Nazorat savollari:
1. Barometrik formulaning moxiyati xakida gapirib bering.
2. Atmosfera necha katlamdan iborat.
3. Troposfera, stratosfera va ionosfera xakida batafsil ma`lumot bering.
4. Termosfera va ekzosfera deb nimalarni tushunasiz.
5. Nima uchun ekzosferada xarorat uz fizik ma`nosini yukotadi.
6. Azot, suv buglari, karbonad angidrid gazlari, kislodrod va chang zarrachalarining atmosfera tarkibidagi moxiyatlari nimadan iborat.
7. Azon deb nimani tushunasiz.
8. Azon kanday xosil buladi.
9. Azon kobigi xakida ma`lumot bering.
10. Azon atmosferaning kaysi katlamida joylashgan.
11. Azon massasi fa kalinligi kancha.
12. Azonning ruxsat etilgan chegaraviy konsentraciyasi necha mgr/m3 nitashkil etadi.
13. Ultrabinafsha, kurinadigan va inrakizil nurlar xakida ma`lumot bering.
14. Frion gazlari xakida ma`lumot bering.
15. Azon kobigini asrash uchun nima kilish kerak.
16. Issikxona samarasi deb nimani tushunasiz.
17. Kislotali yomgir deb nimani tushunasiz.
18. Muxitning kislotali kursatkichi deb nimani tushunasiz.
19. Kislotali yomgirlarning zararli tomonlarini tushuntiring.
20. Kislotali yomgirlarni kamaytirish uchun nimalar kilish kerak.
Tayanch iboralar:
Biosferaning fizik parametrlari, barometrik formula, atmosfera katlamlari, troposfera, stratosfera, ionosfera, mezosfera, termosfera, ekzosfera, azot, suv, kislorod, bulut, karbonad angidrid, chang, azon kobigi, azonning xavodagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentraciyasi, fotokimyoviy reakciyalar, tulkin uzunligi, frion gazlari, issikxona samarasi, kislotali yomgirlar, azot oksidi, oltingugurt oksidi, muxitning vodorod kursatgichi, tuprok unumdorligi.
4-mavzu. Mintakaviy ekologik muammolar
Mavzu rejasi:
1. Orol dengizi muammosi va uni kutkarish yullari.
2. Arnasoy kullaridagi muammolar.
3. Sarez kuli muammolari.
Adabiyotlar:
1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y.
2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b.
3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b.
4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b.
5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi, 1994.
Orol dengizi muammosi va uni қutқarish yo`llari
Orol dengizi bundan 35 ming yil ilgari paydo bo`lib, suv xajmi jixatidan dunyodagi 4-o`rinda turadi. 1911-1960 yillar davomida Orol dengiziga xar yili o`rtacha 52 km2 suv қuyilib kelgan va uning satҳi muntazam ravishda 53 m mutlaқ balandlikda bo`lgan. Orol dengizining suv maydoni 66458 km2, suv xajmi 10226 mln m2, o`rtacha chuқurligi 16 m va eng chuқur joyi 68 m bo`lgan. Orol dengizida 300 tadan ortiқ kichik orolchalar bo`lgan va suvning sho`rlanish darajasi 10—11%ni tashkil etgan.
Ҳozir esa axvol umuman o`zgacha: Markaziy Osiyo mintaқasining ulkan suv xavzasi bo`lmish Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan oқib kelayotgan suvning xajmi va suv satҳining balandligini pasayib borishi 1961 yildan boshlab kuzatila boshlandi. Қuyidagi jadvalda orol dengizi suv rejimining yillar davomida o`zgarishlari ko`rsatilgan.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, 1911-1960 yillar davomida dsngizga kelib қo`shiladigap suv miқdori bilan, uning suv sarfi deyarli teng bo`lgan. Ammo 1970—1989 yillar davomida ro`y bergan suv takchilligi tufayli bu mutanosiblik buzilgan. Aynan mana davrda Uzbekistonda suggoriladigan erlarning maydoni yiliga 100 ming gektarga kamayib borgan.
1990 yilga kelib Orol dengiziga kelib қo`shiladigan suvlarning mikdori 10 baravarga kamaydi, suv maydoni esa, 1,5 baravarga қiskardi. Agar 1994 yilda suv satxining balandligi 36,6 mni tashkil etgan bulsa, 1996 yilga kelib bu ko`rsatgich 36,6 m ni tashkil etgan.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, oxirgi 40 yildan ko`proқ vaқt davomida Orol dengizi o`zining azaliy қirgoқlaridan қarib 100-140 km ichkariga қarab cheklangan. Ҳozirgi Orol dengizi tuzlar va zaxarli kimyoviy moddalar bilan to`yingan 2 ta ko`lga aylanib bormoқda. Natijada 3,5 mln gektardan ortiқ dengiz tubi tuzli saҳroga aylanib, undan atmosfera ҳavosiga yiliga 100 mln t dan ko`proқ zaҳarli tuzlar, changlar va kimyoviy moddalar ko`tarilib atrof—muҳitni ifloslantirmoқda. Orol dengizi tubidan ko`tarilayotgan chang-to`zonlar yapon orollarigacha etib borganligi, ҳamda, Oroldagi Tiklanish orolchasi 40 yildan ko`proқ vaқt davomida bakteriologik қurollari sinab қurilganligi ҳaқida ma`lumotlar mavjud.
Shunday қilib, Markaziy Osiyo mintacasida қum—tuz aerazollarning nixoyatda kuchli yangi manbai vujudga keldi. Chang tuz to`zonlarning atmosfera xavosiga ko`tarilishini birinchi marotaba 1975 yilda kosmonavtlar koinotdan turib kuzatganlar. Chang—tuz to`zonlarining uzunligi 400 km, eni 40 km va radiusi 300 km ni tashkil etadi. Chang—tuz aerozollarning erga yoғilishi paxta va sholi xosildorligiga katta salbiy ta`sir ko`rsatmoқda.
Tuproқning sho`rlanishi ҳisobiga қishloқ xo`jalik maxsulotlari Turkmanistonda 40% ga, O`zbekistonda 30% ga, Қozoғistonda 30—33% ga, Қirғizistonda 20% va Tojikistonda 19% ga pasayib ketdi.
Shuni ҳam ta`kidlash kerakki, қirgoқ chiziғi 60—80 km ga cheklangan xududlarda ochilib қolgan tuzli maydonlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. eng yomon axvol Janubiy Orol mintaқasida tuzilmoқda. Bu mintaқaga shimoliy-ғarbiy Қizilқum, Zuangauz Қoraқumi, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi kiradi. Agar Orol bo`yining umumiy maydoni 473 ming km2 ni tashkil etsa, Janubiy қismining maydoni 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Қoraқalpoғiston, Xorazm va Toshxovuz viloyatlari kiradi.
Janubiy Orol bo`yida dengizning қurigan қismidan yiliga 90-100 ming t tuz va sho`r changlar xavoga ko`tarilib, 10 ming km2 maydonga tushmoқda, ya`ni, ularning miқdori xar bir gektar maydonga 90-100 kg dan to`ғri kelmoқda.
Orol dengizi satxining pasayib borishi, Amudaryo va Sirdaryo deltalariga suvning muntazam kelmay қo`yganligi, eng daxshatlisi, suv sho`rligining muttasil ortib borishi, xamda turli zaxarli chiқindilar bilan ifloslanishi tufayli Orol bo`yi ҳududlarida 60—yillarning boshlaridan buyon bir қator ekologik, ijtimoiy— iқtisodiy va boshқa muammolar vujudga keldi. Daryo suvlarining taқchilligi va ifloslanishi, iқlimiy o`zgarishlar (xavo nisbiy namligining kamayishi, shamollar, chang, tuzga to`yingan to`zonlarning kuchayishi), tuproқ tarkibining buzilishi, er osti suvlarining sho`rlik darajasining yuқoriligi, o`simlik va xayvonot turlarining kamayib borishi va shunga o`xshagan ko`pgina ekologik muammolar Orol dengizi ҳavzasidagi tabiiy muxitni o`zgartirib yubordi. Natijada axolining yashash sharoiti ancha murakkablashib қoldi. Orol dengizi atrofida yashab kelayotgan 3 mln dan ko`proқ axoli orasida turli kasalliklarga chalinish ko`rsatgichlari Mustaқil Davlatlar Ҳamdo`stligi ko`rsatgichlardan 20 marta yuқoridir. Xususan chaқaloқlar va yosh bolalarning barvaқt ҳayotdan ko`z yumishi 2 baravar oshgan. Ҳozirgi paytda Orol xavzasida va umuman Markaziy Osiyo xududida yashab kelayotgan 50 mln dan ko`proқ axoli Orol dengizi inқirozi ta`sirida қolib ketayapti. Shuning uchun Orol dengizi inқirozi nixoyatda katta global muammo deb e`tirof қilinmoқda.
Ushbu inқirozning paydo bo`lishiga Orol xavzasida yangi suғoriladigan erlarni o`zlashtirish, siғimi katta bo`lgan suv omborini қurish, sertarmoқ zovur sistemalarini ishga tushirish kabi ko`p yillarga mo`ljallangan ulkan irrigaciya va melioraciya Suv omborlari va ҳavzalaridan foydalanish, ularga texnik
xizmat ko`rsatish ҳamda xavfsizligini ta`minlashda mintaқa
davlatlarining o`zaro kelishib ish tutishi.
Suvdan oқilona foydalanish.
Suvning sho`rlanishiga қarshi kurashish.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Prezidenti to`rtinchi ustivor yo`nalish sifatida ijtimoiy omilni (ya`ni, aҳoli soғligiii) belgilash tuғrisida taklif kiritdi.
Ushbu yo`nalishlarni amalga oshirish uchun Jaҳon banki kelgusi 5 yil davomida bu boradagi loyiҳalarga 380 mli AҚSh dollari mikdorida sarmoya sarflashni taklif қildi. Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Orol jamgarmasiga to`lanadigan joriy yillik Padallar xar bir mamlakat byudjetining 0,3% miқdorida belgilandi.
Arnasoy kullaridagi muammolar
Ma`lumki, Orol inқirozi insoniyat tarixida eng yirik ekologik va ijtimoiy—iқtisodiy fojealardan biri bo`lib қolmoқda. Mana shu inkiroz bilan birga respublikamizda bir-biriga zid yana bir ekologik muammo vujudga keldi. Gap shundaki, bir tomondan Orol dengizining kurib borishi, Sirdaryo ҳavzasi (asosan o`rta va қuyi қismlari)ning sayozlanishi, suv zaҳiralarining, ayniқsa, ichimlik suvining o`ta taқchilligi bo`lsa, ikkinchi tomondan, suv toshқinlari, unumdor erlarning botқoқlikka aylanishi, er osti suvlari satҳining ko`tarilishi, yangi suv ҳavzalarining paydo bo`lishi oxirgi yillarda ko`pchilikni taҳdidga solib kelmoқda.
Tabiat in`omlariga nisbatan loқaydlik va bepisandlikning bir «namunasi» sifatida, 1969 yili Sirdaryodan (Chordara suv omboridan) Jizzax viloyati ҳududlariga 21 km2 suv oқizilishi natijasida umumiy maydoni 2175 km2 ga teng Arnasoy ko`llari (Arnasoy, Aydar va Tuzkon ko`llari) paydo bo`ldi.
Suv taқchil bo`lgan keyingi yillarda ko`lga daryo suvlarining oқizilishi to`xtatildi. Ammo ko`lga Mirzacho`l va Jizzax ko`llaridan yiliga 2,0-2,5 km2 oқova suvlari zovurlar orқali kelib tushar edi. Ko`lga oқib kelayotgan oқovalar bilan birga 25 ming t tuzlar va zaҳarli moddalar kelib tushdi. Suvning gatҳi esa, 1,5—2,0 m gacha pasayib ketdi.
70-yillarning oxiriga kelib Chordara suv omboridan chuchuk suvning Arnagoy ko`llariga kelib tutishiiing to`xtatish oқibatida ko`llardagi suvning satҳi 4 m ga pasaydi, suv tarkibidagi tuzlarning miқdori esa Tuzkon ko`lida ҳar 1 l suvda 10-11 g ga va Aydar ko`lida 14—15g ga etdi.
Suv ҳavzasidagi biologik saloҳiyatni saқlab қolish maқsadida ko`llarni rekonstrukciya қilishga kirishildi. Aydar va Tuzkon ko`llari tutashgan joyda maxsus to`siқ—damba va suv o`tkazuvchan yo`lak қurildi. Natijada 80-yillarga kelib minerallashgan suvlar miқdori barқarorlashib, suv satҳi 237 m2 ni tashkil etdi. Baliқchilik rivojlandi va 1985 yilda ko`llardan 4129t baliқ tutildi. Ammo ko`llardagi ekologik sharoitning salbiy tus ola boshlashi (asosan ko`llarga oқizilgan minerallarga va tuzlarga boy bo`lgan zovur suvlari ҳisobiga), ixtiofaunaga ҳam salbiy ta`sir etdi. 90-yillarga kelib ko`llardan baliқ ovlash ҳajmi keskin қiskardi.
Biroқ, 1993 yildan boshlab To`xtagul suv omboridai қish paytida elektr energiya olish maқsadida suv kuyib yuborilishi natijasida Sirdaryoda suv miқdori keskin ko`paydi. Sirdaryoning қuyi қismida daryo o`zanining muzlashi va sayozlanishi oқibatida Chordara suv omboridai Arnasoy ko`llariga yana suv қuyila boshlandi. Sunggi 8 yil davomida Chordara suv omboridan Arnasoy ko`llariga ҳammasi bo`lib kariyb 27 km3 chuchuk daryo suvi kelib tushdi. Natijada suv satҳining absolyut balandligi 245,15 m ga, suv ҳajmi 36,45 m2ga, suv maydoni esa 3299 km ni tashkil etdi. Natijada 134 ming gektar maydondagi yaylovlarni suv bosdi, uzunligi 44 km elektr tarmoқlari va 61 km kollektor ҳavzalari ishdan chiқdi, Nurato—Boymurot yo`nalishidagi 3,5 km yo`lni suv yuvib ketdi.
Bundan tashқari, Arnasoy ko`llari bo`yidagi suv sevar o`simliklarni suv bosishi oқibatida ko`llarning o`z-o`zini tabiiy tozalash xususiyatlarini keskin pasaytirib yubordi va o`txur baliқlarning ozuқasiga putur etkazdi. Ҳozirgi paytda ko`llardan ovlangan baliқlarning miқdori 1400 t dan oshmayapti.
Mutaxassislarning ҳisob kitoblariga қaraganda, agar ko`llarga Chordara suv omboridan 1,5 km2 dan ko`proқ suv oқizilsa, yangi-yangi erlarni suv bosishi yanada davom etadi. Ushbu miқdordan oshgan xar 1 km2 suv uning balandligini 0,2—0,3 m ga ko`taradi va 50—70 km2 maydonlarni suv bosadi. Bundan tashқari, Arnasoy botiғining bundan buyon suv bilan to`ldirilishi Mirzacho`ldagi minerallashgan suvlarni oқizib kelayotgan kollektorlarning ko`lga kelib қuyiladigan joyidagi nishabini yanada қisқartirib yuboradi. Bu esa, Mirzacho`l va Jizzax cho`llarining meliorativ ҳolati yomonlashishiga olib keladi. Buniig ustiga, Arnasoydagi mavjud suvning satҳi pasaygan taқdirda ҳam, suvdan bo`shalgan erlarni rekultivaciya қilish ishlari ko`p moddiy mablaғlarni talab kiladi va u kisқa cho`zilib ketadi.
Sarez ko`li muammosi.
Markaziy Osiyoda o`z echimini kutayotgan eng katta ekologik muammo bu Sarez ko`li muammosidir.
Sarez ko`li Tojikiston Respublikasi Murғob voҳasi (Toғli Badaxshon avtonom viloyati)da joylashgan. 1911 yil 19 dan 20 fevral o`tar kechasi 9 ballik zilzila sodir bo`lib, Murғob voҳasidagi Usoy қishloғida yashab kelgan 200 ta xonadon aҳolisi er ostida қolib ketdi. Natijada ҳajmi 3 km2 bo`lgan toғ jinslari ko`chib, daryo oқimini ko`mib tashladi. Shuni ҳam ta`kidlab o`tish kerakki, ҳozirgacha olimlar o`rtasida paydo bo`lgan savolga (zilzila toғning kulashi(o`pirilishi)ga sabab bo`lganmi, yoki aksincha, tokning o`prilishi zilzilani vujudga keltirganmi?) aniқ javob yo`қ.
Tabiiy ҳolda paydo bo`lgan Usoy suv to`ғonining uzunligi 3 km va balandligi 550 m ni tashkil etadi. To`ғonning orқasida yoғingarchiliklar va muzliklarning erishi tufayli ҳamma vaқt suv yiғilib turadi.
Mana shu fojiadan 30 yil o`tgandan keyin Sarez ko`li va Shodau ko`li paydo bo`ldi. Sarez ko`li dengiz satҳidan 3 km balandlikda joylashgan bo`lib, uning uzunligi 60 km, eni 3 km va chuқurligi 500 m dan oshadi. Sarez ko`liga ҳar sekundiga 50m2 suv muzliklardan kelib қo`shiladi va қariyb shuncha suv ko`chkilardan o`tib filtirlanib turadi.
Sarez ko`li nafaқag Tojikiston xalқlari ҳayotida, balki butun Markaziy Osiyo xalқlari ҳayotida migli ko`rilmagan ekologik muammoni vujudga keltirmoқda. Gap shundaki, balandligi 550 m bo`lgan Usoy suv to`ғonida tabiiy ҳodisalar tufayli teshik yoki yorishma paydo bo`lib kolgudek bo`lsa, suv nafaқat tojik xalқlarini, balki Markaziy Osiyoda yashab kelayotgan barcha xalқlarni er yuzidan yo`қ қilib yuborishi mumkin.
Ҳozirgi paytda olimlar orasida Sarez ko`li suvlarini Orol dengiziga oқizilish va shu bilan, Orol muammosini echish mumkin degan ғoyalar mavjud. Ammo tabiatning biron-bir ob`ektini boshқa ob`ekt ҳisobidan muҳofaza қilish mumkin emasligi tarixdan ma`lum, chunki bunda tabiiy muvozanat buziladi. Sarez ko`li suvlarini Orol dengiziga oқizish iқlim o`zgarishiga olib kelishi mumkin. Sarez ko`liga energetik inshoot yoki energiya manbai sifatida қarash ҳam kaltabinlik ҳisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo mintaқasida Sarez ko`liday o`simliklar va xayvonot dunyosini muҳofaza қilib biladigan tabiiy baland toғli қuriқxona mavjud emas.
Amudaryo suv oқimini muntazam saқlab turishiga va Orol dengizi muammosini echishga Sarez ko`li suvlarining ҳissasi beқiyosdir. Sarez ko`li atrofida milliy boғlar va dam olish maskanlari barpo etish nafaқat Pomirning tabiiy potencialini, balki Orol ҳavzasining ekologik muvozanatini saқlashda ko`mak berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |