Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari. Hukumatning «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to'g'risida» 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi vazifalar yuklandi. Xususan, endi auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi. Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi mavjud bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to'g'risida nizomga asosan faoliyat yuritadi. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Tashkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjetjarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir. Bosh nazorat-taftish boshqannasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqannalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagiIar belgilangan:
moliya organlari va byudjet rnuassasalari tornonidan byudjet va rnoJiya qonunchiligi harnda byudjet rnajburiyatlarining ijrosi bilan bog'liq bo'igan boshqa qonunchiIik hujjatlariga rioya etilishini ta'rninlash ustidan nazoratni arnalga oshirish;
respublika va mahalliy byudjetlarning qat'iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni ta'minlash;
moliya organlari va tijorat banklari tomonidan birinchi navbatdagi xarajatlar navbatiga rioya etilishi, byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to'lash, ijtirnoiy nafaqalar, stipendiyalar berish rnuddatIari va to'liqligi, shuningdek byudjet rnuassasalariga ko'rsatilgan maqsadlar uchun naqd pul mablag'larini berish bo'yicha faoliyati ustidan nazorat va rnonitoringni am alga oshirish;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqaruv organlari orqali kam ta'rninlangan oilalarga beriladigan ijtirnoiy nafaqalar bilan ta'minlash va ularning o'z vaqtida to'lanishini nazorat qiIish;
paxta xom-ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta rnahsulotlarini ish lab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bo'yicha statistik va buxgalteriya hisoboti ma'lurnotlarining to'g'riligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
paxta xomashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning miqdori va sifatini baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi bo'yicha tekshiruviarni tashkil etish va o'tkazish rnetodoiogiyasini ish lab chiqish va takornillashtirish;
investitsion dasturlarning arnaiga oshirilishi uchun ajratiIadigan rnarkaziashtirilgan byudjet mablag'iaridan rnaqsadli foydaianishni nazorat etish;
kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun byudjet mablag'larini sarflash lirnitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar o'tkazib turish;
byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali smeta intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
hokimiyat va boshqaruv organiari rahbarlarining byudjet jarayoniga noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini to'xtatish;
davlat valyuta mablag'larining to'g'ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
fuqarolarning moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari to'g'risidagi xat, shikoyat va arizalarini ko'rib chiqish va h.k.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo' linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan:
1) hududiy moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosi bo'yicha ish-faoliyatini, barcha darajadagi byudjet muassasalarining esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga rioya etish bo'yicha ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring);
2) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalarining pul va buxgalteriya hujjatlari, hisobotlari, smetalari va boshqa hujjatlari, moddiy boyliklari mavjudligini tekshirish;
3) maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini taft ish qilish va tekshirish;
4) tijorat banklari muassasalari, soliq organlari, boshqa idoralardan taftish va tekshiruvlar o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan savollar bo'yicha zarur bo'lgan ma'lumotnomalar va axborot, ma'lumotlarni olish;
5) qurilish, montaj, ta'mirlash kabi ishlar nazorat o'lchamlarini amalga oshirish va boshqa tekshiruvlarni o'tkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish;
6) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalari hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlari va mansabdor shaxslaridan taftish va tekshiruvlar o'tkazishjarayonida yuzaga keladigan masalalar, moliya va byudjet intizomi buzilishi faktlari, shuningdek ma'lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolatnomalarining imzolanishi bo'yicha tushuntirishlar talab qilish;
7) zarur bo'lgan hollarda kassa va kassa xonalari, omboriar, arxivlarni muhriab qo'yish, qalbaki, soxta hujjatlar va boshqa suiste'molliklar aniqlangan hollarda hujjatlarni olib qo'yish, tekshirilayotgan ob'ektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovarmoddiy boyliklar, pul mablag'lari va hisob-kitoblarning yo'qlama qilinishini talab etish;
8) Moliya vazirligining topshirig'i va u tomonidan tasdiqlangan maxsus grafiklar bo'yicha paxta xom-ashyosini tayyorlash va qayta tayyorlashga oid butun davrda paxta tozalash korxonalarida tayyorlanayotgan, qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan paxta xom-ashyosiga tegishli masalalar bo'yicha tekshiruv va taftishlar o'tkazish;
9) moliya va byudjet intizomi bo'yicha aniqlangan tartibbuzarIiklarni bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda boshqa vazifalar bo'yicha taft ish va tekshiruvlar materiallari yuzasidan tegishli takliflar kiritish.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari o'z ish-faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bo'igan hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan o'tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini taftish va nazorat qiladi.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim ral o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida» 1997 yil 29 avgustdagi qonuni soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo'yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Soliq nazorati soliq solish sub'ektlari va ob'ektJari hisobini yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan subyektlar va ob'ektlar hisobini yuritish, soliq tekshiruvlarini o'tkazish, soliq to'lovchilar, boshqa shaxslarni so'raq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- soliq qonunchiligi, soliqlar hamda O'zbekiston Respublikasi nobyudjet Pensiya fondiga majburiy to'lovlarning o'z vaqtida hisoblab yozilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishini nazorat etish;
- soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta'minlash, soliq to'lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko'rsatish, soliq bo'yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va to'xtatib qo'yish.
Davlat soliq xizmati organlari o'z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
soliq to'lovchilarda Uumladan soliq to'lovchilar bilan bog'langan qarshi sub'ektlarda) O'zbekiston Respublikasi nobyudjet Pensiya fondiga majburiy to'lovlarning o'z vaqtida hisoblab yozilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy hujjatlami, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur bo'lgan tushuntirish, ma'lumotnoma va ma'lumotlarni olish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar hamdajismoniy shaxslaming banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish.
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tizimida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilgan bo'lib, uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo'linmalari mavjud. Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning soliq qonunchiligiga rioya etishi bo'yicha moliyaviy-xo'jalik faoliyatini belgilangan tartibda huijatiar asosida tekshiruvlami hamda hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan masalalar bo'yicha nazorat tekshiruvlarini tashkil etish va o'tkazish;
xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan olinadigan soliqlar va yig'imlarning hisoblab yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga to'lovlarning to'g'ri hisoblanishi va o'z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, ogohlantirish va to'xtatish;
o'tkazilgan huijatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma'muriy jarimalar va h.k.ni undirib olish) yakuni bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma'lumotlarni hamda huijatii va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va h.k.
Davlat soliq qo'mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
yuridik vajismoniy shaxslardan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (soliq to'lovchilar) faoliyatiga tegishli ma'lumot, axborot, ma'lumotnoma, huijatlar va ularning nusxalarini olish;
banklar va boshqa kredit-moliya muassasalaridan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (soliq to'lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalari to'g'risidagi ma'lumotlarni belgilangan tartibda olish.
Davlat moliyaviy nazorati bo'yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida» 1995-yil 21-dekabrdagi qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qo'llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta'minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi. Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo'yicha o'z vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini am alga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qoidalarni belgilaydi. Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
1) banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan operatsiyalari to'g'risida axborot, ma'lumotlarni so'rash va olish;
2) olingan axborot, ma'lumotlar bo'yicha tushuntirishlar talab qilish;
3) banklarning ichki auditi bo'yicha talablar belgilash;
4) bank aktivlarini sifat bo'yicha tasnif qilish va aktivlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash uchun shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;
5) banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar jo'natish.
Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillar va auditorlar tomonidan o'tkaziladi. Davlat moliyaviy nazoratining ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu, xususan, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markaziga taalluqli bo'lib, uning zimmasiga barcha davlat organlari va xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |