Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi



Download 6,88 Mb.
bet116/212
Sana11.06.2022
Hajmi6,88 Mb.
#656455
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Takrorlash uchun savollar:





  1. Pudrat usulida ta’mirlash ishlarini tashkil etish va ularni hisobini tushuntirib bering?

  2. Xo‘jalik usulida ta’mirlash ishlarini tashkil etish va ularni hisobini tushuntirib bering?

  3. Kapital ta’mirlash deganda nimani tushinasiz?

  4. Ta’mirlash xarajatlarini hisobotlarda aks ettirish tartibini ayting?
    1. Asosiy vositalarni qayta baholash hisobi


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har yili 1 yanvar holatiga ko‘ra asosiy vositalar qiymatini, ularni joriy narxlarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar.
Yuqoridagi Vazirlar Mahkamasi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2002 yil 29 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (xozirgi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi), Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qo‘shma qarori bilan “1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan bo‘lib (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 4 dekabr 2002 yilda 1192-son bilan ro‘yxatga olingan), byudjet tashkilotlari ham har yili asosiy fondlarini qayta baholashni mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Asosiy vositalarni qayta baholash – asosiy vositalar ob’ektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat (tiklanish qiymati) bo‘yicha aks ettiriladi.
Qayta baholash maqsadida byudjet tashkilotlarining asosiy
f o

н
Belgilansinki, 2002 yil 1 yanvardan boshlab:
……..
d mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har yili 1

а
l yanvardagi holatiga ko‘ra asosiy vositalar qiymatini, ularni joriy narxlarga muvofiqlashtrish uchun O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda qayta baholaydilar.
r
i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi
d qarorining 12-bandi
ye g
anda quyidagilar tushuniladi:
a) o‘zining asosiy vositalari; b) o‘rnatiladigan uskunalar;
v) tugallanmagan qurilish ob’ektlari.
Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash har yili (joriy yilning 1 fevraligacha) 1 yanvar holati bo‘yicha qayta baholashni o‘tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
Qayta baholash chog‘ida asosiy fondlarning to‘liq tiklanish qiymati, ya’ni ular xuddi shunday yangi ob’ektlarga to‘liq almashtirilgan taqdirda tashkilot amalga oshirishi kerak bo‘lgan xarajatlarning to‘liq qiymati qayta baholash sanasida mavjud bo‘lgan bozor narxlari (tariflari) bo‘yicha aniqlanadi, bunga ob’ektlarni xarid qilish (qurilish), tashish, o‘rnatish (montaj qilish) xarajatlari, import qilinadigan ob’ektlar uchun esa - shuningdek bojxona to‘lovlari va hokazolar kiritiladi.
Tashkilotlar mulkida, ularning xo‘jalik yuritishida va tezkor boshqaruvida bo‘lgan, ularning texnik holatidan qat’i nazar, ishlab turgan va foydalanilmaydigan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy vositalar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlari va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan uskunalar qayta baholanishi kerak.
1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy fondlar bo‘yicha esa - xarid qilish qiymatidan amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning to‘liq tiklanish qiymati tashkilotning xohishiga qarab qayta baholashni o‘tkazish davrida 1 yanvarga shakllangan, baholanayotganlariga aynan o‘xshash bo‘lgan yangi ob’ektlarga hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha alohida ob’ektlar qiymatini bevosita hisoblash yo‘li (bevosita qayta baholash usuli) bilan yoki asosiy fondlar turlari bo‘yicha va ularni xarid qilish davrlariga bog‘liqlikda tabaqalangan asosiy fondlar qiymatini o‘zgartirish indekslarini qo‘llagan holda ayrim ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatini indekslash yo‘li (indeks usuli) bilan aniqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan asosiy fondlarni qayta baholash chog‘ida indeks usulini qo‘llash uchun yilning 31 dekabriga qadar navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Indekslash yo‘li bilan asosiy vositalarni qayta baholash chog‘ida, buxgalteriya hisobida qayta baholashni o‘tkazish sanasidagi holat bo‘yicha qayd etilgan asosiy fondlar (shu jumladan ularga doir
eskirish to‘la hisoblab yozilgan ob’ektlar)ning eskirish summasi ularni tiklanish qiymatiga qayta hisoblash chog‘ida asosiy fondlar qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga ko‘paytirilishi kerak. Asosiy vositalarni bevosita qayta hisoblash usuli bilan qayta baholash chog‘ida buxgalteriya hisobida qayd etilgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi tiklanish qiymatining qayta baholashgacha bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo‘yicha indekslanishi kerak.

Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish