4. Donning bioximiyaviy xossalarini texnologik ahamiyati, ularni un
va Yormaning sifatiga va chiqishiga ta`siri.
Kimyoviy tarkibiga ko`ra unbop va Yormabop ekinlar tarkibida kraxmal
miqdori ko`pligi bilan tavsiflanadi. Dukkakli ekinlarning urug`’lari oqsil,
ba`zilari esa - yog’ga boy. Yormabop ekinlarning tarkibida kletchatka
miqdorining ko`pligi ularda gul qobiqning borligidandir. Ximiyaviy
moddalar anatomik qismlar bo`yicha teng taqsimlanmagan bo`lib, bu murtak,
endosperm, qobiqlar va gul qobiqlarning turli organiq funktsiyalari bilan
bog’liq. Bu farqlar 3-jadvalda aniq ko`rsatilgan.
16
3 - jadval
Dondagi asosiy ximiyaviy moddalarning miqdori, %
Ekin turi
Oqsil
Krax-
mal
Klet-
chatka
YOg’lar Kuldorligi
Bug’doy
10...20
60...75
2...3
2...2,5
1,5...2,2
Javdar
8...14
58...66
1,8...3,2
1,7..3,2
1,7...2,3
Arpa
11...15
58...68
4,5...7,2
1,9..2,6
2,7...3,1
Suli
10...13
40...50
1,5...14
4,5..5,8
4,0...5,7
Tritikale
11...23
49...57
2...3
3...5
1,8...2,2
SHoli
8...10
65...75
9,5..12,5
1,5..2,5
4,5...6,8
Tariq
10...15
58...65
10...11
1,9..2,3
3,7...4,5
Ok juxori
9...14
51...61
5...6,5
2,7..3,7
1,8...2,4
Makkajuxori
9...11
68...76
2,5...3
4...6
1,4...1,8
Grechixa
10...13
66...68
10...16
2,3..3,1
2,3...2,6
No`xat
21...32
46...61
5...3
1,3..2,9
2,5...4,0
Soya
30...32
2...4
4...5
15..18
4,0...5,2
Qobiq tarkibida asosan inson organizmi hazm qilmaydigan moddalar
bor. Murtak va endospermning aleyron qavatida oqsil miqdori yuqori, lekin
ularda yog’ ham ko`p, ularning un yoki Yorma tarkibida bo`lishi ularning
saqlanish muddatini qisqartiradi. SHuning uchun yanchish yoki qobiq
ajratish jarayonida qobiq va murtak ajratib olinadi. Kraxmal urug`’larining
asosiy oziqlantiruvchi moddasi sifatida yangi o`simliklarning rivojlanishi
uchun zarur, u aleyron qavatining ostida joylashgan endospermning ichki
qismida to`planadi.
Bug’doy donining anotomik qismlari bo`yicha moddalarning nisbiy
taqsimlanishi 4-jadvalda ko`rsatilgan.
4-jadval
Bug’doy donining anatomik qismlari bo`yicha moddalarning nisbiy
taqsimlanishi, umumiy massadan % hisobida.
Anatomik qismlari
Oqsil
Krax-
mal
Kletchat-
ka
YOg’lar Mineral
moddalar
Aleyron qavat bilan qobiqlar
20
0
90
30
65
Murtak
10
0
3
20
10
Kraxmalli endosperm
70
100
7
50
25
17
Kleykovina hosil qilish qobiliyatiga ega bo`lgan oqsil ham bug’doy,
arpa, javdar va tritikale endospermining kraxmalli qismida joylashgan.
Qobiqlarda pentozan, leginin, kletchatka ko`p. Masalan javdar donining meva
va urug`’ qobiqlarida 30 % pentazon va 25 % miqdorida kletchatka bor.
Endosperm doirasida moddalar teng taqsimlanmagan. Tajribalar shuni
ko`rsatadiki, markazdan chetiga qarab biologik qimmatli moddalar miqdori:
oqsil, vitaminlar o`sib boradi. Xususan ularning miqdori subaleyron va
aleyron qavatlarda ko`p. Lekin aleyron qavati kletkalari inson ovqat hazm
qilish traktidagi fermentlarga bo`ysunmaydi, shuning uchun aleyron qavvatni
unning tarkibiga qo`shish befoyda. Bundan tashqari uning tarkibida yog’
miqdorini ko`p bo`lganligi sababli unning saqlanishiga salbiy ta`sir
ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |