Buxoro tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 27-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Geografiya” fani o’qituvchisi Sanoyeva Charos Komilovnaning



Download 19,93 Kb.
bet1/5
Sana23.07.2022
Hajmi19,93 Kb.
#840610
  1   2   3   4   5
Bog'liq
metodik tavsiya


Buxoro tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 27-umumiy
o’rta ta’lim maktabining “Geografiya” fani o’qituvchisi
Sanoyeva Charos Komilovnaning

Maktab geografiya darslarida o’quv sayohatlarini


tashkil etish” nomli metodik tavsiyasi.

Buxoro 2022
Agar bolalar erkin fikrlashni
o’rganmasa, berilgan ta’lim
samarasi past bo’lishi
muqarrardir. Erkin fikrlash
esa faqat nazariyada emas
amaliyotda shakllanadi.

Kirish.
Tabiiy geografik o’quv sayohatlar-bu o’qitishning amaliyotda tadbiq etadigan sinfdan tashqari ishlarning bir shaklidir. O’quvchilarning sinfda olgan nazariy bilimlarini amalda kuzatib mustahkamlash uchun muhim bosqich hisoblanadi. Shu boisdan o’quv sayohatni o’quv jarayonining ajralmas qismi sifatida bilamiz. Uni yuqori sa’viyada o’tkazish o’quvchilarning tabiiy geografiyaning (5-sinf), materik va okeanlar (6-sinf), O’rta Osiyo va O’zbekistonning tabiiy geografiyasi(7-sinf) lar bo’yicha fanhaqidagi tushuncha va ko’nikmalarining mukammallashtirish bilan teng, deya anglash mumkin. O’quv sayohatini o’quvchilarning qiziqishini, diqqatini, ahloqiy va estetik munosabatlarini tarbiyalaydi. Bu esa insonning dunyoqarashini kengaytirib vatanparvarlik axloq va umuman shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek o’quvchilarning darsdan olgan bilim, malakalarini notanish vaziyatda qo’llay olishi uchun kompitensiyalari shakllanadi. Ushbu metodik tavsiya bo’yicha maktab geografiya darslarida o’quv sayohatlarini tashkil etish o’quvchilarning geografiya darslariga bo’lgan qiziqishlarini ortishiga shuningdek geografiya fanidan darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni olib borish uchun yo’riqnoma bo’lib xizmat qiladi.

Geografiya fanidan o’quv sayohatlarini tashkil etishning maqsad va vazifalari.
O’quv sayohatlarini umumta’lim maktablarida ta’lim va tarbiyani tashkil etishda katta ahamiyati bor. O’quv sayohatlarida yil davomida olingan bilimlar mustahkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish ko’nikmalari shakllantiriladi. O’quv sayohatlari maktablarda bahorda va kuzda tashkil etiladi. Ularning asosiy qismi tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi. Geografiya darslarida o’quv sayohatlarini tashkil etishning asosiy maqsadi maktabda olingan geografik bilim va ko’nikmalarni yanada mustahkamlash va maktabdan hamda sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Mazkur maqsadlardan kelib chiqgan holda o’quv sayohatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Joyda reja olish va xaritalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala,ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarni olib borish ko’nikmalarini shakllantirish.

  2. Astronomik bilimlarni chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, yulduzlar,(katta ayiq, kichik ayiq,qutb yulduzini aniqlash) va ularga qarab mo’ljal olib, ufq tomonlarini aniqlash .

  3. Joyning relyefini o’rganish va relyef to’g’risidagi bilimlar va ko’nikmalarni yanada chuqurlashtirish hamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini o’rganish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi omillar bilan ham tanishtiriladi.

  4. Ob-havoni kuzatish va suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish.

  5. Joyning asosiy tuproq qoplamini o’rganish.

  6. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish.

  7. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish.

  8. Landshaftlarni ajratish ko’nikmalarini shakllantirish.

  9. Korxonalarni o’rganish ko’nikmasini shakllantirish.

Demak mazkur vazifalarni bajarish davomida o’quvchilarning olgan geografik bilimlarini va ko’nikmalarini yanada chuqurlashadi. Ular tabiatni va tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
O’quv sayohatlari tabiiy geografiya kurslari (5-7) bo’yicha 4 martta olib boriladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1 martta ishlab chiqasrish korxonasiga uyushtiriladi.
O’quv sayohatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
-tabiiy geografik o’quv sayohatlari
-iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari
-o’lkashunoslik o’quv sayohatlari
-maxsus o’quv sayohatlari(geografik,meteorologik va h.k.)
Masalan, tabiiy o’quv sayohatni maktab yaqinida joylashgan va o’quvchilar uchun tanish bo’lgan joy tanlanadi. Hudud quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Jismoniy va geografik nuqtai nazardan xilma-xil bo’lishi;
o’rganish uchun qulay relyefga, tuproq va o’simlik qoplamining xilma-xilligiga va suv havzalarining mavjudligiga ega bo’lishi kerak.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari esa, ishlab chiqarish korxonalariga va geografik iqtisodiy rayonlarga geografik o’quv sayohati sifatida tashkiletish mumkin.
O’lkashunoslik o’quv sayohatlari sifatida esa tarixiy ob’yektlarga, shaharning diqqatga sazovvor joylariga amalga oshirilsa bo’ladi.
O’quv sayohatini turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi tanlaydi.
Tabiiy geografiya o’quv sayohatlarining asosiy maqsadi o’quvchilarnimaktabda olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Tabiiy geografik kuzatishlar olib borish tajribasiga ega bo’lishadi.
Iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari davomida o’quvchilar ishlab chiqarish jarayonini o’rganishadi va sanoat geografiyasi haqida bilim va ko’nikmalari kengaytiriladi.
O’lkashunoslik bo’yicha o’quv sayohatlari davomida oq’uvchilar o’lkanitabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o’rganishadi va tegishli ma’lumotlar yig’iladi.

Download 19,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish