(2-shakl)
ming so‘mda
Toifa
|
Modda va kichik modda
|
Element
|
Xarajatlar nomi
|
Tasdiqla ngan (aniqlang an) reja
|
Hisobot davri uchun moliyalasht irilgan
|
Kassa xarajati
- jami
|
Haqiqiy xarajatlar - jami
|
43
|
50
|
000
|
Asosiy vositalarni sotib olish
|
15 000.0
|
15 000.0
|
15 000.0
|
375.0
|
43
|
54
|
910
|
Mebel va ofis jixozlari
|
15 000.0
|
15 000.0
|
15 000.0
|
375.0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash uchun eskirish hisoblash vedomosti asos bo‘lib xizmat qiladi. Quyida eskirish hisoblash vedomostini ko‘rinishini keltiramiz.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish hisoblash vedomosti 20 yil oyi uchun
ming so‘mda
T/r
|
Subschyot
№
|
Inventar raqami
№
|
Asosiy vositaning nomi
|
Dastlabki (tiklanish) qiymati
|
Mazkur davrga qadar eskirish
summasi
|
Eskirish me’yori (foizda)
|
Oylik eskirish summasi
|
O‘sib boruvchi yakun bilan eskirish
summasi
|
Qoldiq qiymati
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8=5*7/12
|
9=6+8
|
10=5-9
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bosh hisobchi
Tuzuvchi hisobchi
20
Takrorlash uchun savollar:
Asosiy vositalarga eskirish qanday hisoblanadi?
Asosiy vositalar eskirishi hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
Asosiy vositalarni eskirishi hisobini buxgalteriya schyotlarida aks ettirishni tushuntiring?
Asosiy vositalarga eskirishi hisoblash tartibi uslubiy asoslarini aytib bering?
Asosiy vositalarni ta’mirlash va qurilishni hisobda aks
ettirish
Byudjet tashkilotlarida hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirishga asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob- uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi.
Qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar ob’ektining texnologik yoki xizmat mo‘ljalining o‘zgarishi, oshirilgan ishlar ko‘lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo‘lgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruksiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar ob’ektlarini qayta qurish kiritiladi.
Modernizatsiya qilishga ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni
yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo‘lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi.
Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish esa, ularni ta’mirlash (joriy, o‘rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi.
Kapital ta’mirlash
Joriy ta’mirlash
ASOSIY VOSITALARNI TA’MIRLASh
O‘rta ta’mirlash
Joriy ta’mirlash – asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
O‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash – agregatni to‘liq ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir.
Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash – bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
Asosiy vositalarda amalga oshirilgan joriy va o‘rta ta’mirlash xarajatlari va ularning dastlabki qiymatini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydigan kapital ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi hamda hisobotlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli kodlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) manbasi bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
Shartli misol. G‘azna ijrosiga o‘tilgan byudjet tashkiloti tomonidan 2011 yil mobaynida binoni joriy ta’mirlash uchun xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan 1500.0 ming so‘m xarajat qilindi (hisobvaraq faktura qabul qilindi).
Ushbu operatsiya quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 231 subschyot 1500.0 ming so‘m;
Kredit 159 subschyot 1500.0 ming so‘m.
Mazkur qilingan ishlar uchun 1500.0 ming so‘m mablag‘ byudjet mablag‘lari hisobidan o‘tkazib berildi.
Debet 159 subschyot 1500.0 ming so‘m;
Kredit 232 subschyot 1500.0 ming so‘m.
Mazkur joriy ta’mirlash xarajatlari asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi hamda hisobotlarda (xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot – 2 shaklda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli kodlari (42 30 000 “Saqlab turish va joriy ta’mirlash” moddasining 42 32 200 “Noturar joy binolari” elementi) bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi, ya’ni
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida H I S O B O T
(2-shakl)
ming so‘mda
Toifa
|
Modda va kichik modda
|
Element
|
Xarajatlar nomi
|
Tasdiqla ngan (aniqlang an) reja
|
Hisobot davri uchun moliyalasht irilgan
|
Kassa xarajati
- jami
|
Haqiqiy xarajatlar - jami
|
42
|
30
|
000
|
Saqlab turish va joriy ta’mirlash
|
1500.0
|
1500.0
|
1500.0
|
1500.0
|
42
|
32
|
200
|
Noturar joy binolari
|
1500.0
|
1500.0
|
1500.0
|
1500.0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kutubxonalarning inventar fondiga kiritilgan kitoblar, darsliklar va boshqa nashrlar ularning dastlabki muqovalash qiymatlarini ham qo‘shib, dastlabki qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Kitoblarni ta’mirlash va tiklash, shu jumladan ikkinchi marta muqovalash xarajatlari kitoblarning qiymatini oshirishga kiritilmaydi va hisobotlarda iqtisodiy tasnifning tegishli kodlari bo‘yicha xaqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi va hisobot yilining oxirida moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) manbasi bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
Ta’mirlash ishlari byudjet mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga tashkil etilishi mumkin. Agar byudjet mablag‘lari hisobiga tashkil etilsa unda xarajatlar byudjet xarajatlari subschyotiga yoziladi. Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha bo‘lsa, mablag‘lar manbalari bo‘yicha, to‘lovlarni maxsus turlari bo‘yicha, o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli bo‘yicha, byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha yoki byudjetdan
tashqari boshqa mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar subschyotlarida aks ettiriladi
Pudrat usulida ta’mirlash ishlari deganda buyurtmachi tomonidan ta’mirlash ishlarini alohida qurilish ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni jalb etgan holda amalga oshirish tushuniladi.
Pudratchi tashkilotlar bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rnatilgan (tender o‘tkazish yoki birjaga e’lon berish asosida) tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda to‘lovlarni amalga oshirish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etiladi.
Pudrat usulida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda quyidagi birlamchi buxgalteriya xujjatlari rasmiylashtiriladi:
Bajarilgan ishlar qiymati bo‘yicha schyot faktura - ma’lumotnoma (xarajatlar bo‘yicha);
Bajarilgan ishlarni topshirish, qabul qilish dalolatnomasi;
To‘lovlarni amalga oshirganlik bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi;
Buxgalteriya ma’lumotnomalari.
Yuqorida keltirilgan dastlabki buxgalteriya xujjatlariga asosan yig‘ma qaydnomalar hamda 6-memorial order – turli tashkilot va muassasalar bilan olib boriladigan hisob kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl shuningdek boshqa tegishli memorial order shakllari rasmiylashtiriladi. Memorial order shakllariga asosan bosh jurnal kitobi va tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
Bajarilgan ishlar qiymati bo‘yicha schyot faktura - ma’lumotnoma (xarajatlar bo‘yicha) hamda bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish dalolatnomasiga asosan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasi rasmiylashtiriladi. Ya’ni qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha xarajatlarni tan olinishi hisobda aks ettiriladi.
Bu xujjatga asosan to‘lovlarni amalga oshirish uchun tegishli to‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirilib moliyaviy majburiyatlar to‘lab beriladi.
Asosiy vositalarni pudrat usulida ta’mirlash ishlarini tashkil etilishi buxgalteriya yozuvlarida quyidagicha aks ettiriladi (2.5.1- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |