Mundarija kirish Reja: G’aznachilik faoliyatining mohiyati, vazifa va funksiyalari


G’aznachilik faoliyatining mohiyati va vazifalari. G’aznachilikning Bosh kitobi



Download 47,35 Kb.
bet2/2
Sana26.02.2022
Hajmi47,35 Kb.
#470506
1   2
Bog'liq
Byudjet hisobi và g àznàchilik” fàkulteti “byudjet hisobi va g’a

1. G’aznachilik faoliyatining mohiyati va vazifalari. G’aznachilikning Bosh kitobi

Mamlakatimiz davlat mustaqilligini qoʼlga kiritgan barcha sohalarda olib borilgan islohotlarning toʼgʼri va aniq tashkil etilganligi tufayli kutilgan natijalar qoʼlga kiritilmoqda.


““G‘azna” inglizcha “treasure trove” so‘zidan olingan bo‘lib, insonlar tomonidan ma'lum bir maqsadlarda yerga ko‘milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma podsholarga tegishli bo‘lganligini anglatadi. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda “g‘aznachilik” – terminiga iqtisodiy kategoriya sifatida ikki xil ta’rif beriladi.”1 G‘aznachilik – davlat budjeti kassasini ta’minlaydigan va davlat moliyasini boshqaradigan maxsus davlat organidir. G‘aznachilik – mamlakatning moliya siyosatiga va iqtisodiyotni boshqarishga javob beradigan davlatdagi vazirlikdir.
Gʼaznachilik tizimi – byudjetdan mablagʼ oluvchilarning majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va koʼrsatilgan xizmatlar uchun gʼaznachilik ularning nomidan va ularning topshiriqiga asosan vakolatni oʼziga oladi va byudjet mablagʼlarini maqsadli ishlatilishini taʼminlash asosida toʼlovni amalga oshiradi.
Gʼaznachilik – Davlat byudjetining ijrosini taʼminlashning bir shakli boʼlib, unda davlat byudjeti daromadlarini yagona gʼaznachilik hisob raqamida toʼplanishini taʼminlanadi, byudjet mablagʼlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiriladi, shuningdek davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqarishda xizmat koʼrsatadi hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamgʼarmalar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablagʼlari pul oqimlarini monitoringini olib boradi. Davlat byudjeti gʼaznachilik ijrosiga bosqichma-bosqich oʼtish rejasi Oʼzbekiston Respublikasi gʼaznachiligini tashkil etish kontseptsiyasiga asosan ishlab chiqildi. Gʼaznachilikda byudjet tizimining barcha bosqichlarida yagona tashkiliy huquqiy asoslardan, standart va byudjet texnologiyalaridan foydalanish, byudjet mablagʼlaridan tejamli foydalanish va koʼzlangan maqsadga erishish uchun tegishli me’yoriy-huquqiy baza yaratilishi lozim.
Davlat byudjetining gʼaznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi:

  • davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol koʼrsatkichlarini doimiy nazorat qilish;

  • davlat moliyasining holati toʼgʼrisidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yigʼish, ishlov berish va tahlil qilish;

  • davlat byudjetining daromad va xarajat qismlarini kassa ijrosini har kungi aniqlashtirilgan monitoringini oʼtkazish;

  • tasdiqlangan byudjet mablagʼlari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish;

  • moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini oʼz vaqtida va adresli moliyalashtirish bilan byudjet mablagʼlarini bosh taqsimlovchilari tomonidan suisteʼmol qilish va notoʼgʼri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;

  • byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablagʼlarini gʼaznachilik hisob raqamidan toʼgʼridan-toʼgʼri tovar yetkazib beruvchilar hisob raqamiga oʼtkazish orqali pul oqimlari harakatini tezlashtirish va oʼz vaqtida toʼlovni amalga oshirish orqali taʼminotchilarni moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;

  • gʼaznachilik tizimining bir pogʼonasidan ikkinchi pogʼonasiga pul mablagʼlari oʼtkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablagʼlarini tezkor harakat qilinishini taʼminlash va boshqalar. Demak, gʼaznachilikni joriy etishdan asosiy maqsad, davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishga taʼsir koʼrsatishdir. Gʼaznachilik organlari davlat moliyasini boshqarishga taaʼluqli turli vazifalarni bajaradilar.

Davlat moliyasini gʼaznachilik orqali boshqarishning bir qator yoʼnalishlari mavjud:
a) byudjet pul mablagʼlarini boshqarish. Byudjet daromadlari ijrosidagi bu faoliyatning yoʼnalishlari:

  • soliqlarni va boshqa tushumlarni yigʼish;

  • daromadlardan tushumlar tushishini nazorat qilish;

  • tushumlarni yigʼishda bank bilan boʼladigan munosabatlarni amalga oshirish;

  • davlat boshqaruv organlarining turli daromadlari oʼrtasidagi daromadlarni taqsimlash;

  • xarajatlarni moliyalashtirish uchun talabnomalarni tasdiqlash va ularni toʼlovini amalga oshirish;

  • resurslarni taqsimlash yoki limitlarni belgilash.

b) Moliyaviy rejalashtirish davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun kerak boʼladigan gʼaznachilikning yagona hisob-raqamiga tushadigan tushumlarni tahminlashtirishni koʼzda tutadi.
c) Davlat qarzlarini boshqarish.
d) Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat qilish ham davlat moliyasini boshqarishga taaluqlidir.
Shuning uchun ham dunyoning koʼpchilik mamlakatlarida joriy etilgan davlat byudjetining gʼaznachilik ijrosiga oʼtish bizning respublikamiz uchun alohida ahamiyatga ega. Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro valyuta jamgʼarmasi oʼrtasida 2002 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta eʼtibor qaratilgan. Ular qatorida respublikada gʼaznachilik tizimini joriy qilinishi eng muhim vazifa deb eʼtirof etilib, u Hukumatimizning yaqin kelajakdagi davlat moliyasi siyosatining negizini tashkil etadi.
Gʼaznachilik tizimining tuzilmasi uch pogʼonali boʼladi:
Birinchi pogʼona – Respublika boʼyicha Markaziy gʼaznachilik gʼaznachilik hisobvaraqlaridagi mablagʼlar harakatini boshqaradi va davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining jamlanma hisobini yuritadi. Qonun bilan belgilangan tashkilotlarga byudjet ijrosi toʼgʼrisida tegishli maʼlumotnomalar beradi. Quyi gʼaznachilik idoralari ishini boshqaradi, ulardan byudjet daromadlari va xarajatlari toʼgʼrisida maʼlumot va hisobotlarni qabul qiladi va quyi organlar tomonidan byudjetning ijrosini qonunchilikka binoan taʼminlaydi.
Ikkinchi pogʼona – viloyat gʼaznachilik boshqarmalari, mahalliy byudjetning daromad qismining shakllantirilishi va xarajatlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi. Viloyat byudjeti mablagʼlarining harakatini boshqaradi. Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi, quyi gʼaznachilik organlari va byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi.
Uchinchi pogʼona – shaharlarda, tumanlarda va shaharlardagi tumanlarda gʼaznachilik boʼlinmalari, hududda byudjetning daromad qismining shakllantirishi va byudjet muassasalar boʼyicha xarajatlarning maqsadli moliyalashtirilishini taʼminlaydilar.
G’aznachilik hisobvaraqlarida mablagʼlar harakati hisobini yuritadilar va hududda daromadlar va xarajatlar boʼyicha byudjet ijrosi toʼgʼrisida yuqori gʼaznachilik organlariga axborot beradilar.
Davlat byudjetining ijrosi jarayonida mablagʼlar samarali boshqarish, davlat buyurtmalarini va dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, byudjet daromadlari tushumini va davlat mablagʼlaridan maqsadli sarflanishini nazorat qilishda tezkorlikni taʼminlashdir.
Markaziy gʼaznachilik – daromadlar va xarajatlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosida, byudjet hisobvaragʼlari va mablagʼlarini boshqarishda aniq vakolatlarga ega va u Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashkiliy tizimi hisoblanadi. Markaziy gʼaznachilik oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Davlat qonunchiligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining koʼrsatma va yoʼriqnomalari hamda boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Oʼzbekiston Respublikasida byudjet tizimini isloh qilish tegishli institutsional islohotlar yoki boshqacha qilib aytganda byudjet tizimida tashkiliy - huquqiy islohotlarni amalga oshirishni talab etadi. Gʼaznachilik tizimi joriy qilinishi davlat byudjetini rejalashtirish, xarajatlarni amalga oshirish va ularni boshqarishga, moliyaviy hisobot, nazorat vazifalariga yondoshishi va bajarish ishlariga jiddiy taʼsir qiladi hamda bu funktsiyalarni hozirgi kunda amalga oshiruvchi subyektlar faoliyatiga tegishli oʼzgartirishlar kiritish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Respublikamizda Davlat byudjeti gʼaznachilik ijrosiga bosqichma-bosqich oʼtish rejasi Oʼzbekiston Respublikasi gʼaznachiligini tashkil etish kontseptsiyasiga asosan ishlab chiqilgan va unda mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari inobatga olingan. 2004 yil avgust oyida Oʼzbekiston Respublikasi “Davlat byudjetining gʼazna ijrosi toʼgʼrisida”gi Qonunini qabul qilinishi davlat mablagʼlarini toʼplash va ulardan samarali foydalanishni tartibga keltirish boʼyicha muhim qadam boʼldi. Byudjetning gʼaznachilik ijrosini joriy etilishi byudjet xarajatlarini rejalashtirish, toʼplash, taqsimlash va undan foydalanish nazoratini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Ushbu qonunga asosan, gʼaznachilikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Davlat byudjetining kassa ijrosi;

  • Davlat byudjeti mablagʼlarining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • Davlat byudjeti mablagʼlarini boshqarish;

  • Davlat byudjetida mablagʼlar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirigʼiga binoan toʼlovlarni amalga oshirish;

  • Byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar koʼrsatish) uchun tuzadigan shartnomalarini, shuningdek buyurtmachilarning Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarini roʼyxatga olish;

  • Davlat byudjeti gʼazna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;

  • Davlat byudjeti ijrosining qanday borayotganligi toʼgʼrisidagi axborotlarni yigʼish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • Oʼzbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʼrsatish, Oʼzbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kiradi.

Gʼaznachilik organlari oʼz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ijro etish jarayonida davlat boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlikda bajaradi. Belgilangan tartibga koʼra mazkur organlar va tashkilotlar Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablagʼlarini boshqarishda, Davlat byudjeti mablagʼlarining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishda gʼaznachilikka koʼmaklashishlari lozim.
Gʼaznachilik organlari oʼz ish faoliyatida davlat soliq, bojxona xizmati organlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, davlat maqsadli jamgʼarmalarini taqsimlovchi organlar, Davlat byudjetida mablagʼlar olishi nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari Davlat byudjetining gʼazna ijrosiga tegishli maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda almashib turadilar. Davlat maqsadli jamgʼarmalarini taqsimlovchi organlar, Davlat byudjetida mablagʼlar nazarda tutilgan yuridik shaxslar, shuningdek byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari gʼaznachilikka taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʼgʼriligi va asosliligi uchun javobgar hisoblanadilar.
Byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Byudjetni iqtisodiyotning turli tarmoqlar bilan koʼpqirrali aloqalarni byudjet koʼrsatkichlarining aniq adresli xarakteri ifodalaydi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida toʼgʼri ishlatilishini nazorat qilishga asos yaratadi. Byudjetni daromadlari va xarajatlarining koʼrsatkichlari tizimi orqali nazorat qilinadi.
Bugungi kunda moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablagʼlarini maqsadsiz ishlatilishida koʼpsonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlat nazoratini kuchaytirishni zarurligini koʼrsatmoqda. Iqtisodiyotni rivojlangan hech bir mamlakat yoʼqki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud boʼlmasin. Jahon tajribalari shuni koʼrsatadi, qonuniylik, obyektivlik, erkinlik va mustaqillik moliyaviy nazoratning tamoyillari hisoblanadi. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini oʼzida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon boʼladi. Moliyaviy nazoratning mohiyati uning bajaradigan vazifalari va funktsiyalarida koʼrinadi.
Davlatning moliyaviy nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Byudjetni toʼgʼri tuzishni va ijro qilishni taʼminlash;

  • Byudjet va byudjetdan tashqari fondlarning mablagʼlarni maqsadsiz va samarali ishlatilishini tekshirish;

  • Byudjet va soliq intizomiga rioya qilishni yaxshilash;

  • Byudjetlararo munosabatlar mexanizmining realizatsiyasini nazorat qilish;

  • Banklarda va boshqa kredit tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarning mablagʼlarini aylanashini tekshirish;

  • Mintaqalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlashda maqsadli byudjet jamgʼarmalarning shakllanishini va taqsimotini nazorat qilishdan iborat.

  • Davlatning moliyaviy nazoratining funktsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Davlat byudjet mablagʼlarini xarajat qilinishini nazorat qilish;

  • Davlat mulkini xususiylashtirishni, davlat va xususiy mulkini samarali ishlatilishini moliyaviy nazorat qilish;

  • Byudjetdan tashqari fondlarning mablagʼlarini ishlatilishini nazorat qilish;

  • Banklarda va boshqa kredit tashkilotilarida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarning mablagʼlarini aylanishini nazorat qilish;

  • Soliqqa tortishda imtiyozlarni ishlatilishini qonuniyligini nazorat qilish;

  • Davlat byudjetidan ajratiladigan subventsiya, dotatsiya, ssuda va boshqalarni berilishini nazorat qilish.

Respublikamizda daromadlarning yetishmasligi va oʼz vaqtida tushmasligini eʼtiborga olgan holda, mavjud byudjet mablagʼlaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida gʼaznachilik tizimiga oʼtish, bunda moliyalashtirish va kassa xarajatlarini amalga oshirish jarayonlarini birlashtirish natijasida byudjet mablagʼlarini byudjet tashkilotlarining bankdagi hisobraqamida qoldiq sifatida qolishini bartaraf etish mumkin. Jahon tajribasi shuni koʼrsatadiki, bugungi kunda dasturlarni moliyaviy taʼminlash va davlat mablagʼlari foydalanilishi ustidan nazorat oʼrnatish ishida gʼaznachiliksiz muvaffaqqiyatga erishib boʼlmaydi.
Gʼaznachilikni joriy etish davlat mablagʼlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga koʼmaklashadi. Gʼaznachilik organlarining asosiy vazifalaridan biri byudjet mablagʼlarini maqsadli va samarali ishlatilishini nazorat qilish hisoblanadi. Oʼzbekistonda yaratilayotgan gʼaznachilik tizimi gʼaznachilikning yagona hisobraqamida mablagʼlarni markazlashtirishni, shuningdek, byudjet ijrosining nazoratini va hisob-kitobini koʼzda tutadi. Rivojlangan mamlakatlardagi amalda ishlayotgan gʼaznachilikning yagona hisobraqami kontseptsiyalardan va kassadagi naqd pul oqimlarini va pulli operatsiyalarni boshqarishning ushbu variant Oʼzbekistonga mos keladi: bunda faol gʼaznachilikning yagona hisobraqami faoliyat koʼrsatadi va markazlashtirilgan buxgalteriya nazorati amalga oshiriladi. Barcha byudjet mablagʼlari gʼaznachilikning yagona hisobraqamida toʼlanadi, toʼlovni amalga oshirish uchun soʼrovnoma va uni tasdiqlaydigan hujjatlar gʼaznachilikka yoʼnaltiriladi, gʼaznachilik nazorat qiladi, toʼlovlarni rejalashtiradi va toʼlovni amalga oshiradi. Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni koʼrsatadiki, gʼaznachilikning asosiy vazifalari bir-birga oʼxshaydi:
1. Davlat byudjetining kassali ijrosini amalga oshirish.
2. Davlatning moliyaviy aktivlarini boshqarish.
3. Davlat qarzlarini boshqarish.
4. Davlatning moliyaviy resurslarini hisob-kitobini yuritish, yigʼish, ishlash, tahlil qilish tizimini faoliyat koʼrsatishini taʼminlash.
5. Davlat moliyasining holati toʼgʼrisida doimiy ravishda hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilish.
6. Moliyaviy nazoratning qoidalarini va mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish.
7. Davlat moliyasi toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligiga berilgan huquq doirasida byudjet tashkilotlarini moliyaviy faoliyatini nazoratini amalga oshirish.
Gʼaznachilik oʼziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1. Milliy va chet el valyutasidagi davlatning moliyaviy resurslarini toʼplash, davlat byudjeti tushumlari va xarajatlari hajmining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi.
2. Sertifikat berish asosida respublika va mahalliy byudjet mablagʼlarini, shuningdek, davlatning maqsadli jamgʼarmalari mablagʼlarini sarflanishni amalga oshiradi.
3. Davlatning pul oqimlari kirish, chiqish va qoldigʼini boshqarish, gʼaznachilikni yagona hisobraqamidagi mablagʼlarni samarali ishlatishni amalga oshiradi.
4. Davlat byudjeti buyicha Gʼaznachilikning yillik va oylik hisobotini tayyorlaydi va nashr qiladi, Gʼaznachilikning meʼyoriy hujjatlarini tasdiqlaydi va uni ijrochilarga yetkazadi.
5. Moliya Vazirligining topshirigʼiga binoan davlat ichkaridan ham, tashqaridan ham qisqa va uzoq muddatli mablagʼlarni jalb etadi.
6. Davlat byudjeti deportamenti va Moliya vazirligining boshqa boʼlinmalari bilan birgalikda “Byudjet tizimi toʼgʼrisida”gi qonun ijrosini nazorat qiladi, byudjet tasnifga muvofiq gʼaznachilik hisobraqamlarini ochadi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining gʼazna ijrosi toʼgʼrisida”gi Qonunida koʼrsatilishicha, Gʼaznachilik oʼz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy Banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlikda bajaradi. Mazkur organlar va tashkilotlar Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda, uning mablagʼlarini boshqarishda, Davlat byudjeti mablagʼlarining tushumi va sarfi ustidan nazorat amalga oshirishda Gʼaznachilikka koʼmaklashishlari shart. Davlat byudjetining ijrosi toʼgʼrisida hisobot Gʼaznachilik tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat byudjeti gʼazna ijrosining buxgalteriya hisobi Gʼaznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamgʼarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Davlat byudjeti gʼazna ijrosining buxgalteriya hisobi hisobraqamlarining yagona rejasi Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Gʼaznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha toʼlangan soliqlar, yigʼimlar va boshqa majburiy toʼlovlar summalari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona gʼazna hisobraqamidan yoki Gʼaznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi. Gʼaznachilik yuridik shaxs maqomiga ega boʼlgan Moliya Vazirligiga boʼysunadigan davlat organi hisoblanadi. Gʼaznachilikning Qoraqolpogʼiston Respublikasi Gʼaznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlar Gʼaznachilik boʼlimlari kabi hududiy organlari faoliyat boshlaydi. Gʼaznachilikka Oʼzbekiston respublikasi Moliya vaziri oʼrinbosari, Oʼzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat Gʼaznachisi rahbarlik qiladi. Gʼaznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqamiga ega emas. Oʼzbekiston respublikasi Moliya Vazirligining buyrugʼiga muvofiq Gʼaznachilikning hududiy organlari tuzildi va tugatiladi. Oʼaznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi. Oʼzbekiston respublikasining “Davlat byudjetining gʼazna ijrosi toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini toʼplash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun Gʼaznachilik tomonidan Gʼaznachilikning yagona hisobraqami ochiladi.
“G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy nazoratini:

  • budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi.”2

Gʼaznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek davlatning maqsadli fondlarining mablagʼlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun gʼaznachilikning yagona hisobraqami doirasida sub schyotlarini ochish huquqiga ega. Bu sub schyotlardagi qoldiqlar gʼaznachilikning yagona hisobraqami qoldigʼining ajralmas qismi hisoblanadi. Gʼaznachilik Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining gʼazna ijrosi toʼgʼrisida”gi Qonunida belgilangan, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida gʼaznachilikning yagona hisobraqami va uning sub schyotlarini boshqarishni amalga oshiradi. Gʼaznachilikning vakolat berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir huquqiy shaxs yoki jismoniy shaxs gʼaznachilikning yagona hisobraqami mablagʼlaridan pul oʼtkazish uchun bankga toʼlov topshiriqnomasini berish huquqiga ega emas. Gʼaznachilikning yagona hisobraqami Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy Bankida ochiladi. Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy Bankining hududiy boshqarmalarida gʼaznachilikning yagona hisobraqamining sub schyotlari ochiladi. Respublika mintaqalarida davlat xarajatlarini oʼz vaqtida moliyalashtirishni taʼmnlash maqsadida Gʼaznachilikning topshirigʼi bilan markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida sub schyotlaridan pul mablagʼlarini oʼtkazish tashkil etiladi. Mablagʼlar oʼtkazish va davlatning pul mablagʼlarini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquqini Davlat Gʼaznachisiga Moliya Vazirligining buyrugʼi bilan yuklatilgan. Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy Banki va Gʼaznachilik oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarga taaluqli masalalar ular oʼrtasida tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi. Gʼaznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarni tahlilini oʼtkazishi shart, agar Gʼaznachilik fikri boʼyicha shartnomalarni koʼrib chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni qayta tuzish tadbirlari koʼriladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2018 yil (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan).

  2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi. Toshkent. O’zbekiston. 1995yil.

  3. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 176-modda. T. 2013. 26-dekabr.

1 Райзберг А, Лозовский Л, Стародубцева E. Современний экономический словар. —С 476.

2 O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. T. 2013. 26-dekabr. 176-modda

Download 47,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish