Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi


Kamomad yoki yoqotishning aniqlanishi natijasida balansdan chiqarish



Download 6,88 Mb.
bet125/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Kamomad yoki yoqotishning aniqlanishi natijasida balansdan chiqarish


Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo‘yicha kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi va undirilishini hisobda aks ettirish “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga solinadi.
Ushbu nizomga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchining mulki o‘g‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo‘qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan
yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘ѓrisidagi ma’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsientini qo‘llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
Shartli misol. Byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sotib olingan va dastlabki (tiklanish) qiymati 1500.0 ming.so‘m bo‘lgan (013-subschyot bo‘yicha), mazkur davga qadar hisoblangan eskirish summasi 1300.0 ming.so‘m (023-subschyot bo‘yicha) va qoldiq qiymati 200.0 ming.so‘m bo‘lgan kompyuteri bo‘yicha tashkilotda o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida kamomadi aniqlandi.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish