3-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining turlari11 Endi esa, yuqoridagi rasmda keltirilgan davlat moliyaviy nazoratining turlariga ta‘rif bersak.
Dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari moliya organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi. Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo'lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklaming oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'larning tejamsiz va samarasiz sarflanishiga yo'l qo'ymaslik uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo'lishini ko'zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va byudjetdan tashqari fondlaming moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko'rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida shartnoma va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin.
Joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat hisoblanadi. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalar berish singari amaliy jarayonlar sodir bo'lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo'lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblari o'z vaqtida amalga oshirilishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o'ynaydi.
Yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so‘ng davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir. Yakuniy moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo'li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy subyektlar moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiyaning samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishi singari jarayonlarni baholashga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 173-moddasiga binoan, davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilar hisoblanadi.(4-rasm)