Buxoro tarixi


Shayboniylar davrida Buxoroda adabiyot, san’at va



Download 6,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/113
Sana28.05.2022
Hajmi6,63 Mb.
#612801
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
buxoro tarixi

 
7.3. Shayboniylar davrida Buxoroda adabiyot, san’at va 
me’morchilik 
Shayboniylar davrida mamlakat poytaxti maqomini olgan 
Buxoro adabiyot, san’at, me’morchilikning badiiy yuksak namunalari 
o‘zida mujassam qilgan shaharga aylandi. Hasanxo‘ja Eisoriy, Shayx 
Jalol, Mushfiqiy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy, 
Mavlono Kasiriy Buxoriy va boshqa qator shoirlarning ijodi shu 
davrda badiiy yuksakllikka erishdi. E’tibolrlisi shundaki, bu davrda 
ijod qilgan shaxslarda shayxlik xislatlari va qozilik amallari bilan 
birga nazmga rag‘bat va oshuftalik kuchli edi. Natijada ular 
tomonidan ko‘plab she’riy misralar, g‘azallar yozilib, Buxoro adabiy 
muhitining jozibador namunasi sifatida bizgacha etib keldi. Ularning 
ayrimlari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar diqqatga sazovor. 
Fatxullaxo‘ja qozi she’riyatga bo‘lgan yuksak ehtiromi 
oqibatida qozilik vazifasidan voz kechib, ash’or bitishni o‘zining 
asosiy mashg‘ulotiga aylantiradi. Quyidagi misralar uning qalamiga 
mansub. 
Ey ashki lolagundolmani man dar bog‘ po‘rgul shud, 
Maro bo domanigul didu bulbul betahammul shud 
Mazmuni: 
Lolarang ko‘z yoshimdan etagim bog‘ aro gulga to‘ldi, 
Meni gul yonida ko‘rib bulbul yuragi esa sabr-toqatsizlik ila 
to‘ldi. 
 


139 
Mavlono Komiyning asosiy kasbi to‘quvchilik bo‘lsa-da, 
shoirlik bobida ham o‘z zamonasining e’tiborli ijodkorlaridan bo‘lgan. 
To‘quvchilikdan bo‘shagan paytlari she’rlar bitib, devon ta’lif qilish 
bilan shug‘ullangan. 
Mavlono 
Husayn 
Turkistoniy 
Buxorodagi 
Ulug‘bek 
madrasasida mudarrislik qilish bilan birga, she’rlar mashq qilgan va 
aruz vaznida she’r bitish borasida yutuqlarga erishgan. SHuningdek, 
nazmdagi muammo sohasini puxta egallagan. Muammo janrida 
istalgan tugunni osonlikcha echa olgan. Musiqa sohasida ham ovozasi 
keng tarqalgan ijod ahlidan edi.
Ilohiyot ilmi va shoirlikda nom qozongan shaxslardan biri 
Shayx Jalol edi.To‘liq nomi Shayx Jalol Hiraviy Buxoriy. Tug‘ilgan 
yili manbalarda qayd etilmagan. Lekin vafoti sanasi aniq ko‘rsatilgan, 
ya’ni hijriy 955- (milodiy 1548-1549) yili 70 yoshda vafot etganligi 
zikr etilgan. Demak, Shayx Jalol 1478- yilda) Hirotda tavallud topgan. 
O‘z ustozi Shamsiddin Muhammad Rujiydan tariqat asoslarini 
o‘rganadi. Shamsiddin Muxammad Rujiy o‘z davrining mutasavvif 
olimi, shoiri, shuningdek, Abdurahmon Jomiyning do‘sti edi. Har 
ikkalasi ham Sa’diddin Koshg‘ariydan ta’lim olishgan. Shamsiddin 
Muxammad Rujiy 1489 -yilda vafot etgach, Shayx Jalol Buxoroga 
keladi. Buxoroga kelishining boshqa sabablari ham mavjud. XVI asr 
boshlarida Hirotda sunniy va shia ulamolari o‘rtasida keskin nizolar 
yuz berib, har ikkala tomon bir-birini ta’qib qilishga kirishadi. 
Ko‘plab 
sunniy ulamolari, shoirlar, tarixchilar, musavvirlar 
Movarounnahrga ko‘chishga majbur bo‘ladilar. Bular orasida Shayx 
Jalol ham bor edi. Shayx Jalol Hirot Muxammad Shayboniyxon 
tomonidan olingandan keyin Buxoroga kelgan bo‘lishi kerak. 
U bu erda va’z o‘qish hamda pand-nasihatlar aytish, soliqlarni 
haq yo‘lga da’vat etish bilan shug‘ullanadi. XVI asrning birinchi 
yarmida Buxoroning akobiru zodagonlari uning suhbatlarida 
qatnashib, katta ma’naviy ozuqa olishgan. U murakkab gapirsa-da, 
lekin suhbatlari ta’sirli va manfaatli bo‘lgan. 
Xalq orasida tasavvuf olimi va amaliyotchisi, qisman shoir 
sifatida tanilgan Shayx Jalol Shayboniy Abdulazizxon (1539-1549) 
e’tiborini qozonib, uning ma’naviy ustoziga aylanadi. Xon tarafidan 
ko‘p iltifot va muruvvatlar ko‘radi. "Muzakkiri ahbob" muallifi Shayx 
Jalolning maqom va darajasini yaxshi bilgani va uning xalq orasidagi 
obruyiga guvoh bo‘lgani bois, shayx to‘g‘risida iliq so‘zlarni yozib 


140 
qoldirgan. Jumladan, “Baxt nishonli bu xon (ya’ni Abdulazizxon) 
darvishlar muxlisi bo‘lib, ularga ko‘p e’tiqod qo‘ygan edi. Sidq bilan 
iroda qaydida etuk ustoz Shayx Jalolga murid ham edi... Shayx Jalol 
shirin kalom va muaddab kishi edi". Bu ta’rif va tavsiflar Shayx 
Jalolning ma’naviy-axloqiy cho‘qqilarni egallaganidan va Buxoro 
ma’naviy olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lganidan dalolat beradi. U 
majlislarda hadis aytib, majlis ahlini o‘ziga rom etgan. Hadis 
ma’nolari mag‘zini chaqishda esa tengsiz hisoblangan. Uning 
odatlaridan biri so‘zni takror-takror aytish bo‘lsa-da, bu narsa 
tinglovchiga hech malol kelmas ekan. 
Tasavvuf ilmida o‘z davrining kuchli olimlaridan sanalgan 
Shayx Jalol she’rlar mashq qilgan. Quyidagi matla’ va ruboiylar uning 
qalamiga mansub: 

Download 6,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish