Buxoro muhandislik texnologiya instituti



Download 1,08 Mb.
bet47/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Tayanch iboralar: mahsulot tannarxi, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar, favqulodda zararlar, bevosita xarajatlar, bilvosita xarajatlar, foyda, umumxo`jalik faoliyatidan olinadigan foyda, soliq to`langunga qadar foyda, kredit.
4.1. Ishlab chiqarish xarajatlari mohiyati, tarkibi va elementlari hamda xarajatlarni turkumlash.
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg’i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi.

Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:

1.Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko`ra:


  • ishlab chiqarish xarajatlari;

  • noishlab chiqarish xarajatlari.

2.Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko`ra:

  • ichki xarajatlar;

  • tashqi xarajatlar.

3.Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga nisbatan:

  • doimiy xarajatlar;

  • o`zgaruvchan xarajatlar.

4.Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:

  • bevosita xarajatlar;

  • bilvosita xarajatlar.

5.Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga keladigan:

  • mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

  • davr xarajatlari;

  • moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar;

  • favqulodda zararlar.

Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog’liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • bevosita moddiy material xarajatlari;

  • bevosita mehnatga haq to`lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.

Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo`lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:

  • mahsulotni sotish bilan bog’liq xarajatlar;

  • boshqaruv xarajatlari;

  • boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;

  • favqulodda zararlar kiradi.

Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o`ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xo`jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo`jalikning o`zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organik o`g’itlar, asosiy podaga o`tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) darxonaning ichki xarajatlarini, tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa sub`yektlardan sotib olingan resurslar uchun to`lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.

Qisqa muddatli davrda mahsulot hajmining o`sishiga nisbatan doimiy (G’S) va o`zgaruvchi (US) xarajatlar farq qiladi.

Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, moddiy resurslar va asosiy vositalar to`la bandlik darajasiga erishmagan davrda, o`rtacha doimiy xarajatlar qiymati yuqori bo`ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib borish xususiyatiga ega.

O`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo`lishi tufayli, o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar ortib boradi.

Keyingi har bir qo`shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar summasining o`sgan qismini mahsulot hajmining o`sgan qismiga bo`lish orqali topish mumkin.

Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo`shimcha mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini ko`rsatadi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar sarfi optimallashib borgan sari chegaraviy xarajatlar kamayib boradi. Ammo, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish imkoniyatlari to`liq bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari borgan sari qimmatlashib boradi.

Natijada yuzaga keladigan xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g’risidagi Nizom”ga muvofiq quyidagicha turkumlanadi:

1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar:


  • ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlaramortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish