Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortish tartibi.
Deklaratsiya – soliq idoralariga soliq to`lovchi jismoniy shaxslar tomonidan topshiriladigan va o`z ichiga olingan daromadlar va ushbu daromadlar bilan bog’liq xarajatlar haqidagi ma`lumotlarni aks ettiradigan hamda soliq to`lovchining hisoblangan soliqlarni ixtiyoriy ravishda va belgilangan vaqtda davlat byudjetiga to`lashga majbur etadigan xujjat hisoblanadi.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1 apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g’risida”gi qonuni hamda boshqa qonun va qonun osti me`yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi. Bu qonun fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatli sharoitlar yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub`yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ko`zda tutadi.
Tadbirkorlik – xo`jalik sub`yektlari va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tib, tavakkalchilik va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |