Mazkur binoni sotish operatsiyalari hisobda quyidagicha aksettiriladi,ya’ni: Debet231subschyot 55.0 mln.so‘m; Debet021 subschyot 45.0 mln.so‘m; Kredit011subschyot 100.0mln.so‘m.
qolgan asosiy vositalar (chet elda joylashganlaridan tashqari):
dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
asosiy vositalarning sotish qiymati 15 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida, bir vaqtning o‘zida tegishli byudjet daromadiga hisoblangan summa 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
pul mablag‘larini kelib tushishi 15 schyotning tegishli subschyotlarining kreditida va 113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotining debetida, byudjetga hisoblangan summalarni o‘tkazib berilishi esa, 113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotining kreditida va 160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi;
asosiy vositalarni sotilishidan ko‘rilgan ijobiy moliyaviy natija (daromad) 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 272 “Boshqa byudjetdan
tashqari daromadlar” subschyotining kreditida, salbiy moliyaviy natija (zarar) esa, asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Shartlimisol.Byudjettashkilotiningbyudjetdantashqaririvojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sotib olingan vadastlabki(tiklanish)qiymati20.0mln.so‘mbo‘lgan(015-subschyotbo‘yicha), mazkur davga qadar hisoblangan eskirish summasi 15.0 mln.so‘m(025-subschyot bo‘yicha) va qoldiq qiymati 5.0 mln.so‘m bo‘lgan transportvositasi11.0mln.so‘mgasotildi. Mazkuroperatsiyalargaqadarbyudjettashkilotiningbalansiquyidagicha ko‘rinishdabo‘lgan(shartli qisqartirilganholda): BALANS (2011yilholatiga) mingso‘mda
Aktiv
Passiv
Subschyot №
Subschyotlarnomi
Yil(chorak)oxiriga
Subschyot №
Subschyotlarnomi
Yil(chorak)oxiriga
015
Asosiyvositalar
20000.0
283
Rivojlantirishjamg‘armasimablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviynatija
5 000.0
025
Asosiyvositalarni eskirishi
15000.0
Qoldiqqiymati
5 000.0
BALANS
5 000.0
BALANS
5 000.0
Mazkursotish operatsiyalaribuxgalteriya hisobida quyidagicha aksettiriladi: a) Dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi:Debet201 subschyot 20.0mln.so‘m; Kredit015 subschyot 20.0mln.so‘m. b) Hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi:Debet025subschyot 15.0mln.so‘m; Kredit201 subschyot 15.0mln.so‘m;
v) Asosiy vositaning sotish qiymatiga (11.0 mln.so‘mga):Debet159 subschyot 11.0mln.so‘m; Kredit201 subschyot 11.0mln.so‘m;
chet elda joylashgan tashkilotlarning asosiy vositalari (bino va inshootlardan tashqari):
dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 schyotning tegishli subschyotlari kreditida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida, hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa, 02 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
asosiy vositalarning sotish qiymati 15 schyotning tegishli subschyotlari debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi;
pul mablag‘larini kelib tushishi 15 schyotning tegishli subschyotlarining kreditida va 113 “Boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar” subschyotining debetida aks ettiriladi;
asosiy vositalarni sotish natijalari bo‘yicha ijobiy moliyaviy natija (daromad) 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining debetida va 272 “Boshqa byudjetdan tashqari daromadlar” subschyotining kreditida, salbiy moliyaviy natija (zarar) esa, asosiy vositaning kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271
subschyotlarning debetida va 201 “Asosiy vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Quyida byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va qurilishi tugallanmagan binolarni (inshootlarni) sotilishi tartibi va sotishdan tushgan mablag‘larni sarflanish yo‘nalishlarini sxematik ko‘rinishini keltiramiz (2.7.3-rasm).