Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi


Tugatish natijasida asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi



Download 6,88 Mb.
bet121/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Tugatish natijasida asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi


Tashkilotlar balansidan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa material qimmatliklarni sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tiklanishi mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan asosiy vositalar tugatilishi kerak.
Asosiy vositalar qonunchilikka muvofiq quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan hisobdan chiqarilishi mumkin:
a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan (to‘liq eskirish hisoblab yozilganidan) keyin;
b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
v) ma’nan eskirganlari;
g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo‘yicha chiqib ketadiganlari;
d) tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari.
Tashkilotlarda asosiy vositalarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun rahbar (rahbar o‘rinbosari) yoki bosh muhandis raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tashkilotning tegishli mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuziladi.
Asosiy vositalarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya quyidagi vakolatlarga egadir:
a) hisobdan chiqarish kerak bo‘lgan asosiy vositalarning bevosita ko‘rigini amalga oshiradi, bunda zarur texnik hujjatlar (pasport, bosqich rejalari va boshqa hujjatlar), shuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanadi;
b) ularni tiklashning mumkin emasligini yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini aniqlaydi;
v) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish sabablarini (to‘liq eskirishni hisoblab yozish, jismoniy eskirish, rekonstruksiya qilish, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlari buzilishi, tabiiy ofatlar, falokatlar va hokazoni) aniqlaydi;
g) asosiy vositalarning muddatidan oldin foydalanishdan chiqib ketishiga aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi, ushbu shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
d) tugatilayotgan asosiy vositalarning ayrim uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallaridan foydalanish imkoniyatini belgilaydi va ularni baholaydi;
ye) tugatilayotgan asosiy vositalardan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallarni olish ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning miqdori, og‘irligini belgilaydi va tegishli omborga topshirilishini nazorat qiladi.
Tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan asosiy vositalari tugatiladigan hollarda komissiya hisobdan chiqarishga taqdim etilgan asosiy vositalarning yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan tashkilotlarning qurilishi,
kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi rejasiga muvofiqligini tekshirishi kerak.
Bunda komissiya asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasida tasdiqlangan reja yoki tegishli qarorning bandi va sanasiga havola qiladi.
Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo‘yicha byudjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish byudjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi.
Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo‘lish va demontaj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomalarida tugatilayotgan asosiy vositalarni tavsiflaydigan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: asosiy vositani tayyorlash yoki barpo etish yili, uning tashkilotga kelib tushish sanasi, foydalanishga topshirish sanasi, asosiy vositaning dastlabki (qayta baholanganlari uchun - tiklash) qiymati, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha foydalanishning butun muddati uchun hisoblab yozilgan eskirish summasi, asosiy vositani tugatish sabablari va qismlarga bo‘lishdan olinishi mumkin
bo‘lgan yaroqli uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallarining borligi va ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyatlari.
Transport vositasini tugatishda, bundan tashqari, transport vositasi bajargan ishlarning va ko‘rsatgan xizmatlarning hajmi yoki u bosib o‘tgan yo‘l ko‘rsatiladi.
Falokatlar yoki foydalanishning risoladagi shart-sharoitlari buzilgan taqdirda chiqib ketgan asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarishda tugatish dalolatnomasiga falokat yoki foydalanishning risoladagi shart-sharoitlari buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi, shuningdek falokat yoki foydalanishning risoladagi shart-sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar aniqlanadi va aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi.
Tabiiy ofatlar oqibatida chiqib ketgan asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarishda tugatish dalolatnomasiga maxsus Hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinishi mumkin.
Tugatish jarayoni yakunlanganidan so‘ng byudjet tashkiloti buxgalteriyasi tomonidan asosiy vositalarni tugatish bilan bog‘liq xarajatlar va ularni tugatishdan moddiy boyliklarning kelib tushishi to‘g‘risida ma’lumotnoma tayyorlanadi.
Ushbu ma’lumotnoma byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi shaklga muvofiq tayyorlanishi mumkin.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish