IV-MAVZU. ISH BILAN BANDLIKKA KO‘MAKLASHISH MARKAZLARI XIZMATI
REJA
9.1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish asoslari
9.2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
9.3. Markazning huquq va ma’suliyati
9.1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish asoslari Ish bilan
bandlikka ko‘maklashish markazlarining asosiy faoliyati aholini bandlik darajasini aniqlash,
hududda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish, korxonalarda kasanachilik asosida ish
o‘rinlarini yaratish bo‘yicha xarajatlarni rasmiylashtirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga
joylashtirish, kasbga qayta o‘qitish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishdan iborat.
Markazlar tomonidan olib boriladigan tadbirlar natijasida birinchidan, ishsizlarning bo‘sh ish
o‘rinlari qidirishlariga, tadbirkorlarning xodimlar qidirishlariga sarf etiladigan vaqtni
qisqartirishni ta’minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarning o‘z talablariga eng ko‘p darajada mos
keladigan xodimlar yollashiga yordam beradi, xodimlarga esa mehnat sharoitlari va ish haqi
darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi. Tuman (shahar) bandlikka
ko‘maklashuvchi markaz “Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markaz to‘g‘risida”
Nizomga asosan faoliyat yuritadi. Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi «Aholini
bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini
takomilllashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-616 – sonli Qarori hamda Vazirlar
Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-sonli «2007 yil 6 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PK–616 - sonli «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini
amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tuman
(shahar) Bandlikka ko‘maklashuvchi Markazning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va
faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Markaz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari va boshqa
hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza hilish vazirligining normativ – huquqiy
hujjatlariga, bosh boshqarmalarning buyruq va qarorlariga, tegishli hokimliklarning qaror va
farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi . Markaz O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy tizimi bo‘lib, mintaqaviy asosda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar
va Toshkent shahri Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga , hamda
tegishli tuman ( shahar) hokimligiga buysunadi va hisobot beradi. Markaz davlat boshqaruvining
tuman (shahar) mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi hisoblanadi.
Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa mahalliy organlari, jamoat tashkilotlari,
korxona va muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi. 4. Markaz yuridik shaxs bo‘lib, bank
muassasalarida hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z
nomi yozilgan muhrga ega. 5. Markaz tizimiga yirik qishloq (mahalla) fuqarolar yig‘inlarida ish
bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish turg‘un (statsionar) punktlar kiradi. 6. Zarur
bo‘lganda vazirlik qarori asosida Markazda vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byurosi
tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularning faoliyati aloxida Nizom bilan belgilanadi. 7. Markaz Ish
bilan ta’minlashga qo‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan moliyalashtiriladi, hamda belgilangan
tartibda mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish huqukiga ega. 9.2. Tuman
(shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazning asosiy vazifalari va funksiyalari 1. Quyidagilar
Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: – ish bilan band bo‘lmagan aholi hisobi metodikasiga
muvofiq, ishsizlar tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muxtojlar,
shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar banki shakllantirilishini
ta’minlash; – ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-kizlar va aholining boshqa ijtimoiy
extiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish; – aholi bandligining samarali
shakllarini rivojlantirish, jumladan kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik,
shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish hamda boshqa turdagi
ish bilan bandlikni rag‘batlantirish; – ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil
qilish, ularni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini kengaytirish; – ish beruvchilar
tomonidan mehnatga oid qonun hujjatlariga, shuningdek mehnat muhofazasi va shart-sharoitlari
sohasidagi normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; – ehtiyojmand oilalarni
ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqorolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlariga amaliy yordam ko‘rsatish, kamxarj oilalarga nafaqalar hamda moddiy
yordam tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish
Markaz, yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 2.
Band bo‘lmagan aholi sonini hisobga olish sohasida: – tasdiqlangan aholini bandligini aniqlash
metodikasi asosida har chorakda aholi bandligi monitoringini o‘tkazadi, tuman (shahar) hududida
yashovchi band bo‘lmagan aholi sonini aniqlaydi; – aholi bandligi monitoringi asosida tuman
(shahar) hududida mehnat bozoridagi vaziyat haqida ma’lumot va uning rivojlanishini baholaydi;
– tuman (shahar) hududida ish bilan ta’minlanishga muhtoj fuqarolar haqida ma’lumotlarni yig‘ib,
ularni axborot bankini yaratadi. – bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar bankini yaratish sohasida:
– xududdagi mulkchilik shaklidan va ishlovchilar sonidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot
va muassasalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adi va vakant ish o‘rinlari
haqida sistemali ma’lumotlar bankini tashkil etadi; – markazlarda ish bilan band bo‘lmagan
aholiga hududdagi, shuningdek respublikaning boshqa hududlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari
to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi. 3. Ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish sohasida: –
markazga murojaat etuvchilarga ish beruvchilarning ishchilarga qo‘yadigan talablari, ishga
joylashish imkoniyatlari haqida maslahatlar berish; – markaz ish bilan band bo‘lmagan, ro‘yxatga
olingan aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga
ko‘maklashadi; – qurolli kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolarga ularning bandlik sohasidagi huquqi
haqida tushunchalar berish, ularning egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta’minlashda
ko‘maklashadi; – jazo muddatini o‘tagan, amnistiyaga tushgan fuqarolarni vakant va kvotalangan
ish joylariga joylashtirishda ko‘maklashadi; – ishdan bo‘shagan, shu jumlandan korxona
tugatilishi yoki bankrotga uchraganligi munosabati bilan ishsiz bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatga olib,
ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi; – aholini ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlarini barpo etish
hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi va bajarilishi yuzasidan har chorak yakuni
bo‘yicha hokimliklarga ma’lumotlar taqdim etib boradi; – bandlikni ta’minlash hududiy dasturi
asosida ish o‘rinlarini yaratilishini monitoringini tashkil etadi; – ijtimoiy himoyaga muhtoj
shaxslar uchun eng kam ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha hokimliklarga takliflar kiritadi va ushbu
ish o‘rinlarining ijtimoiy ximoyaga muhtoj va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga
qodir bo‘lmagan aholi toifasi bilan to‘ldirilishini nazorat qiladi; – korxonalar, tashkilotlar va
muassasalar va boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazadi;
– o‘rnatilgan tartibda ishsiz maqomi berilgan fuqarorlarga haq to‘laniladigan jamoat ishlari tashkil
etadi. 4. Aholi bandligini rivojlantirishning samarali shakllari sohasida: – ish beruvchilarga
ularning imkoniyatidan kelib chiqib, kasanachilik ishchi o‘rinlarini yaratish bo‘yicha takliflar
beradi, ish beruvchilar orasida bandlik to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borib, korxonalarda
kasanachilik ish o‘rinlarini yaratilishini monitoringi va xisobini olib boradi; – oilaviy tadbirkorlik
subyektlariga bankdan kreditni rasmiylashtirishda maslahatlar berib, ko‘maklashadi; – xizmat
ko‘rsatish va servis, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida ish joylarini yaratishda
ko‘maklashadi; – yirik qoramol o‘stirish bilan xususiy va dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lganlarni
hisobga oladi, ularga mehnat daftarchasini ochadi va yuritadi; – korxona bilan shartnoma asosida
kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan murojaat etuvchilarni ro‘yxatini olib boradi.
5. Ishsizlarni kasbga tayyorlash qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish sohasida: – ishsiz
fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishni tashkil etadi; –
ishsiz fuqarolarni kasb xunar kollejlarida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini
oshirish kurslari bilan shartnoma tuzadi; – ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarni usto-shogird
usulida yakka tartibda kasbga tayyorlaydi; – ishsizlarga kasbga tayyorlash qayta tayyorlash va
malakasini oshirish davrida stipendiya to‘laydi; – o‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalari bilan
kasb-hunar kollejlarini, akademik litseylarni va oliy o‘quv yurtlarini bitiruvchilarni ishga
joylashganligi monitoringini tashkil etadi; – ishsizlarga qonunchilik bilan belgilangan tartibdagi
ishsizlik nafaqasini va moddiy yordamni tayinlaydi va to‘laydi; – qonun bilan belgilangan tartibda
ish hajmi qisqartilishi, texnologiyalar o‘zgarishi munosabati bilan ishdan bo‘shagan fuqarolarga
muddatidan oldin pensiyani rasmiylashtiradi. 6. Mehnat qonunchiligiga rioya qilish ustidan
nazorat qilish sohasida: – mehnat haqidagi qonunchilikni, shu jumladan “Aholini ish bilan
ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi, mehnat muhafazasi meyorlariga rioya qilish
ustidan nazorat qiladi; – korxonalarda mehnat muhofazasi va sharoitlarni takomillashtirish
to‘g‘risida takliflar beradi; – mehnat sharoitlariga ko‘ra ishchi joylarini attestatsiya qiladi. 7.
Muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida: – fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish
organlariga nafaqa va moddiy yordamga muhtoj kam ta’minlangan oilani aniqlashda
ko‘maklashadi; – o‘rnatilgan tartibda nafaqa tayinlash va to‘lash, kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam ko‘rsatishda fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini nazorat qilish va
monitoring o‘tkazish; – kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan nafaqa, moddiy yordamni
belgilashda yo‘l qo‘yilgan xato aniqlansa, xokimiyatga fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organi
tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilish bo‘yicha taklif kiritish. 9.3. Markazning huquq va
ma’suliyati 1. Markaz huquqlari: – mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi boshqaruvini
takomillashtirish va rivojlantirish, mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish; – markaz oldiga qo‘yilgan
vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni hokimlik boshqaruv organlaridan, korxonalar,
takshkilotlar va muassasalardan belgilangan tartibda so‘rash va olish, shu jumladan bo‘sh ish
o‘rinlari, tizim o‘zgarishlari munosabatida xodimlarning ishdan bo‘shashi hamda ta’lim
muassasalaridan kasb yo‘nalishlari va mutaxassisliklar, kasb-malaka tizimi, shuningdek
bitiruvchilarning soni haqida; – ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni
malakasini oshirish maqsadida o‘quv maskanlari, korxona va muassasalar, shuningdek xalq
hunarmandchiligi ustalari bilan shartnoma to‘zish: – kasb-hunar kollejlarida kasb yunalishlari va
tayyorlov hajmlarini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish; – hokimiyatga korxonalarda eng kam ish
o‘rinlarini ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga joylash uchun yaratilishi haqida takliflar
kiritadi; – Markaz vakolatidagi masalalarni muhokama qilish majlislariga hokimlik, boshqa
boshqaruv organi, korxona, muassasa va tashkilot vakillarini taklif etish; – belgilangan tartibda
korxona, muassasa va tashkilotlarga Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tashrif
buyurish; – o‘rnatilgan tartibda korxona, tashkilot, muassasa rahbarlariga nisbatan mehnat
muhofazasi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilmagani uchun ma’muriy jazo qo‘llash va ijro
uchun majburiy yozma ko‘rsatmalarni kiritish, mehnat qonunchiligini bo‘zish yo‘li bilan qabul
qilingan mahalliy meyoriy hujjat va buyruqlarni o‘zgartirish; – davlat budjetdan tashqari bandlikka
ko‘maklashish fondi mablag‘larini ko‘zda tutilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ko‘ra
yunaltirish; Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini bajarishda bandlikni ta’minlash,
tuman (shahar) aholisini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga ma’sul. 2.
Inspektorning asosiy vazifalari va funksiyalari: – statsionar punktga biriktirilgan hududda
yashovchi ishsiz fuqarolarni aniqlab, ro‘yxatga olish; – ishsiz fuqarolarga ishga jaylashishga,
kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishda ko‘maklashish; – biriktirilgan
hududda bandlik masalasini obyektiv baholash; – hududda joylashgan korxonalardagi
vakansiyalar haqida ma’lumot to‘plash; – kam ta’minlangan oilaga, voyaga yetmagan, bolali
oilalarga, 2 yoshgacha farzandi bor, ishlamaydigan onalarga, biriktirilgan hududda fuqarolar
yig‘ini tomonidan tayinlanib, to‘lanadigan nafaqalar tartibga solish va nazorat qilishni ta’minlash;
– aholi o‘zini band qilishi, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikka ko‘maklashish; – aholiga mavjud
vakansiyalar, biriktirilgan hududda yaratilgan yangi ishchi o‘rinlari, shuningdek, tuman va viloyat
hududidagilari haqida axborot berish; – tasdiqlangan metodika asosida uy xo‘jaliklarini o‘rganib,
biriktirilgan hududda bandlik monitoringini o‘tkazish; – biriktirilgan hududda joylashgan korxona,
muassasa va tashkilotlarning ishchi kuchiga talabini o‘rganish; – ishsizlarni kasbga tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish; – mehnat
bozorida alohida himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan boshqalar bilan mehnat bozorida
teng raqobatlasha olmaydigan fuqarolarni ro‘yxatga olish va kvotlangan ish o‘rinlariga
joylashishga ko‘maklashish; – kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va modiy yordam tayinlash va
to‘lashni tashkil etish; – biriktirilgan hududda yashovchi kam ta’minlangan oilalarga hujjatlarni
rasmiylashtirishda metodik boshqarish; – kam ta’minlagan oilaga nafaqa va moddiy yordam olish
uchun zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish, shu jumladan bayonnoma, qaror, hisobot hamda
oilaning umumiy budjetini to‘g‘ri hisoblashda o‘rnatilgan tartibga rioya qilish ustidan nazorat olib
borish; – yirik qora mol boqish bilan band bo‘lgan o‘z xo‘jaligida ishlayotgan fuqarolarga
belgilangan tartibda mehnat daftarchasini ochish va yuritish; – vakolat meyoridan kelib chiqib
mehnat va bandlik haqidagi qonunchilik hamda ishsiz fuqarolarning huquq va majburiyatlari
haqida axborot xizmatlarini ko‘rsatish; – statsionar punkt vakolatiga kiradigan fuqarolarning xat,
ariza va shikoyatlarini kurib chiqish; – belgilangan vazifalar asosida boshqa funksiyalar bajarilishi
mumkin.
DAVLAT ISH BILAN BANDLIK XIZMATI FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI
BAHOLASH USULLARI
REJA
10.1. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning zarurati
10.2. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash usullarining tasnifi
10.3. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning yangi
ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha dasturiy ta’minoti
10.1. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning zarurati
Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining barqarorligi ish bilan bandlikning belgilangan aniq darajasiga
muvofiq kelishini nazarda tutadi. Ish bilan bandlik darajasi ijtimoiy foydali mehnat sohasida
mehnatga layoqatli aholidan foydalanish darajasini xarakterlaydi. Bu ko‘rsatkichning ko‘tarilishi
mamlakatda iqtisodiy holatlar murakkablashuvining oldini oladi. Shunday bo‘lsada, ishchi
kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro bog‘liqligi natijasi o‘laroq ishsizlikni
yoki ishchi kuchi taqchilligini yuzaga keltirishi mumkin. Bugungi kunda aytish mumkinki,
O‘zbekistonda mehnat bozorining holati an’anaviy xususiyatga ega: Yangi ish o‘rinlarining
yaratilishi hisobiga ishsizlar soni bir muncha qisqarmoqda. Tabiiyki, yangicha munosabatlar
sharoitida ish bilan bandlik xizmati faoliyatini baholash uchun yangi usullar, mezonlar
muvofiqligida yangicha yo‘nalishdagi strategiyani ishlab chiqish zarur. Ish bilan bandlik
xizmatining mehnat bozori segmentidagi joylashuvini jiddiy ravishda o‘zgarishi strategik
yangilanishga: ish beruvchilar bilan ishsizlar o‘rtasida ustun darajada faoliyat yuritishning
bevosita vositachilik rolidan bilvosita vositachilik roliga o‘tish tezroq ishsiz yurgan fuqarolarni ish
bilan ta’minlash va bo‘sh ish joylarini kadrlar bilan to‘ldirishga harakat qilish maqsadida, ikkala
mijozning mustaqil faoliyat yuritishlariga olib keladi. Ish bilan bandlik xizmati o‘zining asosiy
mijozlari bilan ishini shunday tashkil qiladiki, bunda ish beruvchi mehnat bozorining holatiga
qarab ishchi kuchi talabining kelajakdagi o‘zgarishi bo‘yicha oldindan o‘z strategiyasini ishlab
chiqishi va oldinroq kadrlar tayyorlash masalasini hal qilishi zarur; ishsizlarda esa, kasbiy
malakalarini o‘sishiga ichki talabni rivojlantirish va mehnat bozoridagi raqobat kurashiga
psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari zarurligini ifodalaydi. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining
samaradorligini baholash uchun optimal usullardan foydalanish zarur. Bu bilan bog‘liqlikda
qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iborat: Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini
baholash uchun tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish; Hududiy ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining samaradorligini baholashda ko‘rsatkichlar tizimi va usullarini tahlil etish; Ish bilan
bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha
tatqiqotlar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish. Mehnat sohasida ish bilan bandlik xizmati har
qanday davlat tashkiloti singari iyerarxiyali (pog‘onali) tuzilmalarga ega, shuning uchun uning
faoliyatini baholash turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida amalga oshiriladi: yuqori
darajada – respublika miqyosida; o‘rta darajada – hudud (viloyat) miqyosida; quyi darajada –
joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida. Ko‘pchilik MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari tomonidan hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari faoliyatlarining samarali yoki samarasiz ekanligi quyidagi ikkita ko‘rsatkich
bilan baholangan: birinchisi – aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga yig‘ilgan sug‘urta
ajratmalari va bu mablag‘larning ishsizlarga nafaqa to‘lovlari uchun yetarliligi; ikkinchisi-
ishsizlik darajasi, mehnat organlari ro‘yxatidan o‘tgan jami ishsizlar sonini jami iqtisodiy faol
aholiga nisbati. Bu ko‘rsatkichlar va natijalar ish bilan bandlik xizmati faoliyatini samarali yoki
samarasiz ekanligini baholash uchun yetarli hisoblangan. Shuningdek, hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari ichki faoliyatlarida quyidagi ko‘rsatkichlardan: ishsizlar soni; bitta ishsizga
to‘g‘ri keladigan bo‘sh ish joylari soni; o‘z vaqtida va to‘liq ishsizlik nafaqalarining to‘lovi, jami
ishsizlardan hisobga olinganlar hissasi va hisobdan chiqarilganlar hissasi; jami ishsizlar ichida
nafaqa oluvchilar hissasi va boshqalardan foydalanilgan. Bugungi kunda davlat ish bilan bandlik
xizmati barcha tizimlari samaradorligi masalalari dolzarb hisoblanib, uning hududiy organlari
faoliyatlari samaradorligini baholash zarur. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati
samaradorligini har tomonlama baholash uning yakuniy shi natijalarini xarakterlovchi o‘zaro
bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Ish bilan bandlik xizmati
ko‘rsatkichlari tizimi quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi kerak: ish bilan bandlikka
ko‘maklashish markazlarida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirish salmog‘i:
shahar yoki tumanda jami ishga qabul qilinganlarga nisbatan; markazga ishga joylashtirish
masalalari bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarni mehnat faoliyatida band bo‘lmagan jami soniga
nisbatan; ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ishga joylashtirilgan
ishsizlarning jami ishsizlik ro‘yxatidan chiqarilgan, muddatidan oldin pensiyaga
chiqarilganlardagi salmog‘i; ishsizlarning sakkiz oy mobaynida ishlamaganlardagi salmog‘i;
iqtisodiy faol aholiga yaratilgan va saqlangan ish joylari sonida ishsizlikni bartaraf qilish darajasi.
10.2. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash usullarining tasnifi
Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tavsiyasiga muvofiq, hududiy
ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samaradorligini hisoblash metodikasini qarab
chiqamiz. Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy ish bilan
bandlik xizmati organlarining faoliyatlarini takomillashtirish hamda mehnat bozori monitoringini
mustahkamlash maqsadida, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining
samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish zarur. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24-maydagi 106-sonli “Ishga joylashtirishga
muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish
to‘g‘risidagi” Qaroriga muvofiq mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashtirishga muhtoj
shaxslarni aniqlash metodikasiga asosanlangan holda amalga oshirish kerak. Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining
samaradorligini baholash uch qismga bo‘linadi. 1) Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik
xizmatiga talab etilganlik darajasini baholash. 2) Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni
ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining
samaradorligi. 3) Ish beruvchilar bilan ishlash. Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik
xizmatiga talab etilganlik darajasini baholash. Korxonalardan bo‘shatilgan xodimlarning ish bilan
bandlik xizmatiga talab etilgan darajasi, ish bilan bandlik xizmatiga murojaat qilganlar sonini
iqtisodiy faol aholi soniga nisbati. Ish bilan bandlik xizmati ko‘magi bilan ishga joylashtirish
darajasi, muayyan davrda jami korxona va tashkilotlarga qabul qilinganlar ichida ish bilan bandlik
xizmati yordami bilan ishga joylashganlar hissasi. Ish topish maqsadida murojaat qilgan
fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining
samaradorligi. Ishga joylashtirish ko‘rsatkichlari va xarajatlarini baholash. Ish bilan bandlik
xizmati ko‘magi bilan ishga joylashganlar salmog‘i, hisobot davrida jami ishga joylashganlarning
ish izlash maqsadida hisobda turgan jami fuqarolar soniga nisbati. Ishga joylashtirish
koeffitsiyenti, hisobot davrida jami ishga joylashganlarning, hisobot davrida jami hisobdan
chiqarilganlarga nisbati. Ishsizlarni ishga joylashtirish koeffitsiyenti, ish bilan bandlik xizmati
organlari tomonidan ishga joylashtirilgan ishsizlar sonining ish bilan bandlik xizmati organlari
ro‘yxatida turgan jami ishsizlar soniga nisbati. Uzoq muddatdagi ishsizlikning samaradorligi, uzoq
muddatdagi ishsizlar sonini hisobot davrida ro‘yxatda turgan jami ishsizlar soniga nisbati. Ish bilan
bandlik xizmati organlariga murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha dasturiy
vazifaning bajarilishi. Moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning sifat ko‘rsatkichlari. 2.2.1.
Ishsizlarga nafaqa tayinlash muddatining bajarilishi, muddatida ishsizlik bo‘yicha nafaqa
tayinlanmaganlarning qonun bo‘yicha jami ishsizlik nafaqasi oladiganlar soniga nisbati. 2.2.2.
Ishsizlik nafaqasi to‘lanishining kechiktirilishi, o‘z vaqtida nafaqa olmaydigan ishsizlar sonini
hisobot davridagi jami nafaqa oluvchilarga nisbati. 2.2.3. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lovlarini
tayinlanish sifati, nafaqalarning tayinlanishi bo‘yicha shikoyat qilganlarni qondirilish miqdorini
jami nafaqa oluvchilar soniga nisbati. 2.2.4. Noqonuniy yo‘llar bilan olingan nafaqalarning
qaytarilishi hisobiga, aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga qaytarilgan mablag‘larning
hissasi, qaytarilgan mablag‘lar summasini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi jami xarajatlariga
nisbati. Maxsus dasturlar realizatsiyasiga qilingan xarajatlar, hisobot davrida aholini ish bilan
ta’minlash jamg‘armasi tomonidan jami maxsus dasturlar realizatsiyasiga qilingan xarajatlarni
ishsizlar soniga nisbati. Xodimlarni ishining samaradorligi. Ishga joylashtirish bo‘yicha xodimlar
ishlarining samaradorligi, muayyan davr mobaynida ishga joylashganlar sonini asosiy xodimlar
soniga nisbati. Aholini qabul qilish bo‘yicha xodimlarning ish bilan ta’minlanganligi, ish bilan
bandlik xizmatiga ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolar sonini asosiy xodimlar soniga
nisbati. Ish beruvchilar bilan ishlash. Ishchi kuchiga talabning qondirilishi. Ish bilan bandlik
xizmatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini ifodalash koeffitsiyenti, ish bilan bandlik xizmati
organlarining oy oxiridagi bo‘sh ish o‘rinlari miqdorini statistika organlarining oy oxiridagi bo‘sh
ish o‘rinlariga nisbati. Ish beruvchilar tomonidan ish bilan bandlik xizmatiga talab berilganlik
ko‘rsatkichi, ish beruvchilarning ish bilan bandlik xizmatiga berilgan talabini hisobot davri oxiriga
statistika organlariga berilgan bo‘sh ish o‘rinlari miqdori va hisobot davrida korxona va
tashkilotlarga ishga qabul qilinganlar soniga nisbati. Bo‘sh ish joylari bilan ishlash samaradorligi,
hisobot davrida ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan ishchi kuchi bilan to‘ldirilgan bo‘sh
ish joylarini hisobot davridagi jami bo‘sh ish o‘rinlariga nisbati. Aholini ish bilan ta’minlash
Davlat jamg‘armasiga sug‘urta ajratmalarining kelib tushish darajasi, hisobot davrida aholini ish
bilan ta’minlash Davlat jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar summasini hududdagi haqiqiy
ish haqi jamg‘armasidan ajratilgan sug‘urta ajratmalariga nisbati. Hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha yuqorida keltirilgan
ko‘rsatkichlar ish bilan bandlik xizmati organlari rivojlanishining turli bosqichlarida kengayib
bormoqda va maqsaddan kelib chiqqan holda hamda faoliyat yo‘nalishlaridan bog‘liq ravishda
o‘zgarmoqda. Yuqorida qarab chiqilgan barcha ko‘rsatkichlar aytish mumkinki, ba’zi
qo‘shimchalar mulohazalar va takliflar asosida maqsadga muvofiqdir. Ish bilan bandlik xizmati
organlari faoliyatini baholashning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqorida keltirilgan uchta qismdagi
ko‘rsatkichlarni birlashtirish imkoniyatlari va zarurati jiddiy e’tirozga olib kelmaydi. Biroq,
bizningcha, ba’zi punktlar bo‘yicha jiddiy o‘zgartirishlar talab etiladi. Masalan, 2.1.4. punkt
bo‘yicha. Ma’lumki, uzoq muddat hisobda turgan ishsizlar sonining kamayishi o‘zining obyektiv
chegarasiga ega. Ularni nolgacha kamaytirish mumkin emas, shuningdek doimo kamayishini ham.
Gap shundaki, ro‘yxatda turgan ishsizlarning ancha harakatchan qismini qisqarishi 4 oydan ziyod
hisobda turganlar hissasini avtomatik tarzda o‘sishiga olib keladi va hech qanday ulchovlar asosida
4 oygacha va 4 oydan ortiq hisobda ishsizlarni ijtimoiy – iqtisodiy, demografik sabablar ta’sirida
bir vaqtning o‘zida va mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga erisha olinmaydi. Bizning
fikrimizcha, uzoq muddat hisobda turgan ishsizlarning absolyut ko‘tarilishini kamaytirish orqali
hamda belgilangan oqilona chegarasigacha qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish
zarur. 2.3. punkt bo‘yicha. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ishsiz fuqarolarga yordam dasturini
amalga oshirish xarajatlarini baholashda mantiqiy yondoshmaslik. Bir tomonlama bunday
yordamni tejash to‘g‘ri emas, chunki Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtojlarga birinchi navbatdagi yordam ko‘rsatiladi, bu esa,
ularning sonini o‘sishiga hamda kasbga tayyorlash va ularni ishga joylashtirishni shakllantirish
xarajatlarining, shuningdek kvota ish joylarini tashkil etish, jamoat ishlari, yoshlar amaliyoti va
boshqalar oshishiga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, hududiy ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining samarali bo‘lishi uchun yuqorida xarajatlarni kamaytirish zarur. Lekin bunday
bo‘lishi mumkin emas: yo ularning sonini qisqartirish kerak yoki ish bilan bandlik xizmati
organlari faoliyatini vazirlik tomonidan samarasiz deb baholanadi. 10.3. Davlat ish bilan bandlik
xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning yangi ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha dasturiy
ta’minoti Hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatini har tomonlama baholashda
ijtimoiy iqtisodiy, demografik va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga oluvchi, markazlashgan
tartibda yangi ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha dasturiy ta’minotini ishlab chiqish zarur. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatining natijalarini respublikamizning
boshqa hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlari bilan har tomonlama baholash
bo‘yicha solishtirishning aniq mezoni ishlab chiqilmagan. Shu sababli, viloyatlar ish bilan bandlik
xizmati organlari faoliyatlarining natijalarini har tomonlama o‘zaro solishtirish mumkin bo‘lgan
ko‘rsatkichlar tizimining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak. Endi
quyidagi ko‘rsatkichlarga fikrimizni qaratsak. Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik
xizmatiga talab etilganlik darajasi (DT), quyidagicha hisoblangan (2006 yil uchun): (10.1) Bu
yerda: MI (kishi hisobida)–ish topish maqsadida ish bilan bandlik xizmati organlariga murojaat
qilgan fuqarolar soni; MQM (kishi hisobida) - maslahat uchun ish bilan bandlik xizmati
organlariga murojaat qilgan fuqarolar soni; IFA – iqtisodiy faol aholi soni. Ish bilan bandlik
xizmati organlari ko‘magi bilan ishga joylashtirish darajasi (DIJ). (10.2) Bu yerda: SIJ (kishi
hisobida) – ish bilan bandlik xizmati organlari ko‘magi bilan ishga joylashganlar soni; SIQ (kishi
hisobida) – hududda korxonalarga ishga qabul qilinganlar soni. Bizning fikrimizcha, yuqorida
keltirilgan barcha ko‘rsatkichlar nafaqat ishsizlik holatini har tomonlama xarakterlaydi, balki ish
bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholashda asos hisoblanadi. Biroq,
ish bilan bandlik xizmati o‘zining ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadi yo‘lida, ish
beruvchilar va ishsizlar o‘rtasidagi bevosita vositachilik rolidan bilvosita vositachilik roliga o‘tishi
orqali o‘z mijozlari harakatlarini koordinatori sifatida yangi ish bilan bandlik konsepsiyasini
takomillashtirishi zarur. Biz o‘ylaymizki, ishga joylashtirishga ko‘maklashish masalasi ish
beruvchilar va ishsizlar o‘rtasida murosaviy munosabatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Murosaga kelishni bunday baholash mezoni ish beruvchilar va ishsizlar talabini qondirish
imkoniyatlari hisoblanadi. Shunday ekan, ish bilan bandlik xizmati ishining samaradorligini
baholash uchun ish beruvchilar va ishsizlar talabini qondirilish darajasini aniqlash zarur. Biz
mehnat bozori konyukturasi nuqtai nazaridan quyidagi ko‘rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati
organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga
qo‘shishni taklif etamiz: Mehnat bozori segmentidagi talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi
(Dn). (10.3) Bu yerda: B (ming kishi) - ish bilan bandlik xizmati hisobidagi bo‘sh ish joylari
soni; SI – ro‘yxatdagi ishsizlar soni. Ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsiyenti (Kij)
(10.4) Bu yerda: SIJ (ming kishi) - ish bilan bandlik xizmatiga ish topish maqsadida murojaat
qilgan fuqarolardan ishga joylashganlari soni; SXX (ming kishi) – iqtisodiyot tarmoqlarida
ishlaydiganlar soni. (10.5) Ik (ming kishi) - iqtisodiyotda jami ishga qabo‘l qilinganlar soni. Ish
bilan bandlik xizmati organlarining mehnat bozorini qamrab olish darajasi. a) Bo‘sh ish joylari
soni bo‘yicha (Dbij): (10.6) Bu yerda: B (ming kishi)- hisobot davrida ish bilan bandlik xizmati
organlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari soni; Ik (ming kishi) – hisobot davrida iqtisodiy
tarmoqlarida jami ishga qabul qilinganlar soni. b) Korxonalarga jalb qilinganlar soni bo‘yicha
(Dkor): (10.7) Bu yerda: K(mingta) – ish bilan bandlik xizmati organlariga bo‘sh ish joylarini
taklif etgan korxonalar soni; K jami (mingta) – viloyatdagi jami korxonalar soni. v) Ro‘yxatdagi
ishsizlar soni bo‘yicha (Dri): (10.8) Bu yerda: S ishsiz (ming kishi) – hisobot davrida ish bilan
bandlik xizmati organlari ro‘yxatida turgan ishsizlar soni; Bifa (ming kishi) – o‘rta yillik iqtisodiy
faol aholi ichida ish bilan band bo‘lmaganlar soni. Murojaat qilish koeffitsiyenti (KM). (10.9)
Bu yerda: Sjm (ming kishi) – joriy davrda ish bilan bandlik xizmatiga murojaat qilgan fuqarolar
soni; Sum (ming kishi) – o‘tgan davrda ish bilan bandlik xizmatiga murojaat qilgan fuqarolar soni.
Ish joylariga talabning qanoatlantirish darajasi. Korxonalarda iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq bo‘lmagan mavjud ish joylarining ma’lum miqdorini ifodalaydigan ko‘rsatkich (DNMB).
(10.10) Bu yerda: IN – korxonalarda qanoatlantirmaydigan ish joylari miqdori; IQ –
korxonalarda qanoatlantiradigan ish joylari miqdori. Bu ko‘rsatkichning o‘sib borishi korxona
faoliyatida salbiy natijalarga va rasmiy ish bilan bandlikni oshishiga olib keladi. Bizningcha, bu
koeffitsent 0,5 ga teng bo‘lganda, korxona xo‘jalik faoliyati holatini tahlil etish asosida, xulosalar
chiqarib ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan salbiy natijalarga olib keladigan bunday ish joylarini ish
beruvchilar tomonidan qisqartirishga yo‘naltirish zarur. Ishchi taklifi bo‘yicha ish joylarining
qanoatlantirish darajasi. Rivojlanish istiqboli, ish haqi, mehnat sharoitlari va boshqalar bo‘yicha
ishchi kuchi talabiga muvofiq korxonalarda mavjud ish joylarini ifodalaydigan ko‘rsatkich (D
kor.qan).
Do'stlaringiz bilan baham: |