- Jahon Kapital bozori, fond bozor i — boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni i.ch. jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va b. moliya-kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. K.b. pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.
- Qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ehtiyojini ta'minlab, uning yuqori va barqaror o'sishiga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning muhim vositasi hisoblanadi.
- Bu soha moliyaviy resurslarning jamg'aruvchilar va investorlardan qo'shimcha mablag'larga ehtiyoji bo'lgan xususiy sektor vakillari, banklar, davlat korxonalari va hukumatga bozor mexanizmlari asosida transmissiya qilinishiga xizmat qiladi.
- Qimmatli qog'ozlar bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ehtiyojini ta'minlab, uning yuqori va barqaror o'sishiga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Bu soha moliyaviy resurslarning jamg'aruvchilar va investorlardan qo'shimcha mablag'larga ehtiyoji bo'lgan xususiy sektor vakillari, banklar, davlat korxonalari va hukumatga bozor mexanizmlari asosida transmissiya qilinishiga xizmat qiladi.
- Buning natijasida mazkur resurslar mamlakat taraqqiyotida katta salohiyatga ega bo'lgan soha, tarmoqlar o'rtasida oqilona va samarali taqsimlanib, foydalanilmayotgan jamg'armalar foydali investitsiyalarga aylanadi hamda iqtisodiyotda kapital shakllanadi. Bu, o'z navbatida, yuqori iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi.
- Kapital bozori rivojlanishi uchun barqaror makroiqtisodiy muhit, izchil taraqqiy etayotgan moliyaviy tizim va mustahkam huquqiy asos zarur. Ana shu jihatlar Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida o'zining ifodasini topgan va uning yaqin kelajakdagi asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Hujjatga ko'ra, sohaning raqobatbardoshligini oshirish asosida uning kapitallashuvi 2023-yil yakuniga qadar 45 trillion so'mga yetkaziladi, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo'lgan samarali moliyalashtirish mexanizmi yaratiladi.
- K.b. kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham shugʻullanadi. K.b. qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar.
- Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy K.b.lari bor (yana q. Valyuta bozori, Birja). K.b. ikki asosiy vazifani bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va b. maqsadlar uchun zarur boʻladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi; b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qogʻozlarni sotuvchilardan haridorlar qoʻliga oʻtishni yengillashtiradi.
- K.b. mamlakat moliya tizimida muhim oʻrin egallab, aholining jamgʻarilgan mablagʻlarini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qogʻozlar portfeliga aylantirish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega boʻlgan "Toshkent" fond birjasi 1994-yildan qimmatli qogʻozlar savdosi bilan shugʻullanadi.
- Ta’kidlash joizki, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish moliya-bank tizimi, shu jumladan kapital bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni hamda ushbu tizimni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |