Byudjet hisobi vа gʼаznаchilik” fаkulteti “byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kаfedrаsi “byudjet g’azna ijrosi” fanidan


Gʼaznachilikda operatsiyalar nazoratini takomillashtirish



Download 65,58 Kb.
bet8/9
Sana30.12.2021
Hajmi65,58 Kb.
#190895
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jo'rayev Islom Kurs ishi (4-kurs)

Gʼaznachilikda operatsiyalar nazoratini takomillashtirish

Аholini ijtimoiy himoyalash maqsadida byudjetdan ancha miqdorda mablagʼ talab qilinadi. Ushbu mablagʼlarni toʼliq va oʼz vaqtida yetkazib berish, asosan, samarali byudjet nazorati orqali taʼminlanadi. Shunday ekan byudjet nazorati hozirgi davrda respublika va uning hududlarida davlat byudjeti samarali ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekiston Respublikasi davlat byudjetida muhim tarkibiy qismni mahalliy byudjetlar tashkil etganligini va byudjet nazoratining xususiyatlarini hisobga olgan holda biz mustaqil ish mavzusini yoritishda byudjet tizimining mana shu boʼgʼinidagi moliyaviy nazoratga asosiy eʼtiborni qaratamiz. Nazorat boshqaruvning tarkibiy qismi boʼlib Davlatni boshqarishda davlat funktsiyasi va maqsadini amalga oshirishni kuzatish, tahlil qilish va tekshirishni oʼz ichiga oladigan jarayondir. Nazorat boshqaruv siklining yakunlovchi qismi boʼlib boshqaruvdagi yangi siklni boshlanishini belgilab beradi. Nazorat boshqaruvning bir funktsiyasi sifatida boshqariladigan obyekt faoliyati monitoringini amalga oshirib, qabul qilingan qarorlar maqsadi va samaradorligini baholash va ularni ijrosi natijalari yuzasidan chetlanishlarni aniqlash va ularni tuzatishni amalga oshirish imkonini yaratadi.



Gʼaznachilik operatsiyalarini nazoratini amalga oshirish davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʼlarni qonuniy va samarali ishlatilishini taʼminlashni oʼz ichiga oladi. Gʼaznachilik operatsiyalarini nazorati quyidagi elementlardan iborat:

  • Nazorat subyektiga yuridik va moliyaviy majburiyatlarni amalga oshiruvchi xodimlar va ularning bevosita rahbarlari kiradi.

  • Nazorat obyekti sifatida yuridik va moliyaviy majburiyatlar boʼyicha operatsiyalarni tushinish mumkin.

  • Nazorat predmeti sifatida shartnomalar, xarjatlar smetalari, toʼlov topshiriqnomalari, baholar monitoringi va boshqalar.

  • Nazorat tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin: rejalilik, tizmililik, uzluksizlilik, qonuniylik, obʼektivlilik, oshkoralik, samaralilik.

  • Nazoratning uslublariga quyidagilar kiradi: tahlil, sintez, induktsiya, deduktsiya, orgnoleptik, inventarizatsiya, bajarilayotgan ishni nazorat oʼlchovi, tanlab kuzatish, uzluksiz kuzatish, loyixalar va smeta hujjatlarini ekspertizasi, eksperiment, analitik hisob uslubi, iqtisodiy tahlil, statistik hisob, kameral tekshiruv.

Gʼaznachilik orqali nazoratni tashkil qilish natijasida:

  • Oʼzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlar boshqarmalari va boʼlimlari tomonidan respublika, viloyat, shahar(shaharga boʼysunuvchi tuman) va tuman byudjetlarini tuzish uchun taqdim qilingan smeta moliyaviy hujjatlarini xar tomonlama chuqur tahlil qilishni amalga oshirish, mablagʼlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlashda moliya-byudjet qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilish va byudjet mablagʼlarini belgilangan maqsadlarga iqtisod qilib, yoʼnaltirishga erishish;

  • Oʼzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlar boshqarmalari va boʼlimlari tomonidan byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini koʼrib chiqish, tasdiqlash va oʼz vaqtida yetkazish boʼyicha ishlarini toʼgʼri tashkil etishni taʼminlashga erishish;

  • Maxsus mablagʼlar smetalari boʼyicha daromad va xarajatlarning qonuniy hosil qilinishiga va asosli rejalashtirishga eʼtibor qilish, bunda daromadlarni yanada toʼliq hisobga olish, oʼtadigan pul mablagʼlari qoldigʼini, mazkur mablagʼlarni tejamli va maqsadli ishlatilishini nazarda tutib, eʼtibor berish;

  • Smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish boʼyicha choralarni qoʼllash, smetalar boʼyicha aniqlangan ortiqcha mablagʼlar miqdorini, tashkilotlarning rahbarlarini ogohlantirib, byudjetdan ajratiladigan mablagʼlarni qisqartirish nazarda tutiladi. Smetalarni rejalashtirish ahvolini tekshirish natijalari har yili tegishli moliya yilining birinchi choragi va yarim yillik byudjetlarning ijrosi xaqidagi hisobotga ilova qilinadigan va moliya organlari tomonidan taqdim etiladigan tushintirish xatida yoritiladi.


Xulosa
Xulosa qilib, shularni aytishimiz mumkinki, respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy oʼzgarishlarni taʼminlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qatʼiy taʼminlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablagʼlaridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish hamda moliyaviy nazoratni kuchaytirish lozim.

Gʼaznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarni safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam boshqarish imkoniyatinigina yaratibgina qolmay, ular ustidan samarali nazorat tashkil qilish imkonini ham beradi. Markaziy gʼaznachilik organi va uning hududlardagi boʼlimlariga jarima sanktsiyalarini qoʼllashga ruxsat berish kerak. Masalan, alohida band sifatida “shartnoma shartlarini buzganligi va oʼz vaqtida bajarmaganligi uchun shartnomada koʼrsatilgan summaga nisbatan jarima qoʼllaniladi” deb kiritilsa va bajarilishiga amal qilinsa maqsadga muvofiq boʼladi. Bunda birinchidan, taʼminotchi va isteʼmolchilarning masʼuliyati oshadi, ikkinchidan byudjet tashkilotlarining qoʼshimcha daromad manbasi yaratiladi.

Gʼaznachilik faoliyatini tashkil etishning dastlabki chora-tadbiri sifatida mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriluvchi byudjet tashkilotlariga hamda respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlariga byudjetdan mablagʼlar oluvchilar bilan mahsulot yetkazib beruvchilar oʼrtasidagi shartnomalarni gʼaznachilik organlarida roʼyxatdan oʼtkazish zarur va tuzilgan shartnomalarga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritishni nazorat qilishni takomillashtirish kerak.

Respublikamizda bozor munosabatlari sharoitida amalga oshirilayotgan iqtisodiy oʼzgarishlarni taʼminlashdagi jarayonlar, jumladan, byudjet ijrosining bajarilishini qatʼiy taʼminlashda, byudjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda va byudjet mablagʼlaridan maqsadli, samarali foydalanishda byudjet intizomini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar yetarlidir.

Markazlashgan byudjet mablagʼlaridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy byudjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital quyilmalarga yoʼnaltirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim.

Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan byudjet mablagʼlaridan foydalanish, dastur asosida aniq roʼyxatli boʼlishini, byudjetdan mablagʼ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, byudjet mablagʼlaridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini taʼminlashni taqozo etadi.



Kelajakda davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablagʼlarni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qatʼiy amal qilish, davlat moliya-byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda gʼaznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqaligina ijobiy natijalarga erishish mumkin. Koʼzlangan maqsad yo’lida respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, iqtisodiy oʼzgarishlarni taʼminlash, sarflanayotgan har bir soʼm byudjet mablagʼi respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun oʼz natija va samarasini berishi kerak.



Download 65,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish