3) Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkor - oyiga EKIHning bir baravari miqdorida.
4) Oila a’zosi uchun - oyiga EKIHning 50 %
5) Hunarmand uyushmasi a’zosi sifatidagi faoliyati - oyiga EKIHning 50 %
6) Dehqon xo’jaliklari – yiliga EKIHning 4,5 baravari miqdorida
2020 yilda ijtimoiy soliq soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’iy nazar:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
4) «Hunarmand» uyushmasining hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari bo‘lgan, qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan o‘z faoliyatining dastlabki ikki yilida – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
5) «Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrida – yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda majburiy tartibda to‘lanadi. Belgilangan miqdordagi soliqning to‘lanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi. Belgilangan miqdordagi soliqning to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan «Hunarmand» uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan qolgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.