TO‘LOVLAR XARAJATLAR
(Kassa xarajati) (xaqiqiy xarajat)
060, 159, 173, 161, ва
бошқа субсчётлар кредитидан
060, 159, 173,
160,161,163 ва бошқа субсчётлар дебетига
Subschyotlar kreditidan Subschyotlar debetiga
2.5.2-rasm. Xo‘jalik usulida ta’mirlash bo‘yicha kassa va xaqiqiy xarajatlari hisobini buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirish.
pul mablag‘lari, hisob-kitoblar, qurilish materiallari va o‘rnatiladigan jihozlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning tegishli subschyotlari kreditlanadi.
Agar qurilish pudrat usulida olib borilayotgan bo‘lsa, u holda pudratchilar tomonidan qurilish ishlari bajarilgandan so‘ng to‘lov uchun taqdim qilingan hisobvaraqlar (schyotlar) summasiga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va 150 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” subschyoti kreditlanadi.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish ob’ektlari dalolatnomalar asosida 01 schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditiga yoziladi.
Bunda, bitkazilmagan hamda bitkazilib, lekin foydalanishga topshirilmagan (tegishli qabul qilish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilmagan) qurilish ob’ektlari va rekonstruksiyalar bo‘yicha xarajatlar 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha keyingi yil balansiga o‘tkaziladi.
Shartli misol. Byudjet tashkiloti tomonidan xo‘jalik usulida bino qurildi. Ushbu binoni qurish xarajatlari uchun jami 100.0 mln.so‘m mablag‘ sarflandi, jumladan, binoni qurish uchun qurilish materiallariga – 70.0 mln.so‘m, ishchilarga ish xaqi to‘lash xarajatlariga – 10.0 mln.so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov uchun ajratmaga – 2.4 mln.so‘m, boshqa turli xarajatlarga – 17.6 mln.so‘m.
Ushbu xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 071 subschyot 100.0 mln.so‘m;
Kredit 060 subschyot 70.0 mln.so‘m;
Kredit 173 subschyot 10.0 mln.so‘m;
Kredit 161 subschyot 2.4 mln.so‘m;
Kredit 159 subschyot 17.6 mln.so‘m.
Mazkur qurilishi tugallangan noturar joy binosi foydalanishga qabul qilinganda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 011 subschyot
|
100.0 mln.so‘m;
|
|
Kredit 071 subschyot
|
100.0 mln.so‘m.
|
|
|
Xo‘jalik usulida
|
amalga oshirilayotgan
|
qurilishga
|
071
|
“Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha qilingan xarajatlarning analitik hisobi xarajat elementlari (ish haqi, materiallar, boshqa bevosita sarflar va ustama xarajatlar)ga bo‘lingan holda har bir ob’ekt bo‘yicha alohida yuritiladi.
Pudrat usulida amalga oshirilayotgan qurilishga qilinayotgan xarajatlarning hisobi faqat ob’ektlar bo‘yicha (elementlarga bo‘linmagan holda) yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq byudjet tashkilotlarining qurilishi tugallanmagan ob’ektlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda sotiladi.
Bunda ushbu qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi. Ya’ni, byudjet tashkilotiga mablag‘ kelib tushmaydi.
Shuning uchun ham byudjet tashkilotlarining tugallanmagan qurilish ob’ektlarini sotilishi (chet elda joylashganlaridan tashqari) 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va ushbu ob’ektni qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha analitik hisob qurilish ishlari xo‘jalik yoki pudrat usulida olib borilishidan qat’iy nazar byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning sarfi bo‘yicha alohida holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |