2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiyfaoliyatidan olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari:
mahsulotni sotish xarajatlari;
boshqaruv xarajatlari;
boshqa operatsion xarajatlar.
3.Korxonaning umumxo`jalik faoliyatidan olingan foydasinianiqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar:
foizlar bo`yicha to`lovlar;
mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to`lovlari;
xorijiy valyuta bilan operatsiya bo`yicha salbiy kurs tafovutlari;
qimmatli qog’ozlarga qo`yilgan mablag’larni qayta baholash;
moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.
4.Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yillar davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig’ining (mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog’liq bo`lmagan holda vujudga keladigan voqea va hodisalar (suv toshqini, yong’in,jala, do`l kabi tabiiy ofatlar va mamlakat qonunchiligida o`zgarish)natijasida ko`rilgan favqulodda zararlar.
Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari. Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko`rsatkichlari - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o`z aksini topadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o`z vaqtida, to`liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o`rnatishdir.
Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo`jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli:
bevosita moddiy xarajatlar;
bevosita mehnat xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar.
Buxarajatlarning ko`pchiligini naturada, ya`ni dona, kg, metr va boshqako`rinishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulotishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olishuchui ularni yagona o`lchov birligiga - qiymat-pul ko`rinishiga keltirish talab etiladi.
Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot tannarxiga to`g’ridan-to`g’ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va iste`mol qilingan moddiy resurslar sarfinikiritish mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Ikkinchi bir xarajat turlari bir necha xil mahsulot yetishtirish jarayonida ishtirok etishi tufayli (masalan, bir necha xil ekinlarga o`g’it tashigan traktor amortizatsiyasi) ularga ketgan xarajatlarni, shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to`g’ri keladi. Bunday xarajatlar bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishga tegishli ustama xarajatlar deb yuritiladi.
Mahsulot tannarxining bevosita va bilvosita xarajatlari tarkibi
Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo`lish orqali topiladi:
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu yerda:
MT - mahsulot tannarxi, so`m / dona, so`m / kg va boshqa;
MX - ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so`m;
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to`lash xarajatlari,so`m;
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug’urta to`lovlari,so`m;
A - asosiy vositalar amortizatsiyasi, so`m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so`m;
M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo`yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo`l qo`yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo`lgan xarajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx moddiy resurslarni sarflash me`yorlari asosida hisoblanadi.
Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini haqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi tannarxdan yuqori bo`lsa, ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past bo`lsa, kapital, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijalarini aks ettiradi.
Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog’liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlariga hisobiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash ob`yektlarini bilish muhimdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo`lmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash ob`yektlari bo`yicha to`g’ri taqsimlash muhimdir.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari xarajat elementlari va moddalari bo`yicha guruhlarga ajratiladi. Bunday guruhlash:
rejalashtirilgan mahsulot ishlab chiqarishning moddiy va mehnat sarflariga extiyojni aniqlash;
xarajatlarni iqtisodiy mazmuniga ko`ra taqsimlash;
umumiy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida u yoki bu xarajat elementlarining ulushini aniqlash imkonin beradi.
Masalan, buxgalteriya hisobida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuni va umumiylik xususiyatlariga ko`ra quyidagi elementlarga ajratiladi:
ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to`lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar.
Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va hisoblashda xarajatlarni hisoblash moddalari bo`yicha guruhlash qabul qilingan.
Sanoat korxonalaridan mahsulot tannarxini hisoblash moddalari quyidagilardan tashkil topadi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajat elementlari va hisoblash moddalari orasida o`zaro bog’liqlik mavjud.
“Xom ashyo va asosiy materiallar” moddasida mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar, shuningdek bir maromdagi texnologiya jarayonini ta`minlash, mahsulotlarni o`rash yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o`tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan), xarid qilinadigan materiallar o`z aksini topadi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xom ashyo va materiallar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish, o`rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo`yicha chiqarib tashlanadi.
“Sotib olingan butlovchi qismlar esa yarim tayyor mahsulotlar” moddasida kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo`shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisobga olinadi.
“Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar” moddasiga tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki bo`linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo`lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega ishlar va xizmatlar kiradi.
Unga mahsulot tayyorlash bo`yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo materiallarga ishlov berish, iste`mol qilinayotgan xomashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o`tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo`ladi.
Korxona ichida tashqi sub`yektlarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, yuklarning boshqa turlarini ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga tashish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlarga tegishli bo`ladi.
Korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to`lash xarajatlari, asosiy fondlari amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
“Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya” moddasida texnologik maqsadlar, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo`jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya aks ettiriladi.
“Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to`lash xarajatlari”ga korxonada qabul qilingan mehnatga haq to`lash shakl va usullariga muvofiq qo`llaniladigan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib quyidagicha hisoblangan:
ishlab chiqarish xususiyatidagi amalda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo`yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to`lovlar;
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar;
ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq kompensatsiya tusidagito`lovlar, shu jumladan, tungi smenada, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari vaokladlarga ustamalar va qo`shimcha haq;
ko`p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni birga qo`shib olib borganlik va xizmat ko`rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro`yxati bo`yichaog’ir,zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlaridaishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
rekonstruktsiya qilish va mukammal ta`mirlashda bevosita band bo`lgan, shuningdek qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko`chma va qatnovxususiyati uchun ustama;•
mehnatga haq to`lashning rayon bo`yicha tartibga solinishi, shu jumladan, rayon koeffitsentlari va amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq cho`l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilagan to`lovlar;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) vaqo`shimcha ta`tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo`shimchata`tillar uchun kompensatsiyalar, o`smirlarning imtiyozli soatlari, bolaniovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiyko`riklardan o`tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to`lash;
majburiy ta`tildagi xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to`lash;
davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar bo`yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to`lash;
korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo`yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to`lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o`zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchixodimlar mehnatiga haq to`lash fondiga kiritiladigan to`lovlarning boshqa turlari.
“Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari” moddasida qonun xujjatlari bilan belgilangan me`yorlar bo`yicha mehnatga haq to`lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks ettiriladi.
“Asosiy vositalar amortizatsiyasi”ga asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan me`yorlar bo`yicha dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalar summasi (lizing bo`yicha va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham) kiradi.
“Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar” moddasida quyidagilardan tashkil topadi:
ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallari, yonilg’i, energiya, instrument,moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta`minlash xarajatlari;
chetdan jalb etalgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko`rik va qarov, o`rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);
ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalarni joriyijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar;
ifloslantiruvchi moddalarni yo`l qo`yiladigan me`yorlar doirasida va undan ortiqcha atrof-muhitga chiqarganlik uchun to`lovlar;
ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta`minlash xarajatlari;
xodimlarga tekin ko`rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, tekin beriladigan joy haqini to`lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunalxizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
amaldaga qonun xujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy(yo`nalishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) yoki ular pasaytirilgan narxlar bo`yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozli summasi;
ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli xizmat safarlariga yuborish bo`yicha me`yorlar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar;
ishlab chiqarishdagi ishchilari va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish xarajatlari;
kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish, ularga kafolatli xizmat ko`rsatish xarajatlari;
xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar.
Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligidan kelib chiqib, mahsulot tannarxini hisoblash moddalari farq qiladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo`llari quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish vositalarini joriy etish;
asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
ishlab chiqarishning material sig’imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish;
mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko`tarish;
resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish;
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg’or shakllaridanfoydalanish;
mehnat unumdorligini oshirish;
mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo`qotishlarga yo`lqo`ymaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |