Buxoro muhandislik texnologiya instituti


Yakka tartibdagi tadbirkor



Download 1,08 Mb.
bet91/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Yakka tartibdagi tadbirkor - tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda o'ziga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shahsdir.

Yakka tartibdagi tadbirkor O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.

Yakka tartibdagi tadbirkor amaldagi qonunchilikka asosan chakana savdo, maishiy xizmat ko'rsatish va boshqa turdagi 84 ta faoliyat turi bilan shug’ullanishlari hamda: chakana savdo faoliyatida 1 nafargacha; maishiy xizmat ko'rsatish faoliyatlarida 3 nafargacha; faoliyatning boshqa turlarida 2 nafargacha xodimni yollab ishlatish huquqiga ega.

Yakka tadbirkorlik foliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tushumidan olinadigan soliqni undirish mexanizmi O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili qabul qilinadigan “O`zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari va Davlat byudjeti prognozi to`g’risida”gi qarorlariga muvofiq belgilangan, 2020 yil uchun esa O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to’g’risidagi 589-sonli Qonunida belgilandi.

Yakka tartibdagi tadbirkor jismoniy shaxslar 2019 yil dekabrgacha qat`iy belgilangan soliqning to`lovchilari hisoblanar edilar. 2020 yilda bu soliq Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan qat'iy belgilangan daromad solig’i deb o’zgartirildi.

Bir kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan daromad soliq’ining to'lovchilari hisoblanadi(tushumi 100 mln.so’mgacha bo’lsa).

Bir kalendar yili davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab (tushumi 100 mln.so’mdan 1 mlrd so’mgacha bo’lsa 4 foizli )aylanmadan olinadigan soliq to'lovini to'lashga o'tadi.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’yekti nomidan ish ko’radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan daromad solig’ning to’lovchisi bo’ladi.

Quyidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan daromad solig’ining to'lovchilari hisoblanmaydi:

1)meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchilar;

2)elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestriga kiritilganlar

Soliq Kodeksining 370-moddasida ko’rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to’lash bilan bir qatorda quyidagilarni to’laydilar:

1) bojxona to’lovlari;

2) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;

3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;

4) aksiz solig’i - aksiz to’lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;

5) yagona ijtimoiy to’lov;

6) davlat boji;

7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im.

Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega bo’lsalar, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.

Qat’iy belgilangan soliq to’lovchilarning barcha toifalari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi yil boshiga – har yil 1 yanvar holatiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan ya’ni hozirgi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o’zgargan taqdirda ham qayta ko’rib chiqilmaslik tartibi saqlanib qolindi.

Quyidagi jadval ma`lumotlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g’risida”gi2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qaroriga asosan 2018 yilda Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan qat`iy belgilangan soliq stavkalari keltirilgan.


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish