Joʻyak tuproqning mexanik tarkibi, ekin turi va ekish usuliga koʻra kuzda yoki baxrrda yer yetilganda olinadigan ekish arigʻi; ikki pushta oʻrtasidagi ariq. Koʻproq kartoshka va poliz ekinlari J. olib ekiladi. J



Download 18,88 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi18,88 Kb.
#376364
Bog'liq
9ошшгошог


Joʻyak — tuproqning mexanik tarkibi, ekin turi va ekish usuliga koʻra kuzda yoki baxrrda yer yetilganda olinadigan ekish arigʻi; ikki pushta oʻrtasidagi ariq. Koʻproq kartoshka va poliz ekinlari J. olib ekiladi. J.ning "ilon izi","dandana", toʻgʻri (egat) xillari bor. J.ning egat xili keng tarqalgan. "Ilon izi" ("aylanma") shaklida olingan J. ning kengligi 80— 90 sm, chuq. 40—50 sm, pushtasi (ikki arigʻi oʻrtasi) poliz ekinlari uchun 1,5—2,5 m, boshqa ekinlar uchun 60— 80 sm kenglikda olinadi. Uning bir burilishi bilan ikkinchi burilishi oʻrtasidagi oraliq yer nishabiga qarab 4^7 m. J.ga quyilgan suv oyoklagach, etagidan boshlab, J. suv bilan (2/3 qismgacha) toʻlishiga qarab, quloq bogʻlab chiqiladi (har 1—2 ariqning suv bilan toʻlgan joyi tuproq tortib bekitiladi). J.ning nam chiqqan yeriga urugʻ ekiladi. Ekin butun oʻsuv davrida J.dan sugʻorib turiladi. J.ning burilgan joyiga chim bosib, suvni oqova qilib quyish ham mumkin. J.ning "dandana" usulida J. barmoq shaklida olinadi, uzunasiga tortilgan oʻq ariqdagi suv boshi berk (barmoq) ariklarga toʻldirib qoʻyiladi. J.ning "ilon izi" va "dandana" turlari asosan ketmon bilan ochiladi (mexanizatsiyadan foydalanib boʻlmaydi). Egat — 100–150 m va undan ortiq uzunlikda bir-biriga parallel olingan J.lardir. Paxtachilikda markyor tashlab 120 yoki 180 sm kenglikda va 25—30 sm chuqurlikda olinadi. Ekin J.ning ikki tomoniga yoki ikki qirgʻogʻiga ekiladi. Gullash faza-sida ekilgan qatorlar oʻrtasidan egat ochilganda 90 yoki 60 sm li qator oraligʻi hosil boʻladi, ekin pushta oʻrtasida qoladi. Tekis dalaga nisbatan J.dagi tuproqning havo-issiklik va suv rejimi qulay boʻladi. J.da urugʻ tushgan atrof va undan pastroqda tuproq harorati boshqa joylarga Karaganda 0,9—3,0° koʻproq isiydi. Qishloq xo’jalik ekinlarni yetishtirish texnologik kartasi. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologik kartasi kompleks ishlarning nomlarini va ketma-ket bajarilish tartibini, bu ishlarga quyiladigan agrotexnik talablarni, bajarilishi muddatlarini, agregat ва unga xizmat qiluvchi kishilar sonining rasional tarkibi,agregatning ish unumdorligi va yoqilg’i sarfi normalari ma‘lum bir hajmdagi ishlarning bajarilishi uchun talab qilinayotgan agregatlar soni, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan boshqa ma‘lumotlarni o’z ichiga oladi. Texnologik kartani har bir xo’jalikda yetishtirladigan ekinlarga tuzib chiqish murakkabligi hisobga olib xo’jalikdagi mutaxassislarga yordam sifatida na‘munaviy texnologik karta har bir zona bo’yicha ishlab chiqilgan va viloyatlarga,tumanlarga va xo’jaliklarga tarqatilib kelinmoqda. Mana shu na‘munaviy texnologik kartaga asoslangan holda va o’z xo’jaligi sharoitini hisobga olib,har bir xo’jalik o’zi uchun kelajakka va joriy yil uchun texnologik karta to’zib oladi.Albatta bunda xo’jalikdagi bor bo’lgan texnikalardan unumli foydalanishni nazarda tutish kerak bo’ladi. To’zib chiqilgan texnologik karta mutaxassislar va xo’jalik rahbarlari tomonidan ko’rib chiqib,tasdiqlangandan keyin, u asosiy hujjat bo’lib qoladi.

2.2. Mexanizatsiyalashtirilgan ish jarayonning texnologiyasi.



Na‘munaviy jarayon texnologiyasi quyidagilardan tashkil topgan: berilgan jarayonning bajarilishida quyilgan agrotexnik talab; agregatni tarkibini aniqlash, ish rejimini tanlash va tuzish; maydonni ishga tayyorlash; maydonda agregatning ishini tashkil etish; ish sifatini nazorat qilish; ishni bajarishda xavfsizlik texnikasini qoidalari. Agrotexnik talab-normativ ko’rinishda berilgan bo’lib, ishning sifatli bajarilishini ta‘minlaydi. Bunda albatta asosiy maqsad yuqori hosil olish va kelgusi yil hosili uchun zamin tayyorlash ya‘ni tuproq unumdorligini oshirish bo’ladi. Na‘munaviy jarayon texnologiyasidagi agrotexnik talablarga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: a) ishning bajarilishi muddati va davomiyligi; b) ishning bajarilishdagi sifat ko’rsatgichlarini bildi-ruvchi texnologik parametrlar; v) materiallar (urug’lik,mineral va organik o’g’itlar, gerbitsidlar va boshqalar) sarfi va nobudgarchilikka yo’l quyilishi mumkin bo’lgan miqdorlarni belgilovchi ko’rsatgichlar. Agrotexnik talablarning bajarilishiga tashqi ish sharoitlari (maydon holati va relefi,ishlov berilayotgan materiallning fizik-mexanik xususiyatlari va boshqalar) va agre-gatning ekspluatatsion ish 69 rejimi(harakat tezligi,tekis va to’g’ri chiziqli ishchi harakati, harakat turi; ishchi organlarning to’g’ri rostlanishi; va boshqalar) ta‘sir qiladi. Agregat tarkibini aniqlash va tuzish-agregatni tuzishda xo’jalikda mavjud traktor va qishloq xo’jalik mashinalaridan maksimal foydalanish lozim.Agregat tarkibidagi qishloq xo’jalik mashinalari soni va ish rejimini tanlashni biz,shu kursning birinchi qismida ko’rib o’tgan edik.Bunda traktorning yo’qlanish harakteristikasidan, agrotexnik talabda ko’rsatilgan ruxsat etilgan tezlikni qanoatlantiruvchi 3 yoqi 4 o’zatmasida ilgakdagi tortish kuchi Рил, harakat tezligi v, va yoqilg’i sarfi G ning qiymatla rini topib olamiz.Keyinchalik KXM ning tortish qarshiligi Rм aniqlanadi. Rm=kvm Qishloq xo’jalik mashinalar soni quyidagicha aniqlanadi: ni= (Ril i – Rss) / Rm ; Agregatdagi KXM lari soni ni ni kam tomonga yaxlitlab olamiz. Berilgan sharoitni va KXM lari sonini hisobga olgan holda agregatning umumiy qarshiligini topib olamiz. Ragr=nkvm+Rss+∑Gmi , SHundan keyin traktorning yo’qlanish koeffitsientini aniqlaymiz. η = Ragr / Rili ; Bu koeffitsient miqdoriga qarab traktorning nechanchi o’zatmada, qanday tezlikda va nechta KXM taqib ishlashi to’g’risida xulosa chiqaramiz. Agregatni ishga tayyorlash- tratkorni,stsepkani va qishloq xo’jalik mashinalarning texnik holatini ko’zdan kechirib,ularni ishga tayyorlash; qishloq xo’jalik mashinasining ishchi organlarini rostlash qoidasiga asosan o’rnatib chiqish; agregat tarkibiga kiritilgan mashinalar tayyor bo’lgandan keyin,agregatni tuzish zarur bo’lsa qo’shimcha moslamalarni o’rnatish (iz ko’rsatgich; vizir moslamalarni o’rnatish va boshqalar); salt holda agregatning ishlashini ko’zatish. Agregatni ishga tayyorlashda g’ildiraklar oralig’i,ishchi mashinaning gorizontalga va traktorning harakat beruvchi o’qiga nisbatan paralleligini to’g’ri ta‘minlash lozim. Maydonni ishga tayyorlash - shu maydonda agregatning hara-katiga to’sqinlik qilib uning ish unumdorligiga va bajarilayotgan ishning sifatiga ta‘sir qiluvchi predmetlar yo’qotiladi; agregatning harakat turi va uning yo’nalishi,shu maydonning sharoitiga qarab tanlanadi; burilish maydonlari belgilanadi va tayyorlanadi; agregatning paykal bo’ylab 70 harakatlanishida birinchi o’tish uchun qoziqchalar qoqib o’tish yo’li belgilab olinadi;maydon zagonlarga ajratiladi va boshqalar. Maydonni ko’zdan kechirishda agregat harakatiga to’sqinlik qiluvchi predmetlarni tozalash mumkin bo’lmaydigan va harakatga halaqit beruvchi narsalar (chuqur g’orlar, botqoq joylar, katta toshlar, yoqi ildizlar) to’siqlar bilan o’rab quyiladi va biror belgi bilan ko’rsatiladi hamda traktorist-mashinistni oldindan ogohlantirib quyiladi. Agregatning harakat yo’nalishini tanlashda maydonning konfeguratsiyasi, oldingi texnologik jarayonning harakati,agregat turi va tarkibi,maydonning erroziyaga qarshi tadbirlari va boshqalar hisobga olinadi. Agregatning harakat turi va yo’nalishi aniqlanmasdan turib, maydon zagonlarga ajratilmaydi. Agregat harakati turini tanlashda agregatning shu maydonda ishlashida ish unumdorligining eng yuqori qiymatga erishishini; agregatga texnologik xizmat ko’rsatish qulayligi; burilish maydonlarning kengligi va qayta ishlov berishligini hisobga olish zarur bo’ladi. Agregatning ishini tashkil etish quyidagilarni o’z ichiga oladi: Maydondagi birinchi o’tish chizig’iga agregatni olib o’tish; transport holatidan ishchi holatga o’tkazish; birinchi o’tishni bajarish va bajarilgan ishning sifatini ko’zdan kechirish; birinchi o’tish tugagandan keyin ishchi holatdan, transport holatga o’tish;agregatni burilish maydoniga chiqarib, ikkinchi utish uchun tayyorlab quyish; transport holatdan ishchi holatga o’tish va navbatdagi o’tishni bajarish; agregatni har xil materiallar bilan zapravka qilish; zapravka qilish uchun materiallarini quyish joylarni aniqlash; agregatni zapravka qilishini tashkil etish;agregatning bir siklda bajarilgan ish unumdorligini aniqlash; bir sikl uchun ketgan vaqtni aniqlash; ish va salt yo’llari o’zunligini aniqlash; ishchiva salt yo’llarni bosib o’tish uchun ketgan vaqtni aniqlash; soatlik va smenalik ish unumini aniqlash; bir gektarga sarf bo’ladigan yoqilg’i miqdorini aniqlash; mehnat sarfini aniqlash va boshqalar. Sifat ko’rsatgichlarini nazorat qilish bu ishni tratkorchi bilan birgalikda brigadir yoqi agronom ish davomida va ish tugagandan keyin o’tqazadi. Ishning sifatini nazorat qilish uchun maxsus uskunalar va jixozlardan foydalaniladi. Ish sifatini nazorat qilish uchun albatta tekshirish usullarini, ularda ishlatiladigan jixozlarni ishlatishni, tekshirishlar sonini, olingan natijalarni ishlab chiqish qoidalarini to’liq bilish zarurdir. Ish sifatini ish davomida yoqi ish tugagandan keyin tekshirib ko’rish mumkin. Smena boshlanishida ish sifatini tekshirib ko’rish, shu smenada bajariladigan ishlarning sifatli bo’lishini va mashina qismlarininng rostlanishining bo’zilishi sababli sinish yoki ishdan chiqishi oldi olinadi. Mehnat muhofazasi– agregatga faqat traktorni boshqarishga hujjati bor, ish agregatiga TXK ni biladigan, undagi har xil rostlashlarni o’tqaza oladigan, bajariladigan ishning texnologiyasini yaxshi biladigan 71 kishilar ishlashiga ruxsat etiladi va unga ishni bajarish vaqtida rioya qilishi kerak bo’lgan xavfsizlik texnikasidan instruktaj o’tilishi kerak. Agregatning texnik holati,shu agregatga xizmat ko’rsatuvchi-larning ishlashi talabiga javob berishi lozim. Traktorda ishni boshlashdan oldin butun agregatni ko’zdan kechirishi, berkitish joylarini tekshirib ko’rishi,traktorni salt holda ishlatib aylanuvchi qismlarning ishlashini ko’zdan kechirib chiqishi kerak. O’g’itlar mineral va organik o’g’itlarga bo’linadi, bakterial o’g’itlar esa alohida gruppani tashkil qiladi. Mineral o’g’itlar ximiya sanoati zavodlarida tabiiy minerallar, gazlar yoqi sanoat chiqindilaridan ishlab chiqariladi. Ular tarkibida odatda, o’simliklar ozuqasining bitta elementi: azotli o’g’itlarda-azot, fosforli o’g’itlarda-fosforli kislota va kaliyli o’gitlarda-kaliy oksidi bo’ladi. Mineral o’gitlar kukun holatda yoki 1..4 mm o’lchamli donador bo’ladi. Barqaror va yuqori hosil olishi uchun ayrim hollarda mikroelementlar: marganets,mis,molibdin va boshqa elementlardan ham oz miqdorda berishi kerak.Tarkibida bunday elementlar bor o’g’itlar mikroo’g’itlar deb ataladi. Azotli o’g’itlardan eng ko’p tarqalgani ammiakli silitra, ammoniy sulfati, suvli ammiak (suyuq mineral o’g’it) dir. Fosforli o’g’itlardan eng ko’p tarqalgani oddiy va donalashtirilgan superfosfat, qo’sh superfosfat va fosforit unidir. Kaliyli o’g’itlar ichida kaliy to’zi, kaliy xlorid va boshqalardan ko’proq foydalaniladi. Sanoatimiz murakkab o’g’itlar ham chiqaradi. Murakkab o’g’itlar jumlasiga: ammoniylashtirilgan superfosfat (tarkibida 2..3% azot va 14% fosforli kislota bor), ammofos (tarkibida 13% azot va 14% fosforli kislota bor), kaliyli selitra (13% azot va 40,5% kaliy oqsidi bor) va nitrofoska (tarkibida 12% azot, 9,6% fosfor kislotasi va 12,5% ga yakin kaliy oqsidi bor) kiradi. Organik o’g’itlar go’ng, torf, torf-go’ngli va torf- shaltoqli kompostlar ko’rinishida ishlatiladi. Go’ng va kompostlar tarkibida o’simliklarni oziqlantirish uchun zarur bo’lgan barcha elementlar: azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, shuningdek, mikro-elementlar (bor, molibden va boshqalar) bo’ladi. Go’ng tarkibi hayvonlar turi va ularning yemiga shuningdek, tushama miqdori, sifati va tarkibiga bog’liq bo’ladi. Ular muntazam ravishda qo’llansa, mineral o’g’itlardan samarali foydalanishga sharoit yaratiladi. Organik o’g’itlar jumlasiga: ko’k o’g’itlar yoqi sideratlar ham kiradi. Ular dukkakli o’simliklar bo’lib, guraligida shudgorlab tuproqqa ko’mib yuboriladi. Bakterial o’g’itlar o’simliklarning azotni yoqi fosforli kislotani yoxud bu ikkala oziq elementni o’zlashtirishga yordam beruvchi bakteriyalar miqdorini tuproqqa ko’paytirish uchun beriladi (azotbakterin-azotli bakterial o’g’it, fosfor bakterin fosforli bakterial o’g’it). Mineral o’g’itlardan samarali foydalanish ko’pchilik hollarda ularni tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinishiga bog’liq. O’g’itlarning isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun ularni zich va butun idishlarda tashish, avtomashina hamda pritsep ko’zovlarining holatini nazorat qilish 73 zarur. O’g’itlarni tushirib-ortiladigan joylar sonini qiskartirishga intilish kerak. O’g’itlarni tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmasa o’g’it ko’p isrof bo’ladi. O’g’itlarni zax xonalarda saqlashga yo’l quyilmaydi, aks holda ular yopishib qoladi. Natijada o’g’it tarkibidagi oziqlantiruvchi moddalar miqdori kamayadi va bundan tashqari, ularni maydalash uchun qo’shimcha harajat talab qilinadi. Yuqori temperaturada ammiakli o’g’itlarning ammiaki bug’lanadi, natijada u sifatsiz yoqi yaroqsiz bo’lib qoladi. Barcha xo’jaliklarda har qaysi uchastkalarda tuproq hosildorligi, tuproq kartalari va agroximiya kartogrammalari, ko’rsatgichlarini hisobga olib brigadaning o’g’it berish normalari to’ziladi. O’g’it berish vaqti va davomiyligi tuproqq turiga va agrotexnik davrga qarab belgilanadi. 3.2.O’g’it berishda quyiladigan agrotexnik talablar. O’g’it sepiladigan maydonga bir tekis taqsimlanishi kerak. Seyalkalarda o’g’it sepilganda taqsimlanishdagi notekislik ( 15% dan, sochib sepilganda ( Ø 25% dan oshmasligi lozim. Sepish normasidan kam yoqi ko’p bo’lishiligi ( Ø 10% gacha ruxsat etiladi. O’g’it sepish appartlarining normal ishlashi uchun o’g’itlarning namligi standart talabiga javob berishi kerak. Sepish agregatlarning yonma-yon o’tishida o’g’it sepilmay qolgan oraliqlarga yo’l qo’yilmaydi, sepish agregatlarning bir-birining iziga o’tish, agregat qamrash kengligining 5% dan oshmasligi lozim. Burilish maydonlariga ham o’g’it sepilishi shart. 3.3.O’g’it sepishning texnologik sxemasi. O’g’it berish uchun tarelkali yoqi markazdan qochma kuch ta‘sirida sepadigan apparatli mashinalardan yoki samolyotlardan foydalanadi. Qo’llaniladigan texnikalar turiga, o’g’it tashiladigan masofaga va o’g’it berish normasiga ko’ra o’g’it sepish texnologiyasi: to’g’ridan-to’g’ri ombordan dalaga sepish; ombordan transport vositasiga olib kelib sepish agregatiga berish va sepish; ombordan sepish agregati qo’shimcha pritsepda olib kelib dalaga sepish kabi sxemalarida bo’lish mumkin (3.1.rasm). 74 3.1.rasm. O’g’itlarni ombordan ortish, tashish va sepish texnologik sxemasi. a) to’g’ridan–to’g’ri ombordan sepish agregatida olib kelish va sepish; b) ombordan maxsus toshish vositasida olib kelish, sepish agregatiga yo’qlash va sepish; v) ombordan sepish agregati pritsipida olib kelish va sepish Yuqorida ko’rsatilgan sxemalardan birini to’g’ri tanlash ekspluatatsion harajatlarning kamayishiga olib keladi. 3.4. Agregatlarni komplektlash va ishga tayyorlash. Mineral o’g’itlar 1RMG-4 sochgichlarni MTZ-80, RUM-8 va RUM16 sochgichlarni T-150K traktorlariga taqib tashilishi va shudgor oldidan dalaga sepilishi mumkin. Bundan tashqari, ZIL-MMZ-555 avtomashinasiga o’rnatilgan KSA-3 sochgichi yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. 1RMG-4 agregati 12 km/s tezlikkacha yurishi mumkin, RUM-8 va RUM-16 lari esa 16 km/s tezlikda sepishi mumkin. Agregatni ishga tayyorlashga quyidagilarni kiritish mumkin: traktorni ishga tayyorlash, sepish agregatiga ulash, sepish agregatining sepish normasini rostlash va boshqalar. Maydonni ishga tayyorlash: burilish maydonlarini ajratish, zagonlarga bo’lish, va birinchi o’tish yo’lini aniqlash. 3.5.Agregat harakatining yo’nalishini tanlash. Agregat harakatining yo’nalishi asosan maydon konfiguratsiyasiga, o’lchamiga va agregat tarkibiga bog’liqdir. Bir seyalkali yoqi osma agregatlarda 1800 burilishga ega bo’lgan harakat yo’nalishi qabul qilinadi. 75 Agar maydon o’zunligi qisqa bo’lib, agregatning qamrash kengligi katta bo’lsa sirtmoqsiz burilishga ega bo’lgan bo’ylama harakat yo’nalishi qabul qilinadi. Birinchi harakat yo’nalishiga qaraganda, ikkinchi usulda burilish maydonchasining kengligi 30-40 % kamayadi. Harakat yo’nalishini yerni shudgorlashdagi yo’nalish bo’yicha tanlash yaxshi samara beradi. Bundan tashqari shamol yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgani maqsadga muvofiqdir. 3.6. Agregatning ishlashi. O’g’itni sepish maydoniga olib kelib sepish agregatiga yo’qlash joyini aniqlash uchun, sepish yo’lining o’zunligini topish kerak. Lish=104Gish / Hm Bish bu yerda Gish –sochgichning yo’q ko’tarish qobiliyati, kg; Hm – o’g’it sepish normasi, kg/ga; Vish – agregatning ishchi qamrash kengligi, m. Agar sepish agregatining sepish yo’li maydonning u yoqi bu boshiga yetganda tugasa,o’g’it solish vositasini bir tomonga yoqi ikki tomonga ham quyish kerak bo’ladi. Agar bunday sharoit bo’lmasa, sepish agregati sharoitiga qarab har joyda zapravka qilinishi mumkin. O’g’itning sepilishi sifatini quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholash mumkin: sepilishning tekisligi ko’rsatkichi va sepish normasining tekislik darajasi bilan aniqlash mumkin. 3.7.Organik o’git sepish. Organik o’git sepishda sepishning notekisligi (030% dan oshmasligi kerak. Organik o’g’it sepishda asosan ikki usul qo’llaniladi: to’g’ridanto’g’ri ya‘ni ferma-maydon va oraliqda saqlash bilan ya‘ni ferma-burtmaydon. Birinchi usulda go’ng fermaning o’zida chiritish uchun to’planadi. Keyin maydonga tashib keltiriladi va sepiladi. Ikkinchi usulda go’ng fermadan muntazam ravishda dala chetida maxsus joyga keltiriladi va sepishga tayyorlanadi. Bunda burt o’lchami 150-160 t (agar sepish normasi 30-40t/ga bo’lsa) to’planadi. Qaysi sxemada ishlashni xo’jaliklar sharoitiga qarab tanlanadi. Organik o’g’itlarni yo’qlash uchun 1TB-3B buldozerli yo’qlagich yoqi PE-0,8 ekskavator-yo’qlagich qo’llaniladi. Organik o’g’itlarni sepish uchun ko’zovli sochgichlar yoki rotorli valkavatel-sochgich (RUN-15B) agregatlari qo’llaniladi. RUN-15B agregati bilan sepishda dalaga to’kilgan uymalar oralig’i quyidagicha topiladi.
Download 18,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish