Asosiy vositalarni tugatish bilan bog‘liq xarajatlar va ularni tugatishdan kelgan moddiy boyliklar to‘g‘risida
MA’LUMOTNOMA
Tugatishga ketgan xarajatlar
|
Foydalanish mumkin bo‘lgan narx bo‘yicha
tugatishdan kelib tushdi
|
ish turi
|
hujjat raqami
|
xarajat moddasi
|
summasi
|
hujjat raqami
|
moddiy boylik nomi
|
kodi (nomenklatu ra raqami)
|
miqdor i
|
narxi
|
sum mas i
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
Jami
|
|
Hisobdan chiqarish natijalari
Chiqib ketish asosiy vositalarni hisobga olish varaqchasida (kitobida) qayd etilgan.
Bosh buxgalter (buxgalter)
|
imzo
|
imzo rasshifrovkasi
|
M.O‘.
|
20 yil “ ”
|
Qismlarga bo‘lingan va demontaj qilingan asosiy vositaning boshqa asosiy vositani ta’mirlash uchun yaroqli bo‘lgan barcha uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallari ular hisobga olinadigan tegishli hisobvaraqlarga asosiy vositalarni tugatish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ehtimoliy foydalanish narxi bo‘yicha kirim qilinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar ikkilamchi xom ashyo (temir-tersak, qiyqindi yoki o‘tin) sifatida kirim qilinadi hamda tashkilotning xohishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlatiladi.
Tugatilishi munosabati bilan asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditiga, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
Shartli misol. Byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sotib olingan va dastlabki (tiklanish) qiymati 20.0 mln.so‘m bo‘lgan (015-subschyot bo‘yicha), mazkur davga qadar hisoblangan eskirish summasi 19.0 mln.so‘m (025-subschyot bo‘yicha) va qoldiq qiymati 1.0 mln.so‘m bo‘lgan transport vositasi tugatildi.
Mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 261 subschyot 1.0 mln.so‘m;
Debet 025 subschyot 19.0 mln.so‘m;
Kredit 015 subschyot 20.0 mln.so‘m.
Asosiy vositalarni tugatilishi munosabati bilan keyinchalik foydalanishga yaroqli bo‘lgan tovar-moddiy zahiralarni kirim qilinishi tovar-moddiy zahiralarni hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va tovar-moddiy zahiralar summasini mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati doirasida 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning kreditida (uni kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda), qoldiq qiymatidan oshgan summa esa, 272 “Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Misol. Byudjet tashkilotining byudjet mablag‘lari hisobidan qurilgan va dastlabki (tiklanish) qiymati 100.0 mln.so‘m bo‘lgan (011- subschyot bo‘yicha), mazkur davrga qadar hisoblangan eskirish summasi 98.0 mln.so‘m bo‘lgan (021-subschyot bo‘yicha) va qoldiq qiymati 2.0 mln.so‘m bo‘lgan noturar joy binosi tugatildi va tugatilishi natijasida qiymati 5.0 mln.so‘m bo‘lgan qurilish materiallari olindi va byudjet tashkiloti hisobiga kirim qilindi.
Mazkur operatsiyalarga qadar byudjet tashkilotining balansi quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan (shartli qisqartirilgan holda):
BALANS
(2011 yil holatiga)
ming so‘mda
Aktiv
|
Passiv
|
Subschyot
№
|
Subschyotlar nomi
|
Yil (chorak) oxiriga
|
Subschyot
№
|
Subschyotlar nomi
|
Yil (chorak) oxiriga
|
011
|
Asosiy vositalar
|
100 000.0
|
280
|
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija
|
2 000.0
|
021
|
Asosiy
vositalarni eskirishi
|
98 000.0
|
|
|
|
|
Qoldiq qiymati
|
2 000.0
|
|
|
|
BALANS
|
2 000.0
|
BALANS
|
2 000.0
|
Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi, ya’ni: Debet 231 subschyot 2.0 mln.so‘m;
Debet 021 subschyot 98.0 mln.so‘m;
Kredit 011 subschyot 100.0 mln.so‘m.
Kirim qilingan qurilishi materiallari summasiga (5.0 mln.so‘m): Debet 060 subschyot 5.0 mln.so‘m;
Kredit 231 subschyot 2.0 mln.so‘m (qoldiq qiymati doirasida); Kredit 272 subschyot 3.0 mln.so‘m.
Ushbu operatsiyalardan keyin byudjet tashkilotining balansi quyidagi ko‘rinishga keladi:
BALANS
(2011 yil holatiga)
ming so‘mda
Aktiv
|
Passiv
|
Subschyot
№
|
Subschyotlar nomi
|
Yil (chorak) oxiriga
|
Subschyot
№
|
Subschyotlar nomi
|
Yil (chorak) oxiriga
|
060
|
Qurilish materiallari
|
5 000.0
|
280
|
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija
|
2 000.0
|
|
|
|
272
|
Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar
|
3 000.0
|
|
|
|
|
|
|
BALANS
|
5 000.0
|
BALANS
|
5 000.0
|
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasi tegishligicha
ob’ektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalarni sotish munosabati bilan hisobdan chiqarish
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish “Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b’ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan) asosan tartibga solinadi.
Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotish quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi:
belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq eskirish hisobga o‘tkazilishi);
ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi;
ma’naviy eskirishi;
byudjet tashkilotlarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi.
Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi.
Byudjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari byudjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi. Bunda:
avtomototransport vositalari, shuningdek bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan
ortiqni tashkil etadigan boshqa asosiy vositalar asosiy vositalar qiymatini baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi kerak;
bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan asosiy vositalar byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi. Yuqori tashkilotning (mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki byudjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan ushbu asosiy vositalar asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari quyidagi tartibda sotiladi:
binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida;
qolgan asosiy vositalar - O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo‘lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi.
Binolar va inshootlarni (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
Byudjet tashkilotlarining avtotransport vositalari va boshqa asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli byudjet daromadiga o‘tkaziladi;
50 foizi - byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha byudjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan byudjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy- texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan, avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar:
binolar va inshootlar bo‘yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) - ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda;
qolgan asosiy vositalar bo‘yicha - xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi.
Tashkilotlarda asosiy vositalarni sotilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
bino va inshootlar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetiga, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02-schyotning tegishli subschyotlari debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
Shartli misol. Byudjet tashkilotining byudjet mablag‘lari hisobidan qurilgan va dastlabki (tiklanish) qiymati 100.0 mln.so‘m bo‘lgan (011-subschyot bo‘yicha), mazkur davrga qadar hisoblangan eskirish summasi 45.0 mln.so‘m bo‘lgan (021-subschyot bo‘yicha) va qoldiq qiymati
mln.so‘m bo‘lgan noturar joy binosi sotildi.
Mazkur operatsiyalarga qadar byudjet tashkilotining balansi quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan (shartli qisqartirilgan holda):
Do'stlaringiz bilan baham: |