Mundarija kirish Reja: G’aznachilik faoliyatining mohiyati, vazifa va funksiyalari



Download 47,35 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi47,35 Kb.
#470506
  1   2
Bog'liq
Byudjet hisobi và g àznàchilik” fàkulteti “byudjet hisobi va g’a



MUNDARIJA
Kirish
Reja:
1. G’aznachilik faoliyatining mohiyati, vazifa va funksiyalari
2. Xarajatlarni samarali boshqarishda nazoratning ahamiyati hamda uning amalga oshirilish tartibi
3. Byudjet mablag’larining samarali ishlatilishini moliyaviy nazorat qilish
4. Byudjet g’azna ijrosi sharoitida nazorat tizimini takomillashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bugungi kunda davlat byudjetida mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishda g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. G‘aznachilik tizimi yordamida dastlabki, joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. G‘aznachilik organlarining maqsadi - byudjet tashkilotlarini uzluksiz moliyalashtirib borish, byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan ajratilgan resurslarni me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqib, byudjet tashkilotlariga yetkazish va ularning topshirig‘iga asosan g‘aznachilik operatsiyalarini yurgizishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari to‘plagan tajribaning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirish asosida o‘zining milliy taraqqiyot modelini jahon jamoat- chiligiga havola etdi. Shuning uchun ham davlat moliyasini boshqarish borasida xorijiy davlatlar, shuningdek, MDH davlatlarida olib borilgan ishlarni o‘rganish va g‘aznachilik bo’yicha ular to‘plagan ijobiy tajribalarni mamlakatimizda qo‘llash, albatta, byudjet ijrosini zamonaviylashtirish foydadan xoli bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda davlat byudjeti ijrosini boshqarish asosan, g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish respublikamizdagi bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biri desak xato boimaydi, chunki davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati byudjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida to‘plash hamda byudjet mablaglaridan to‘g’ri foydalanish uchun byudjet xarajatlarining nazoratini kuchaytirishni talab etadi. Bundan kelib chiqadiki, byudjet mablag’lari, daromad va xarajatlarining nazoratining mazmun-mohiyatini terang bilishimiz hamda hammaga bir xil foyda beradigan nazoratni shakllantirish kerak ekan.
Byudjet mablagʼlarini ishlatilishini nazorati orqali davlat va mahalliy boshqaruv organlari muntazam ravishda tasdiqlangan byudjetning daromad va xarajatlar rejalarini toʼliq va sifatli bajarilishini nazoratga olish, ularning bajarilishiga taʼsir qiluvchi turli salbiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlar belgilash imkoniga ega boʼladilar.
Dastlabki nazorat – bu oqilona boshqaruv yechimlari qabul qilinishiga xizmat qiladi, uning maqsadi noqonuniy operatsiyalar, samarasiz xarajatlarning oldini olishdir.
Joriy nazorat – moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganidan keyin oʼtkaziladi, tekshirilayotgan hujjatlarni va muassasaning moliyaviy faoliyati oʼrganiladi, belgilangan doiradan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni qabul qilishdan iboratdir.
Yakuniy nazorat oʼtkazilishida byudjet majburiyatlarini qabul qilishdagi tovarlar va xizmatlarning real qiymatiga tovarlar va xizmatlar uchun toʼlangan summaga muvofiqligi belgilanadi.
Gʼaznachilik tizimida kassali nazorat byudjet majburiyatlarini nazoratigacha ishlab chiqiladi, davlat mablagʼlarini ishlatilishini samaradorligini oshirishda kassali nazorat va davlatning moliyaviy resurslarini markazlashtirishni umumlashtirishning talaygina afzallik tomonlari mavjud.
Byudjet mablagʼlarini sarflashda byudjetdan qilinadigan xarajatlarning cheklanganligi, byudjet taqchilligining mavjudligi, byudjetda ijtimoiy sohalardan tashqari boshqa xarajatlarga aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash, iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini taʼminlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ham zaruriyat mavjud ekanligi hisobga olishimiz ham kerak boʼladi. Byudjet mablagʼlarini sarflashda yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldida qoʼyilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni taʼminlashga masʼuliyat bilan yondoshishni talab etadi.



Download 47,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish