139
Mavlono Komiyning asosiy kasbi to‘quvchilik bo‘lsa-da,
shoirlik bobida ham o‘z zamonasining e’tiborli ijodkorlaridan bo‘lgan.
To‘quvchilikdan bo‘shagan paytlari she’rlar bitib, devon ta’lif qilish
bilan shug‘ullangan.
Mavlono
Husayn
Turkistoniy
Buxorodagi
Ulug‘bek
madrasasida
mudarrislik qilish bilan birga, she’rlar mashq qilgan va
aruz vaznida she’r bitish borasida yutuqlarga erishgan. SHuningdek,
nazmdagi muammo sohasini puxta egallagan. Muammo janrida
istalgan tugunni osonlikcha echa olgan. Musiqa sohasida ham ovozasi
keng tarqalgan ijod ahlidan edi.
Ilohiyot ilmi va shoirlikda nom qozongan shaxslardan biri
Shayx Jalol edi.To‘liq nomi Shayx Jalol Hiraviy Buxoriy. Tug‘ilgan
yili manbalarda qayd etilmagan. Lekin vafoti sanasi aniq ko‘rsatilgan,
ya’ni hijriy 955- (milodiy 1548-1549) yili 70 yoshda vafot etganligi
zikr etilgan. Demak, Shayx Jalol 1478- yilda) Hirotda tavallud topgan.
O‘z ustozi Shamsiddin Muhammad
Rujiydan tariqat asoslarini
o‘rganadi. Shamsiddin Muxammad Rujiy o‘z davrining mutasavvif
olimi, shoiri, shuningdek, Abdurahmon Jomiyning do‘sti edi. Har
ikkalasi ham Sa’diddin Koshg‘ariydan ta’lim olishgan. Shamsiddin
Muxammad Rujiy 1489 -yilda vafot etgach, Shayx Jalol Buxoroga
keladi. Buxoroga kelishining boshqa sabablari ham mavjud.
XVI asr
boshlarida Hirotda sunniy va shia ulamolari o‘rtasida keskin nizolar
yuz berib, har ikkala tomon bir-birini ta’qib qilishga kirishadi.
Ko‘plab
sunniy ulamolari, shoirlar, tarixchilar, musavvirlar
Movarounnahrga ko‘chishga majbur bo‘ladilar.
Bular orasida Shayx
Jalol ham bor edi. Shayx Jalol Hirot Muxammad Shayboniyxon
tomonidan olingandan keyin Buxoroga kelgan bo‘lishi kerak.
U bu erda va’z o‘qish hamda pand-nasihatlar aytish, soliqlarni
haq yo‘lga da’vat etish bilan shug‘ullanadi. XVI asrning birinchi
yarmida Buxoroning akobiru zodagonlari uning suhbatlarida
qatnashib, katta ma’naviy ozuqa olishgan. U murakkab gapirsa-da,
lekin suhbatlari ta’sirli va manfaatli bo‘lgan.
Xalq orasida tasavvuf olimi va amaliyotchisi,
qisman shoir
sifatida tanilgan Shayx Jalol Shayboniy Abdulazizxon (1539-1549)
e’tiborini qozonib, uning ma’naviy ustoziga aylanadi. Xon tarafidan
ko‘p iltifot va muruvvatlar ko‘radi. "Muzakkiri ahbob" muallifi Shayx
Jalolning maqom va darajasini yaxshi bilgani va uning xalq orasidagi
obruyiga guvoh bo‘lgani bois, shayx to‘g‘risida iliq so‘zlarni yozib
140
qoldirgan. Jumladan, “Baxt nishonli bu xon (ya’ni Abdulazizxon)
darvishlar muxlisi bo‘lib, ularga ko‘p e’tiqod qo‘ygan edi. Sidq bilan
iroda qaydida etuk ustoz Shayx Jalolga murid ham edi... Shayx Jalol
shirin kalom va muaddab kishi edi". Bu ta’rif
va tavsiflar Shayx
Jalolning ma’naviy-axloqiy cho‘qqilarni egallaganidan va Buxoro
ma’naviy olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lganidan dalolat beradi. U
majlislarda hadis aytib, majlis ahlini o‘ziga rom etgan. Hadis
ma’nolari mag‘zini chaqishda esa tengsiz hisoblangan. Uning
odatlaridan biri so‘zni takror-takror aytish bo‘lsa-da, bu narsa
tinglovchiga hech malol kelmas ekan.
Tasavvuf ilmida o‘z davrining
kuchli olimlaridan sanalgan
Shayx Jalol she’rlar mashq qilgan. Quyidagi matla’ va ruboiylar uning
qalamiga mansub:
Do'stlaringiz bilan baham: