Buxoro viloyati Peshko’ tumanidagi 23- maktabda 2021-2022 o’quv yili davomida, ta’lim
jarayonida amalga oshirilgan ishlar hisoboti.
Hayotda turli-tuman kasblar bor va ularning har biri o’z o’rni va ahamiyatiga ega.
Ammo ular orasida shunday ulug’ kasb mavjudki. Boshqa barcha kasblar uning negizida
shakllanadi taraqqiy etadi. Bu – o’qituvchilik va murabbiylikdir. Maktab – ana shunday
ulug’ kasb egalari bilan yuksak ma’naviyat va ta’lim- tarbiya maskani sanaladi.
2021-2022 o’quv yilida Peshko’ tumani 23- maktabda pedagoglar jamoasi
uchun ta`lim jarayoni yutuqlarga boy yil bo’ldi. Maktabda 2021-2022 o’quv yilida 764 nafar o’quvchi ta’lim tarbiya oldi. Maktab pedagogik jamoasida 2021-2022 o’quv yilida 58 nafar pedagog xodim yosh avlodga ta’lim tarbiya berib keldi. 58 nafar pedagog xodimlarning 54 nafari oliy va bittasi tugallanmagan oliy 3 nafar o’rta maxsus ma’lumotli pedagoglar tashkil etdi. Maktabda 1 nafar oliy 11 nafar 1 birinchi va 22 nafar ikkinchi toifali o’qituvchilar o’quvchilarga fan sirlarini o’rgatib kelmoqdalar.Ta’lim muassasasi tuman maktablari qatori eng obod va fayzli maktablardan biri sanaladi. 2021 -2022 o’quv yilida ta‟lim jarayonlari namunali tarzda tashkil etildi. O’quv yilining birinchi yarim yilligida pedagoglar tomonidan jami 80 soat namunali darslar tashkil etildi. Maktabda barcha fan oyliklari juda qizg’in va mazmunan boy tarzda tayyorlab o’tkazildi. Bunda boshlang’ich sinflar, kimyo, biologiya, tarix, matematika, informatika, rus tili, ona tili va ingliz tili fanlaridan
juda chiroyli tadbir va viktorinalar o’tkazish orqali o’quvchilar bilim samaradorligi muttasil oshirib borildi. Aprel oyida matematika fanidan “Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’lim tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ” mavzuida viloyat o’quv seminari tashkil etildi. O’quv seminarlarda maktabning matematika fani o’qituvchilari tomonidan zamonaviy interfaol darslar tashkil etildi.
Seminarda viloyat maktablaridan kelgan fan o’qituvchilari ishtirokida zakovat intellectual o’yini o’tkazildi va g’olib komanda tuman hokimining faxriy yorlig’I va estalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.
Tumanda o’tkazilgan fan olimpiadasida 10-sinf o’quvchisi Ramozonov Jamshid Umid o’glifanidan faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Noyabr oyida maktab esida “Odam-texnika” kasb oyligi burchagi tashkil qilindi.
O’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.
8-9- sinf o’quvchilaridan kasb – hunarga yo’naltirish bo’yicha “Qiziqishlar xaritasi”,
“O’quvchilarni kasbiy yunalganligini aniqlash”, “Qiziqishlar anketasi” metodikalari
tumandagi qator maktablarning o’qituvchilari ishtirok etib, o’zaro tajriba almashildi.
Ta’lim jarayonini tashkil etishda fan olimpiadalarining o’tqazilishi keng o’qituvchilar va o’quvchilar ommasi uchum muhim ahamiyatga ega. Fan olimpiadalarining maktab bosqichi Nizom talablari asosida tashkil etilib eng bilimli va iqtidorli o‟quvchilar saralanib olinganligi bois olimpiadalarning tuman bosqichida 10 nafar o’quvchilarimiz g’olib deb topilib, Tumanda o’tkazilgan fan olimpiadasida 10-sinf o’quvchisi Ramozonov Jamshid Umid o’gli kimyo fanidan faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Kimyo, biologiya, Rus tili , ingliz tili musiqa fanlariga qiziqishi yuqori bo’lganligi sababli shu fan o’qituvchilari o’z fanlari doirasida darsdan so’ng doimiy qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazib keladilar.
Qo’shimcha mashg’ulotlarga eng iqtidorli va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar jalb etilgan.
Darsdan so’ng o’quvchilar bilan qo’shimcha ishlashning qat’iy yo’lga qo’yilganligi fanga qiziqadigan o’quvchilarning bilim samaradorligini ortishiga olib keladi. 2020-2021 o’quv yilida maktabni bitirgan 41 nafar o’quvchilarning 25 nafari, 2021-2022 o’quv yilida maktabni bitirgan 27 nafar o’quvchilarning 21 nafari Oliy o’quv yurti talabalari bo’lish baxtiga muyassar bo’ldilar. Muhtaram Prezidentimiz Oliy ta’limga kirishni abituriyentlar uchun eng qulay yo’lini yaratib berdilar hamda o’quvchilar o’quv kurslariga qatnab emas maktabda olgan chuqur bilimi bilan talaba bo’lishi lozimligini ko’p bora ta’kidlayaptilar. Shunisi muhim va quvonarliki bugun talabalik nomiga musharraf bo’lgan o’quvchilarimizning bariga maktabning eng bilimli va fidoyi o’qituvchilari ustozlik qildi. Maktabda ta’lim jarayonini tashkil etishda metodbirlashmalar faoliyati alohida ahamiyatga ega.Metodbirlashma rahbarlari bevosita har bir a’zoning faoliyatiga boshchilik qiladi
va fan oyligi va ta’lim jarayonidagi yangiliklarni ta’limga joriy etadi. O’quv yili
davomida metodbirlashmalarimizda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Filologiya fani
metodbirlashmasi - ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2020-yilning 13-avgustdagi “Umumta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish to’g’risida” gi 183 - sonli buyrug’i, Xalq ta’limi boshqarmasining 2020 -yil 7-sentabrdagi 139-sonli buyrug`iga asosan yil davomida umumta`lim maktablarida o’quv predmetlari bo’yicha “Fan oyliklari ” o’tkazilib kelinmoqda.VXTBning 2020 – yil 7 – sentabrdagi 139- sonli xati ijrosi yuzasidan oktabr oyida ona tili va adabiyot fanlari oylgini o`tkazish boyicha chora tadbirlar rejasini ijrosini ta’minlash maqsadida. Fan oyliklari davomida ochiq darslar va tadbirlarning o`tkazilishi o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini, hozirgi zamon fan va texnikasini o`rganishga bo`lgan intilishlarini oshiradi. Ta`lim mazmunini yanada boyitish, rivojlantirish maqsadida har bir oy muayyan bir fanga bag`ishlab kelinmoqda. Barcha umumta`lim maktablarida oktabr oyi “Ona tili va adabiyot fanlar oyligi” deb e`lon qilingan. Jumladan, 23- maktabda ham oktabr oyida “Ona tili va adabiyot fani oyligi“ o`tkazildi. Adabiyot –insonnning orzu-xayoli, umid va armonlari, odam va olam to`g`risidagi tushunchalarni badiiy so`z yordamida ifoda etadi, bolaning dunyo qarashini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatini oshiradi, odob-axloqning yanada chiroyliroq bo`lishini kuchaytiradi. Adabiyot yosh avlod qalbini poklab, uni oliy maqsadlar va komillik sari eltuvchi nafis vositadir.Adabiyot –so`z san`ati.Ona tili esa insondagi yaxshi xulqlarni so`z vositasida amalga oshiradi. Ona tili va adabiyot darslarining asosiy maqsadi: o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, ijodiy fikr mahsulini og`zaki va yozma shaklda to`g`ri va ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish hamda milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatli komil insonni tarbiyalashdan iborat. Shu ma`noda umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanlarining chuqur o`qitilishi, o`quvchilarninig ongiga vatanga, ona tilimizga muhabbat g`oyasining singdirilishi ta`lim mazmunining sifat darajasini belgilovchi muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda asosiy o’quv predmetlarining poydevori quriladi. Shunga ko’ra, boshlang’ich sinflarda berilgan bilim, keyinchalik ularning o’quv faoliyatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’iniga alohida e’tibor bilan yondashish talab etiladi va o’qituvchi, murabbiylarga ijodkorlik mas`ulya’tini belgilaydi. Fan oyligi barcha fan o’qituvchilaridan ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Maktabda fan oyligi bo`yicha choratadbirlar tuzilib,bajariladigan ishlar rejalashtirildi. Fan oyligining ochilishi 5.10.2021-yilda bo`lib o`tdi. Maktabda ona tili va adabiyot fanlaridan ochiq,namunali darslar tashkil etildi. Oktabr oyi davomida shu fanlarga oid barcha darslar ochiq deb e`lon qilindi hamda ularga ota-onalar, mahalla vakillari taklif etildi.Shuningdek, ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Negmatova Latofat Tillayevnaning 10–sinfda adabiyot fanidan “Alisher Navoiyning “Xamsa”asaridagi Shirin maktubini o`qib talqin qilish” mavzusidagi dars ishlanmasi birinchi o`rinni oldi. 2-o`rinni 7 –“A”sinf o`qituvchisi Bozorova Oliyaning “Kishilik olmoshlari” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi, 3-o`rinni esa ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Rahmatova Diloromning 8 -“B” sinfda adabiyot fanidan “Alisher Navoiy hayoti va ijodini o`qib o`rganish” mavzusida o`tkazgan ochiq darsi egalladi. 2021-yil oktabr oyida 5-9-sinflar o`rtasida “Kimning xati chiroyli?” tanlovining o`tkazilishi o`quvchilarning yozish san`atiga bo`lgan qiziqishini oshirdi. 1-o`rinni 10–sinf o`quvchisi Asadova Charos va 7 –a sinf o`quvchisi Turdiboyeva Gulasal 1-o`rinni 9- sinf o`quvchisi Rahmonova Shabnamoy 2-o`rinni 6-”A”sinf o`quvchisi, Davronov Dilshod 3-`rinni Sharipova Begoyim 9 - sinf o`quvchisi egalladi. 5 - 9 sinflar o`rtasida “Eng nutqi ravon o`quvchi ” ko`rik tanlovi tashkil qilindi. Bu ko`rik tanlovda 8-sinf o`quvchisi Turdiboyeva Gulasal ,9 – sinf o’quvchisi Rahmonova Shabnamoy, 8-sinf o’quvchisi Ziyodullayeva Qunduzoy chiqdi. O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi hamda O`zbekiston Respublikasining “O`zbek tili bayrami kunini belgilash to`g`risida”gi 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Qonuni ijrosi bo`yicha “Ona tilim – mening faxrim!” mavzusida insholar tanlovining maktab bosqichi o`tkazildi.10-sinf o`quvchisi Asadova Charos I-o`rinni va II- o`rinni 9 – Yarashova Shaxnoza 7 sinf o`quvchisi Mustafoyeva Begoyim III o`rinni 6–sinf o`quvchisi Rahimova Salomat egalladi, insholari tuman XTB ga yetkazildi.“Ona tilim-jon-u dilim” mavzusida rasmlar tanlovida 5-sinf jamoasi 1-o`rinni, 7–sinf jamoasi 2–o`rinni egalladi. Devoriy gazetalar tanlovida I o`rinni 6 – “B”sinf jamoasi egalladi.Refaratlar tanlovida 9-sinf o`quvchisi Yarashova Shaxnoza 1-o`rinni, 9-sinf o`quvchisi maktab faollar zalida “Ona tilim sarchashmangdan sarxush dilim” mavzusida adabiy – musiqiy kecha o`tkazildi. Fan
oyligi burchaklari tashkil etildi. Til va adabiyot-inson ijodiy faoliyatining eng oily mah’suli. Xalq tarixi ,buguni va kelajagi aynan ushbu san’at rivoji bilan uzviy bog‟liq.
Qaysiki xalqning til va adabiyoti taraqqiy etsa, davlati ham kuchli va buyuk bo‟ladi. Ana
shu ona tilimiz va adabiyotining rivojlanishiga hissa qo’shish maqsadida fan
o’qituvchilari faoliyat yuritar ekan, o’z darslarini o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishini
orttirish maqsadida turli interfaol usullardan va AKT dan foydalanib, ko’rgazmalikka
asoslangan holda tashkil etadilar.
Dars – bu ,o’qituvchi uchun o’zining g’oya va fikrlarini
singdira olish, professional tayyorgarlikning yuksak darajasi hamda o’z ustida tinimsiz
izlanishi samarasi. Har bir darsga o’quvchilarga o’rgataman va o’rganaman; o’quvchilarga bilganlarimning barchasini yetkazaman; fanga oid barcha bilimlarni o’rgatib,kelajagi uchun poydevor qo’yishni o’z oldimga maqsad qilib qo’yaman, degan maqsad bilan kirishga harakat qiladi. Darslarda: tushuntirish metodi- tafakkurni rivojlantiradi; muammoli o’qitish metodi- muammoli sanalgan holatlarning yechimini izlab topishga, ijodiy faoliyat yuritishga undaydi, rivojlantiruvchi metodlar – bilim olish qiziqishini oshiradi; nazorat metodlar – og’zaki, jamoaviy so’rov, ya’ni savol-javob, debat, “Aqliy hujum” usullaridan, “So’z zanjiri”, “Tushunchalar tahlili”, “Venn diagrammasi”, “ T ”,
“Baliq skeleti”, yozma nazorat – lug’at diktantlar, ijodiy bayonlar, insholar, “So’z ichida
So’z” kabi interfaol metodlardan unumli foydalaniladi. “Korrupsiyasiz kelajak sari”
mavzusidagi insholar tanlovida Mustafoyeva Shabnamning 10-sinf o`quvchilari tumanda
I o`rinni egallab, viloyatda munosib ishtirok etib qaytdi, “Konstitutsiya – baxtimiz
poydevori“ mavzusida o`tkazilgan insholar tanlovida 10-sinfo`quvchisi Asadova Charosning inshosi tumanda I o`rinni egallab, viloyatda “Eng yaxshi ijodiy insho“
nominatsiyasi bilan taqdirlandi. “Konstitutsiyamiz – baxtimiz va porloq kelajagimiz
kafolatidir“ mavzusidagi respublika miqyosidagi onlayn tanlovda mutlaq I o`rinni
egalladi.
Boshlang`ich sinflar metodbirlashmasida 12 nafar o`qituvchi ishlaydi. Ulardan 2 nafari birinchi ,8 tasi ikkinchi, ikkitasi mutaxasis toifali o’qituvchilarimiz, kundalik com saytiga baholar qo`yilib yuritib borilmoqda. Ona tili, matematika fanlaridan 2 tadan aylanma daftarlar tashkil qilinib tekshirib baholanib borilgan. Malaka oshirish kursidan qaytgan o`qituvchilar hisobot tayyorlab, taqdimot qilib kelmoqdalar. Metodbirlashma yig`ilishlari reja asosida o`tkazib har bir metodbirlashma yig’ilishda fan o’qituvchilari zamonaviy interfaol usullardan bittasini keng o’rganib kelmoqdalar fan oyliklari o`tkazilib ochiq darslar, turli tadbir va davra suhbatlari o`tkazilib kelinmoqda. Sentabr oyida boshlang`ich ta`lim fan oyligi deb e`lon qilingan. Fan oyligi uchun reja ishlab chiqildi va reja asosida ishlar amalga oshirildi. Maktab fayesi va boshlang`ich sinf xonalari fan oyligiga moslab bezatildi. O`quvchilar o`rtasida “Kimning xati chiroyli” musobaqasi tashkil qilindi. “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O`zbekistonim” shiori ostida o`quvchilar o`rtasida musiqa, she`rxonlik, teatr, raqs bo`yicha tadbirlar tashkil qilindi.2021-2022-o`quv yilida 1-sinfga 97 nafar o`quvchi qabul qilindi. Barcha o`quvchilarga prezident sovg`asi topshirildi.
Maktabimiz pedagog xodimlari har bir darsni yangi pedagogic texnologiyalar asosida o’tishga va har o’quv yilida 4 tadan ochiq namunaviy darslar va 2 tadan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazib kelmoqdalar. . O`quvchilar onlayn olimpiada va tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. O`qituvchilarning faolligini oshirish, matbuotda maqolalar chiqarish, turli tanlovlarda faol ishtirok etish va ish tajribalarini ommalashtirish uchun harakat qilish kerakligi metodbirlashma yig`ilishida muhokama qilingan.
Yangi nizom O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 –yil 13–avgustdagi
183–sonli buyrug’ida umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv – tarbiya jarayonini
sifatini yaxshilash, pedagog xodimlarga o’z vaqtida metodik yordam ko’rsatish tizimlarini belgilaydi. Nizomga ko’ra o’quv yili davomida har chorakda metodbirlashma yig’ilishlari o’tkazib borilishi rejalashtirlidi.
Xorijiy tillar metodbirlashmasining yana bir a‟zosi, Ingliz tili fani o‟qituvchisi,
Beshimova Zarina I va II chorakda o’zining qiziqarli ochiq darslari bilan ju da faollik
Ko’rsatdi, uning darslari boshqa fan o’qituvchilariga ham manzur bo’ldi.
Tabiiy fanlar metodbirlashmasi-tabiiy geografiya, fizika va iqtisodiy bilim asoslari ,kimyo, biologiya fanlaridan 7 nafar ustoz va yosh oqituvchilar dars berib kelmoqdalar. Ulardan 2 nafari “Xalq Ta’limi A’lochisi”
1 nafari oliy 2 nafari ikkinchi toifa va 4 nafari mutaxasis toifali o’qituvchilar tashkil etadi. O‟quv yili boshida har bir fan o’qituvchisi Metodbirlashmaning har bir a’zosi yil davomida ochiq namunaviy darslar tashkil etdi. Metodbirlashmaning geografiya yig’ilishlarida “Geografiya darslarida interfaol usullardan foydalanish” mavzusida uslubiy ma’ruzalari past ozlashtiruvchi va iqtidorli o’quvchilar o’rtasida “Qiziqarli Geografiya mening qarashlarimda ” mavzusida Esselar tanlovi o’tkazildi. Fizika fani o‟qituvchisi Izomov Shaxzod “ Tezlik “ mavzusida va 6 – “ B ” sinfda “ Paskal slayd, interfaol metod va texnologiyalar: “ Men o’yini kabi usullardan samarali foydalanishga qo’llay olishlariga o’rgatishga metodlarini o’z darslarida muvaffaqiyatli qo’llab o’quvchilar bilim darajasini oshirib keldi. Darsda slayd, interfaol hamkorlikda o‟qitish, muammoli vaziyatga oid laboratoriya mashg’ulotini o’tkazib o’rgatishga asosiy e’tiborni qaratdi Tarix fani o’qituvchilari Jabborov Jonibek tuman miqyosida “Tarix darslarini o’tishdagi muammolari va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida seminar darslarni tashkil etdilar va olib bordilar ularning dars ishlanmlari tuman va viloyat miqyosida ommalshtirildi. Ijtimoiy fanlar o’qituvchisi Jabborov Jonibek tomonidan “Konstitutsiyamiz – baxtimiz va porloq kelajagimiz kafolatidir“ mavzusidagi rasmlar tanlovi tashkil etildi. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2020-yilning 13-avgustdagi “Umumta’lim muassasalarida fan oyliklarini o’tkazish to’g’risidagi 183 - sonli buyrug’i, Xalq ta‟limi boshqarmasining 2020 -yil 7-sentabrdagi 139-sonli buyrug`iga asosan yil davomida umumta`lim maktablarida o’quv predmetlari bo’yicha “Fan oyliklari” o’tkazilib kelindi. Fan oyliklari davomida ochiq darslar va tadbirlarning o`tkazilishi o`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini, hozirgi zamon fan va texnikasini o`rganishga bo`lgan intilishlarini oshiradi. Ta`lim mazmunini yanada boyitish, rivojlantirish maqsadida har bir oy muayyan bir fanga bag`ishlab kelinmoqda. Barcha umumta`lim maktablarida dekabr oyi “Tarbiya va ijtimoiy fanlari” oyligi deb e`lon
qilingan. Jumladan, Peshko` tuman 23- maktabda ham dekabr oyida “Tarbiya va ijtimoiy fanlari oyligi“ o`tkazildi. Tarbiya–insonnning orzu-xayoli, umid va armonlari, odam va olam to`g`risidagi tushunchalarni badiiy so`z yordamida ifoda etadi, bolaning dunyo qarashini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatini oshiradi, odob-axloqning yanada chiroyliroq bo`lishini kuchaytiradi. Tarix yosh avlod qalbini poklab, uni oliy maqsadlar va komillik sari eltuvchi vositadir. Tarbiya esa insondagi yaxshi xulqlarni so`z
vositasida amalga oshiradi. Ijtimoiy fanlarning asosiy maqsadi: o`quvchilarni mustaqil
fikrlashga o`rgatish, ijodiy fikr mahsulini to`g`ri va ravon ifodalash ko`nikmalarini
shakllantirish hamda milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatli komil insonni tarb iyalashdan
iborat. Shu ma`noda umumta`lim maktablarida ijtimoiy fanlarning chuqur o`qitilishi,
o`quvchilarninig ongiga vatanga, ona tilimizga muhabbat g`oyasining singdirilishi ta`lim
mazmunining sifat darajasini belgilovchi muhim omil bo`lib hisoblanadi. 2021-2022
o`quv yilining “Tarbiya va ijtimoiy fanlar oyligi” fan oyning ilk kunlaridanoq
metodbirlashma a‟zolari bilan kelishilgan holda fan oyligining tadbirlar rejasi ishlab
chiqildi.Sinflar kesimida o`quvchilarga “Eng yaxshi referatlar, bukletlar, ijodiy ishlar,
devoriy gazetalar” tanlovlari e`lon qilindi. Fan oyligi davomida o`quvchilar bilim
samaradorligini aniqlash, bilim ko‟nikma va malakalarini aniqlash maqsadida fanlar
bo`yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi: . Fan o`qituvchilari o`z fanlari bo`yicha ochiq darslar o`tkazishlar tadbirlar rejasiga kiritilgan bo`lib, shu asosda Tarix fani o`qituvchisi Ochilova Shaxnoza 5-sinflarda “Transport vositalarining ixtiro etilishi” mavzusida ochiq dars tashkil etdilar. Fan oyligi davomida o`quvchilarining darsliklar , didaktik materiallar, o`quv qurollari bilan ta’minlanganligi o`rganib chiqildi. 2021-2022 o’quv yilida maktab pedagoglari yanvar-iyun oyida o’tkazilgan attestasiya jarayoniga faol ishtirok etdilar va o’z toifalarining 1 pog’ona yuksalishiga erishdilar. Attestatsiya natijalariga ko’ra 1 nafar oliy 5 nafar birinchi va 8 nafar ikkinchi toifa olishga erishildi.O’tgan yildagilar bilan jami toifalar 2021-2022 yilda 3 nafar oily 13 nafar birinchi 26 nafar ikkinchi toifalarga ega bo’ldik yutuqlarimiz kundan kun ko’payib bormoqda. Maktabimizda Ona tili va adabiyot fani O’aqituvchisi Negmatova.L. Kimyo Fani o’qituvchisi A.Qayimov Biologiya fani o’qituvchisi M.Narzullayevalarning qo’llanma kitoblari chiqib ishlari viloyatga ommalashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |