TO‘LOVLAR XARAJATLAR
(Kassa xarajati) (Xaqiqiy xarajat)
Дебет
айланма
Кредит
айланма
Subschyotlar kreditidan Subschyotlar debetiga
2.5.1-rasm. Pudrat usulida ta’mirlash bo‘yicha kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini buxgalteriya o‘tkazmalarida aks ettirish
Byudjet tashkilotlarida ta’mirlash ishlari xo‘jalik usulida xam amalga oshiriladi. Bunda ta’mirlash ishlari byudjet tashkiloti negizida tashkil etilgan qurilish ta’mirlash brigadalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ho‘jalik usulida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda quyidagi birlamchi buxgalteriya xujjatlari rasmiylashtiriladi:
Bajarilgan ishlar qiymati bo‘yicha schyot faktura ma’lumotnoma (xarajatlar bo‘yicha)
Material qiymatliklarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi;
Bajarilgan ishlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomasi;
Buxgalteriya ma’lumotnomalari;
Ish vaqtini hisobga oluvchi tabel va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan dastlabki buxgalteriya xujjatlariga asosan ta’mirlash ishlari bo‘yicha yig‘ma qaydnomalar hamda 5-memorial order
– ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqlari yig‘indisi,
405 – son shakl, 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma 396-son shakl va boshqa tegishli memorial order shakllari rasmiylashtiriladi.
Bu qaydnomalarga asosan bosh jurnal kitobi va tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
Material qiymatliklarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi, tabel yoki bajarilgan ishlarni qabul qilish - topshirish dalolatnomasiga asosan tegishli buxgalteriya o‘tkazmalari rasmiylashtiradi (2.5.2-rasm). Ya’ni qurilish ta’mirlash ishlari bo‘yicha xarajatlarni tan olinishi hisobda aks ettiriladi.
Qo‘shimcha qurilgan, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalar bo‘yicha tugallangan ishlarni qabul qilish AV-3-son shakldagi qo‘shimcha qurilgan, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruksiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma mazkur ishlarni amalga oshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar buxgalteriya hisobida 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotida hisobga olinadi.
Agar qurilish xo‘jalik usulida olib borilayotgan bo‘lsa, qilingan xarajat summalariga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va
Do'stlaringiz bilan baham: |