetdan birinchi darajali ustuvor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, ulardan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
Byudjet ijrosi shunday jarayonki, u moliya yili mobaynida toʼliq va oʼz vaqtida har bir manba boʼyicha daromadlarni tushishini, shuningdek, korxona va tashkilotlarni tasdiqlangan byudjet summasi chegarasida moliyalashtirilishini taʼminlaydi. Byudjet ijrosi kassa birligi, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobini yuritish, byudjet tiniqligi, byudjet majburiyatlarini limiti, shartnomalarni roʼyxatga olish kabi tamoyillarga asoslanadi.
Byudjet mablagʼlarini taqsimlovchilari, taqdim qilingan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, koʼrsatilgan xizmatlar uchun hisob- kitobni amalga oshiruvchilar - byudjetdan mablagʼ oluvchilardir yoki byudjet tashkilotlaridir. Byudjet amaliyotida mablagʼlarini sarflash jarayoni uch bosqichga boʼlinadi.
1. Tasdiqlangan byudjet mablagʼlarini oluvchilarga yetkazish bosqichi.
Respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar eʼtiboriga byudjetdan ajratiladigan mablagʼlarning tasdiqlangan miqdori yetkaziladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi - xarajatlarni amalga oshirishdagi majburiyatlarini qabul qilishda byudjet tashkilotlariga byudjet majburiyatlarini limitini belgilash va yetkazishdir. Byudjet majburiyatlarining limiti-byudjet ijrosini amalga oshiruvchi, byudjet mablagʼlarini taqsimlovchi va oluvchi organlar uchun aniqlangan va tasdiqlangan byudjet majburiyatlarining yigʼindisidir.
2. Byudjet xarajatlarni moliyalashtirish bosqichi.
Byudjet tashkilotlarining moliyalashtirish limiti - joriy moliya yilida beriladigan pul mablagʼlarining chegarasidir. Byudjet tashkilotlari faqat yuqori byudjet mablagʼlarini taqsimlovchilar tomonidan chegaralangan mablagʼlarning sarflashni amalga oshirish huquqiga ega boʼlishlari kerak. Boshqacha qilib aytganda, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish rejasining hajmi davlatning byudjetdan mablagʼ oluvchiga byudjet majburiyatlarini qabul qilish huquqining berilishidir.
3. Byudjet xarajatlarini kassali ijro etish bosqichi.
Bu bosqichda belgilangan tartibda va chegaralangan mablagʼlar doirasida, tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan qabul qilingan byudjet majburiyatlarini toʼlovi amalga oshiriladi. Davlat byudjetidan majburiyatlarning toʼlovi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet mablagʼi oluvchilarining taqdim qilgan va byudjet majburiyatlarni ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar asosida xarajatlarni amalga oshiriladi.
Byudjet ijrosi jarayonining har bir bosqichi moliyaviy nazorat bilan birgalikda olib boriladi. Byudjet mablagʼlarini ishlatilishini nazorati orqali davlat va mahalliy boshqaruv organlari muntazam ravishda tasdiqlangan byudjetning daromad va xarajatlar rejalarini toʼliq va sifatli bajarilishini nazoratga olish, ularning bajarilishiga taʼsir qiluvchi turli salbiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlar belgilash imkoniga ega boʼladilar.
Dastlabki nazorat xarajatlar rejasini tuzish vaqtida oʼtkaziladi. Byudjet tashkilotlarining majburiyatlar hisobini yuritish bosqichida amalga oshiriladi va byudjetdan mablagʼ oluvchilarning koʼzda tutilmagan xarajatlar boʼyicha byudjet majburiyatlari olinishiga qarshilik koʼrsatiladi. Dastlabki nazorat – taxminlashtirish, rejalashtirish va loyihalashtirish bosqichida, moliyaviy operatsiyalar amalga oshirishlishidan avval oʼtkaziladi, oqilona boshqaruv yechimlari qabul qilinishiga xizmat qiladi, uning maqsadi noqonuniy operatsiyalar, samarasiz xarajatlarning oldini olishdir.
Joriy nazorat moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganidan keyin oʼtkaziladi, tekshirilayotgan hujjatlarni va muassasaning moliyaviy faoliyati oʼrganiladi. Joriy nazorat moliyalashtirish bosqichida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari byudjetni ijro qiluvchi organga majburiyatlarni qabul qilinganlik holatini tasdiqlaydigan hujjatlarni tekshiruv uchun taqdim qiladi. Bundan tashqari, aniq xarajatlarni toʼloviga hujjat tayyorlash qoidasiga javob berilishi mavjud talablariga rioya qilinishi kerak. Shu bosqichda byudjet tashkilotlarining koʼzda tutilmagan xarajatlariga qarshilik koʼrsatiladi.
Yakuniy nazorat oʼtkazilishida byudjet majburiyatlarini qabul qilishdagi tovarlar va xizmatlarning real qiymatiga tovarlar va xizmatlar uchun toʼlangan summaga muvofiqligi belgilanadi. Yakuniy nazorat byudjet loyihasini tuzish va koʼrib chiqish uchun javobgar moliya va nazorat organlari, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, Hisob Palatasi tomonidan nazorat amalga oshirilishi mumkin.
Gʼaznachilik tizimida kassali nazorat byudjet majburiyatlarini nazoratigacha ishlab chiqiladi, davlat mablagʼlarini ishlatilishini samaradorligini oshirishda kassali nazorat va davlatning moliyaviy resurslarini markazlashtirishni umumlashtirishning talaygina afzallik tomonlari mavjud.
Byudjet mablagʼlarini sarflashda byudjetdan qilinadigan xarajatlarning cheklanganligi, byudjet taqchilligining mavjudligi, byudjetda ijtimoiy sohalardan tashqari boshqa xarajatlarga aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash, iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini taʼminlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ham zaruriyat mavjud ekanligi hisobga olishimiz ham kerak boʼladi. Byudjet mablagʼlarini sarflashda yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldida qoʼyilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni taʼminlashga masʼuliyat bilan yondoshishni talab etadi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat oʼrnatilishi, byudjet tashkilotlarida mablagʼlarni maqsadli sarflash toʼgʼrisida keng doiradagi tushuntirish ishlari yetarli darajada olib borilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlarni katta qismini kommunal xizmat haqlari egallaydi va ular bilan shartnomalarni aniq, toʼgʼri hisoblar bilan tuzish muhimdir. Byudjet tashkilotlarida kommunal xizmatlar (issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya), gaz va elektr energiya sotib olish xarajatlari limitlariga qatʼiy rioya etish talab etiladi. Barcha byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi tasdiqlanganidan soʼng bir hafta ichida kommunal xizmatlari koʼrsatuvchi, gaz, va elektr energiyasi sotuvchi korxonalar bilan shartnomalarni ushbu xizmatlarga smetalarida koʼzda tutilgan limitlar doirasida tuzishni taʼminlash, hisob-kitoblarni oyma-oy amalga oshirib borish, limitdan ortiqcha koʼrsatilgan xizmatlarga haq toʼlamaslik muassasalarda ushbu xarajatlarga masʼul boʼlgan xodimlarni buyruq bilan biriktirib qoʼyish maqsadga muvofiq boʼladi.
Kommunal xizmatlar gaz va elektr enegiyasini sotib olishga tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarni hududiy moliya idoralarida nazorat-taftish boshqarmalari tekshirgandan soʼng roʼyxatdan oʼtkazish va bu jarayondagi intizomga, taʼriflarga va haqiqiy ehtiyojlarga qarab xarajat qilinishining doimiy monitoringi olib borish zarur. Suv, issiqlik, gaz, va elektr energiyasi isʼtemol qilinayotgan byudjet tashkilotlarida oʼlchov asboblarining toʼliq oʼrnatilishini va ishlashini nazoratga olish kuchaytirilishi yaxshi natijalar beradi.
Hozirgi vaqtda byudjet muassasalarida tegishli mutaxassislarni yoʼqligi ortiqcha mablagʼ sarflanishiga olib keladi. Buni bartaraf etish maqsadida moliya boshqarmalarida gaz, sovuq suv, issiq suv, elektr energiya tarmoqlari boʼyicha mutaxassislar kirtilsa, shartnoma toʼgʼri tuzilishi va byudjet mablagʼlarini maqsadli ishlatilishini nazorat qilish va mablagʼlarni iqtisod qilish mumkin. Ijtimoiy soha xarajatlarini rejalashtirishda oziq-ovqat, kommunal xizmat, kapital remont boʼyicha real qarzdorliklarni hisobga olishni taklif qilamiz. Kommunal xizmatlar boʼyicha shartnomalar tuzilish davrida shartnomalarni sifatli va asosli tuzishni taʼminlash maqsadida malakali xodimlarni jalb qilish va bu maqsadlar uchun xarajatlarni smeta xarajatlarida hisobga olishga ruxsat berilsa maqsadga muvofiq boʼladi.
Fikrimizcha, Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish rejasini va byudjet majburiyatlari limitini byudjet mablagʼlarini taqsimlovchilariga va byudjet mablagʼi oluvchilariga Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi, vazifa jihatidan tasnifi, tashkiliy tasnifi koʼrsatkichlari koʼrsatilgan holda, Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish rejasini va byudjet majburiyatlari limitini toʼgʼrisidagi bildirishnoma shaklda yetkazishni amalga oshirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Barcha belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda gʼaznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin. Gʼaznachilik tizimi byudjetdan mablagʼ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan tovarlar va koʼrsatilgan xizmatlar uchun gʼaznachilik ularning nomidan va byudjetdan mablagʼ oluvchining topshirigʼiga asosan vakolatni oʼziga oladi va byudjet mablagʼlarini maqsadli ishlatilishining nazoratini taʼminlash asosida toʼlovni amalga oshiradi.
Gʼaznachilik tizimidagi byudjetni ijro qilish jarayonida barcha byudjet mablagʼlarining miqdori, byudjetdan moliyalashtirishning kafolatlangan limiti, byudjetdan mablagʼ oluvchilar tomonidan haqiqiy tuzilgan shartnomalarning hajmi, tuzilgan shartnomalar asosida berilgan avans toʼlovlarning hajmi, tovar-moddiy boyliklar va bajarilgan ishlar hajmi qabul qilinganligi tasdiqlangandan keyin, shuningdek, taqdim qilingan schyot-fakturalarning toʼgʼriligini tekshirilganidan soʼng toʼlanadigan ish haqi va boshqa turdagi pul mablagʼlari summasi koʼrsatkichlarni aniq nazorat qiladi. Kunlik joriy nazorat gʼaznachilik zimmasiga oʼtgach, moliya organlari va byudjet muassasalarining pul mablagʼlari va tovar-moddiy boyliklarni saqlanishi, ulardan toʼgʼri, samarali foydalanishi, ish haqlarini toʼgʼri hisoblanishi va toʼlanishi kabi masalalarni nazorat qilishning yangi yoʼllari topiladi.
Byudjet ijrosining gʼaznachilik tizimida, “Byudjet tashkilotlarining bank muassasalaridagi mablagʼlari” buxgalteriya hisobi “Byudjet mablag’lari oluvchilarining Gʼaznachilik hisob varaqalari” bilan almashtiriladi:
byudjet mablagʼlari hisob-kitobi boʼyicha;
byudjetdan tashqari va boshqa daromad keltiruvchi faoliyatdan kelib tushgan mablagʼlar hisob-kitobi boʼyicha.
Bundan tashqari, davlat nomidan gʼaznachilik organlarining yagona hisobraqamida mavjud erkin mablagʼlarni bank va boshka depozitlarga joylashtirish uchun xam hisobraqamlar koʼzda tutilgan (aktsiyalarga, obligatsiyalarga va boshqa moliyaviy qoʼyilmalarga) debetorlar bilan hisob-kitoblar tarkibiga yangi “Daromadlar boʼyicha debetorlar bilan hisob-kitoblar” raqami ham kiritiladi.
Mazkur hisobraqamda maʼmurlar (administrator) tomonidan daromadlarni hisoblash jarayoni amalga oshiriladi, jumladan:
soliqlar, yigʼimlar va toʼlovlar summasi;
muassasa tomonidan amalga oshirilgan va buyurtmachilarga yetkazilgan tovar va xizmatlar boʼyicha daromadlar;
nomoliyaviy aktivlarni sotishdan tushgan summalar;
moliyaviy qoʼyilmalarni sotishdan tushgan summalar (aktsiya, obligatsiya, veksel va boshqa moliyaviy qoʼyilmalar);
maqsadli va qaytarilmaslik sharti bilan berilgan mablagʼlar.
Mazkur hisob, soliq toʼlovchi tomonidan toʼlashi lozim boʼlgan toʼlovlar miqdori hisob-kitobini amalga oshirish uchun moʼljalangan. Bundan tashqari, byudjet ijrosi byudjet mablagʼlarini bosh taqsimlovchilari tomonidan amalga oshirilishi sababli, byudjet muassasalari tomonidan olingan yuridik majburiyatlar boʼyicha amalga oshiriladigan xarajatlarni hisob-kitobini yuritish uchun quyidagi tartib nazarda tutiladi.
Majburiyatlar va amalga oshiriladigan xarajatlarni hisob-kitobini yuritish boʼyicha hisoblar:
Bosh taqsimlovchida
Byudjetdan mablag’ oluvchida
Tegishli byudjetni kassali ijrosini amalga oshiruvchi organlarda
Byudjet mablagʼlarini bosh taqsimlovchisi tomonidan ajratilgan byudjet hamda tasdiqlangan va byudjetdan mablagʼ oluvchilarga yetkazilgan byudjet mablagʼlari miqdorlari hisob-kitobi yuritiladi. Byudjetdan mablagʼ oluvchilar tomonidan ajratilgan byudjet miqdori hamda olingan majburiyatlar hisob-kitobi yuritiladi. Bunday tartib, buxgalteriya hisoblari darajasida nazoratni taʼminlab beradi va Bosh kitob tartibida quyidagi koʼrsatkichlar hisobi yuritiladi:
foydalanilmagan byudjet ajratmalari;
byudjetdan mablagʼ oluvchilar tomonidan olingan umumiy majburiyatlar;
foydalanilmagan mablagʼ miqdori.
Davlat byudjetidan mablagʼ oluvchilarning shaxsiy hisobraqamlaridan xarajatlarni moliyalashtirish paytida gʼaznachilik organlari tomonidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirishda barcha byudjet tashkilotlari va muassasalar qamrab olinishi koʼzda tutilmoqda. Har kuni bank Gʼaznachilik organiga maʼlumot taqdim etadi, oʼz navbatida gʼaznachilik organi har bir hisob boʼyicha byudjet oluvchiga maʼlumot beradi, toʼlov xarajatlarining nusxalarini rasmiylashtiradi, bu hujjat xarajat etilganligi toʼgʼrisida dalolat beradi. Muhimi shundaki, gʼaznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam samarali boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham beradi.
Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy oʼzgarishlarni taʼminlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qatʼiy taʼminlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablagʼlaridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish lozim.
Gʼaznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi. Markaziy gʼaznachilik organi va uning hududlardagi boʼlimlariga jarima sanktsiyalarini qoʼllashga ruxsat berish kerak. Masalan, alohida band sifatida «shartnoma shartlarini buzganligi va oʼz vaqtida bajarmaganligi uchun shartnomada koʼrsatilgan summaga nisbatan jarima qoʼllaniladi» deb kiritilsa va bajarilishiga amal qilinsa maqsadga muvofiq boʼladi. Bunda birinchidan, taʼminotchi va isteʼmolchilarning masʼuliyati oshadi, ikkinchidan byudjet tashkilotlarining qoʼshimcha daromad manbasi yaratiladi.
Gʼaznachilik faoliyatini tashkil etishning dastlabki chora-tadbiri sifatida mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriluvchi byudjet tashkilotlariga hamda respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlariga byudjetdan mablagʼlar oluvchilar bilan mahsulot yetkazib beruvchilar oʼrtasidagi shartnomalarni gʼaznachilik organlarida roʼyxatdan oʼtkazish zarur va tuzilgan shartnomalarga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritishni nazorat qilishni takomillashtirish kerak.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan soʼng oʼz daromadlarini mustaqil tasarruf etadigan, oʼz xarajatlarini oʼzi qoplaydigan boʼldi. Oʼzbekiston Respublikasi oʼz byudjetiga ega boʼlishi bilan birga, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashga eʼtibor bergan holda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashi ham byudjet tizimining vazifasi qilib qoʼyildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablagʼ bilan taʼminlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, oʼz navbatida iqtisodiyotni boshqarishning taʼsirchan dastagi hisoblangan Davlat byudjeti mablagʼlari doimo aniq bir maqsadga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak. Bunda, albatta, byudjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va toʼgʼri yuritish, byudjet mablagʼlaridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, byudjetda koʼzda tutilgan tadbirlar va dasturlarni aniq va oʼz vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada toʼliq bajarilishini taʼminlaydi.
Byudjet mablagʼlaridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib boʼlmaydi. Maʼlumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yoʼqki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud boʼlmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini oʼzida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon boʼladi.
Moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablagʼlarini maqsadsiz ishlatilishida koʼp sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini koʼrsatmoqda.
Jahon tajribasi shuni koʼrsatadiki, bugungi kunda dasturlarni moliyaviy taʼminlash va davlat mablagʼlari foydalanilishi ustidan nazorat oʼrnatish ishida gʼaznachiliksiz mufaqqiyatga erishib boʼlmaydi. Gʼaznachilikni joriy etish davlat mablagʼlarini boshqarish tizimining samadorligini oshirishga koʼmaklashadi. Gʼaznachilik tizimida qilinayotgan xarajatlarni eng yuqori darajadagi «tiniqligi»ga erishiladi.
Gʼaznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri byudjet mablagʼlarini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. Oʼzbekistonda yaratilayotgan markazlashtirilgan Gʼaznachilik tizimi gʼaznachilikning yagona hisobraqamida naqd pullarni markazlashtirishni, shuningdek, byudjet ijrosining nazoratini va hisob-kitobini koʼzda tutadi.
Rivojlangan mamlakatlardagi amalda ishlayotgan gʼaznachilikning yagona hisobraqami kontseptsiyalardan va kassadagi naqd pul oqimlarini va pulli operatsiyalarni boshqarish amalga oshiriladi. Bunda faol gʼaznachilikning yagona hisobraqami faoliyat koʼrsatadi va markazlashtirilgan buxgalteriya nazorati amalga oshiriladi. Barcha byudjet mablagʼlari gʼaznachilikning yagona hisobraqamida toʼplanadi, toʼlovni amalga oshirish uchun soʼrovnoma va uni tasdiqlaydigan hujjatlar gʼaznachilikka yoʼnaltiriladi, gʼaznachilik dastlabki nazoratni amalga oshiradi, toʼlovlarni rejalashtiradi va toʼlovni amalga oshiradi.
Bizning fikrimizcha, respublikamizda Gʼaznachilik tizimi faoliyati boshlanishi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Nazorat-tekshiruv Bosh boshqarmasi nazorat ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida, xoʼjalik subʼektlari bilan oʼzaro aloqadorlikning hamda reviziya va tekshiruvlarni oʼtqazishning yangi tartibi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq boʼladi.
Davlat byudjetining ijrosi gʼaznachilik tizimi orqali amalga oshirilganda joriy va yakuniy nazorat Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasi va Gʼaznachilik organiga yuklatiladi. Kunlik joriy nazorat gʼaznachilik zimmasiga oʼtgach, moliya organlari va byudjet muassasalarining pul mablagʼlari va tovar-moddiy boyliklarni saqlanishi, ulardan toʼgʼri, samarali foydalanishi, ish haqlarini toʼgʼri hisoblanishi va toʼlanishi kabi masalalarni nazorat qilishning yangi yoʼllari topiladi.
Gʼaznachilik tizimida byudjetni ijro qilish jarayoni detallashtirilgan, va u quyidagi koʼrsatkichlarni aniq nazorat qilish imkonini beradi:
barcha byudjet mablagʼlarining miqdori;
byudjetdan moliyalashtirishning kafolatlangan limiti;
byudjetdan mablagʼ oluvchilar tomonidan haqiqiy tuzilgan shartnomalarning hajmi;
tuzilgan shartnomalar asosida berilgan avans toʼlovlarning hajmi;
tovar-moddiy boyliklar va bajarilgan ishlar hajmi qabul qilinganligi tasdiqlangandan keyin, shuningdek taqdim qilingan schyot-fakturalarning toʼgʼriligini tekshirilganidan soʼng toʼlanadigan ish haqi va boshqa turdagi pul mablagʼlari summasi;
toʼlovga taqdim etilgan hisobraqamlardagi mablagʼlar miqdori;
byudjet mablagʼlari hisobraqamidan haqiqiy koʼchirilgan mablagʼlar miqdori.
Chet mamlakatlar amaliyoti shuni koʼrsatadiki, Gʼaznachilik boshqarmasi har yili nazorat-tekshiruv boshqarmasiga territoriyalarda joylashgan xoʼjalik subyektlari, byudjet mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyati toʼgʼrisida, shuningdek, oʼtgan yil mobaynida Davlat byudjetidan mablagʼ olgan tashkilotlar toʼgʼrisida boshlanayotgan yilning 01.01. holatiga axborotlar taqdim qiladi.
Nazorat-tekshiruv boshqarmasi tekshirish natijalariga koʼra materiallarni Gʼaznachilik boshqarmasiga Davlat byudjeti daromadlarini toʼldirish uchun, shtraf sanktsiyalari qoʼllash uchun maqsadli ishlatilmagan mablagʼlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni yoʼnaltiradi. Gʼaznachilik organlari taqdim qilingan materiallarni koʼrib chiqib, shtraf sanktsiyalari qoʼllanilgandan keyin byudjetdan mablagʼ oluvchilarga joriy yilning moliyalashtirish rejasi shu miqdorda kamaytirilganligi toʼgʼrisida maʼlumot yuboradi. Gʼaznachilik organlari tekshiruv natijalarini toʼliq amalga oshirish va masʼul rahbar xodimlarni, shuningdek, qonunni buzgan shaxslarni jazolash maqsadida byudjet mablagʼlarini noqonuniy ishlatish holatlari boʼyicha sud, prokratura organlariga axborot beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Gʼaznachilik organi faoliyatining uzluksiz qismi – bu nazoratdir deb aytish mumkin. Gʼaznachilik organlari byudjet oluvchilar tomonidan davlat byudjetining mablagʼlarini maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi. Bunda byudjet ijrosida gʼaznachilik tizimining maxsusligi koʼrinadi.
Banklar tomonidan mijozning hisob moliya hujjatlari, hisob raqamida qolgan mablagʼ miqyosida operatsiyalarni bajaradi va toʼlov manzilini nazorat etilmaydi. Gʼaznachilik organi esa qolgan mablagʼ miqyosida iqtisodiy tasnif moddalari boʼyicha toʼlov moʼljallanganligi ustidan nazorat olib boradi.
Byudjet oluvchilarning Gʼaznachilikka ijro uchun olingan moliya hujjatlari bankka Gʼaznachilik boʼlimlari nomidan taqdim qilinadi va xarajat hisoblaridan olinadi. Byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablagʼlari olish uchun maxsus tartib koʼzda tutiladi. Gʼaznachilik organi maʼlum tartib asosida byudjet tashkilotlarining ishonchli vakiliga pul chekini rasmiylashtiradi va shu chek asosida naqd pul banklardan gʼaznachilik organi hisobiga olinadi. Gʼaznachilik organi hisobidagi tushumlar va xarajatlar operatsiyalari maʼlumotnomalarda aks ettiriladi, har kuni bank Gʼaznachilik organiga maʼlumot taqdim etadi, oʼz navbatida gʼaznachilik organi har bir hisob boʼyicha byudjet oluvchiga maʼlumot beradi, toʼlov xarajatlarining nusxalarini rasmiylashtiradi, bu hujjat xarajat etilganligi toʼgʼrisida dalolat beradi.
Davlat byudjeti daromad va xarajatlar rejasini ijro etuvchi barcha banklar, byudjet mablagʼlarini hisobdan chiqarish, koʼchirish va hisobga olish muddatlariga amal qilishlari lozim. Bank tomonidan qonunbuzarlik sodir etilsa, Gʼaznachilik tomonidan jarimalar belgilanadi, hatto, Markaziy Bankga mazkur bankni litsenziyadan mahrum etish toʼgʼrisida taklif kiritiladi. Bundan tashqari, gʼaznachilik barcha byudjet oluvchilar tomonidan olingan mablagʼning maksadli ishlatilishi ustidan nazorat olib boradi, gʼaznachilik organlari tomonidan shu maqsadda barcha hisobxonalar, moliyaviy va boshqa hujjatlar mablagʼning maqsadli va qonun asosida ishlatilishi tekshiriladi. Noqonuniy ishlatilganligi aniqlansa, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va maqsadsiz ishlatilgan mablagʼ joriy yil byudjetini qisqartirish yoʼli bilan olib qoʼyiladi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy oʼzgarishlarni taʼminlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qatʼiy taʼminlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablagʼlaridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar yetarlidir.
Markazlashgan byudjet mablagʼlaridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy byudjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital quyilmalarga yoʼnaltirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim.
Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan byudjet mablagʼlaridan foydalanish, dastur asosida aniq roʼyxatli boʼlishini, byudjetdan mablagʼ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, byudjet mablagʼlaridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini taʼminlashni taqozo etadi.
Kelgusida davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablagʼlarni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qatʼiy amal qilish, davlat moliya-byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda gʼaznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin deb umid qilamiz. Koʼzlangan maqsad respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy oʼzgarishlarni taʼminlash, sarflanayotgan har bir soʼm byudjet mablagʼi respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun oʼz natija va samarasini berishi kerak.
Gʼaznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarjatlarini muntazam boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |