Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazorati tizimi tuzilishining me’yoriy-huquqiy asoslari hamda bu tizimni takomillashtirishda rivojlangan davlatlarning davlat moliyaviy nazorati tizimini chuqurroq o’rganish yo’llari hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism (3 ta reja), xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bundan tashqari kurs ishida … ta jadval, … ta chizma va adabiyotlar bo’yicha havolalar berilgan.
1.BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NAZORAT TUSHUNCHASINING MOHIYATI, AHAMIYATI VA ZARURLIGI Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga oladi:
1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri xujjatlashtirilishini aniqlash;
3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari va xarajtlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash;
4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to’g’riligini aniqlash;
5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;
6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;
7. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish;
8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog’ida davlat byudjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi:
1. Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko’rib chiqadi;
2. Byudjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg’armalari organlaridan axborotlar oladi;
3. Byudjet tashkilotlaridan byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larning tushumi va sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar talab qilib oladi;
4. Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag’lari harakati to’g’risida ma’lumotlar oladi;
5. Byudjet mablag’larini oluvchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini auditdan o’tkazadi.
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 4 - smeta-moliya hujjatlarini, bunda byudjet mablag’laridan qonunchilikka va byudjet mablag’larining tejamli yo’naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o’rganishni amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo’limlarida xarajatlar smetasini ko’rib chiqish, tasdiqlash va o’z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo’yicha ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga erishish;
- daromadlarning to’liq hisobi, pul mablag’larining o’tuvchi qoldiqlari, bu mablag’lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;
- smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo’llash, smeta xarajatlari bo’yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o’z vaqtida byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo’limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo’yicha zarur hollarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo’qotish bo’yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag’lar summasini xarajatlar smetasi bo’yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to’g’ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o’z vaqtida etkazilishi bo’yicha tekshirish natijalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko’rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga obyektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda qaraladi:
barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat‘iy tartibga solingan faoliyati;
moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta'minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsada, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning tahliliy tomoniga katta e‘tibor beriladi. Endi esa moliyaviy nazorat tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak:
Moliyaviy nazorat – bu davlat, korxona va tashkilotlarning barcha moliyaviy faoliyati ustidan turli darajadagi qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga aytiladi.
Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat amaliyotini baholash bilan cheklanmasdan, balki oz tahliliy yo‘nalishiga egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo'lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jurnladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham qatnashadi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning obyekti pul munosabatlari hisoblanadi. Endi esa moliyaviy nazoratning predmetiga e‘tibor qaratsak(1-rasm).