Buxoro muhandislik texnologiya instituti


Qat’iy belgilangan miqdorda



Download 1,08 Mb.
bet95/294
Sana27.09.2021
Hajmi1,08 Mb.
#186768
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   294
Bog'liq
2 5474243505914120244

Qat’iy belgilangan miqdorda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan

soliq to‘lashning xususiyatlari

Soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan miqdorda soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to’lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash xohishini bildirgan soliq to‘lovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovchi qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni
u tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi.


Bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan soliq to‘lovchilar har bir faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan miqdorda soliqni alohida,
shu faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda to‘laydi.


Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash qo‘llaniladigan faoliyatdan olinadigan daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq to‘lovchilar bu daromad turlari bo‘yicha alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar bo‘yicha jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida, 2020 yildagi yangi tahrirdagi Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Kodeksning 381-moddasida belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq to‘laydi.

Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti)
o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’yektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’yekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.


Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni to‘xtatib turish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

1) soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik sub’yektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi axborot;

2) soliq organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimga berilgan hisobga olish kartochkalari.

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lash xohishini bildirgan soliq to‘lovchilar daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlarva xarajatlar hisobini yuritishi shart.

Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir:

1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’yektining) daromadlarini va xarajatlarini hisobga olish kitobi;

2) Tovar cheklari kitobi.

Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik sub’ektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) arizasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha, hisobot choragidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi

. Yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to’laydi.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o’n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to’lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tilgan paytdan boshlab o’n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to’lanadi.

IMTIYOZ: 1. Qishloq tumanlarida aholi soni 5 ming kishidan ko'p bo'lmagan aholi punktlarida sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo'yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta'mirlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlarni to'lashdan ozod etiladi.

2. Yillik baliq yetishtirish quvvati kamida 50 tonna bo'lgan barcha tadbirkorlik sub'yektlari 2019 yil 1 yanvardan boshlab uch yil davomida barcha soliq va majburiy to'lovlardan ozod etiladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish