Reja:
5.1. O`zbekiston Respublikasining soliq tizimi haqida tushuncha. Soliq siyosati.
5.2.Soliqlar va ularning guruhlanishi. Soliq to`lovchilarning huquq va majburiyatlari.
Tayanch iboralar: soliq tizimi, maxsus soliq rejimlari, ijtimoiy soliq, soddalashtirilgan tartibida to`lanadigan soliqlar, mahalliy soliqlar, bevosita(to`g’ri) va bilvosita (egri)soliqlar.
5.1. O`zbekiston Respublikasining soliq tizimi haqida tushuncha.
Soliqlarning paydo bo`lishi davlatning paydo bo`lishi bilan bog’liq bo`lganligi uchun hamda hozirgi O`zbekistonda ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uning tashkilotchisi ekanligidan bu fan davlatning o`ta zarur bo`lgan xilma - xil vazifalari bilan chambarchas bog’liq va ularga asoslanadi. Davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uni taqsimlashning qonun - qoidalarini ishlab chiqadi. Bu taqsimlashdagi munosabat bozor iqtisodiyoti sharoitida pul orqali amalga oshirilganligidan davlat uni taqsimlashni ham pul munosabatlari orqali, ya`ni soliq, pul va kredit orqali amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti talab va taklif, raqobat, qiymat va boshqa qonunlar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti - erkin iqtisodiyot, pulli munosabatlar iqtisodiyotidir. Soliqlar ham pul munosabatlarini ifoda etganligi uchun bozor iqtisodiyoti tarkibiga kiradi, uning ajralmas qismidir. Bozor iqtisodiyoti qonunlari - soliqlar va soliqqa tortish fanining asosini tashkil etadi. U qonunlarni chuqur anglamasdan turib soliqlar va soliqqa tortish mexanizmini tushunib bo`lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti qonunlarini o`rganib chiqib, davlat yalpi ichki mahsulot qiymatini soliqlar orqali taqsimlash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Shunday ekan, davlat to`g’risidagi ta`limot - davlat iqtisodiyotni boshqarishda bosh rol o`ynashi soliqlar va soliqqa tortishning asosi bo`lib xizmat qiladi. Davlat bozor iqtisodiyotini boshqarishda yetakchilik, boshqaruvchilik rolini o`ynaydi. Davlat soliqlarni iqtisodiy mohiyati va vazifalarini o`rganib chiqib, uni amaliyotga tadbiq qilishni o`z zimmasiga oladi.
Soliqlar majburiy to`lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi.Bu munosabatlar soliq to`lovchilar bilan ularni o`z mulkiga aylantiruvchi davlat o`rtasida bo`ladi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarning yig’indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi. Soliq kodeksiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig’imlar, boshqa majburiy to`lovlar amal qiladi hamda ular O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi.
Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi «O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to'qrisida»gi PF-5468 farmoni soliq siyosatida yangi sahifa ochdi. Yangi soliq konsepsiyasi bu safar tor doirada, sokin kabinetlarda qabul qilinmadi. Aksincha, 3 oy davomida jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. Ommaviy axborot vositalari, televideniya, radio va ijtimoiy tarmoqlarda juda ko'p bahslar bo'ldi. Minglab taklif va munozaralar bildirildi.
O'zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy to'lovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish ko'zda tutilgan. Qulay raqobatli muhit yaratish, soliqqonunchiligi barqarorligi va soddalashtirilishini ta'minlash, soliq yuklamasini kamaytirish, respublikamizning investitsion jozibadorligini oshirish hamda soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish konsepsiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Muhokamalar davomida ishtirokchilar, soliq siyosatini takomillashtirish yo'lida ushbu konsepsiyada ko'zda tutilgan yechimlarni ko'rib chiqib, farmonda belgilab berilgan tizimli muammolarga batafsil to'xtalib o'tdilar va bir necha soliqlar stavkalarini pasaytirishtirishni asoslab berdilar. Bu esa O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2019 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g’risida”gi 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorida, 2019 yil 9 dekabrdagi O’RQ-589-sonli 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi q’onunida va 2019 yil 30 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida»gi q’onuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida PQ-4555-qarorlarida o’z aksini topdi.Soliq kodeksiga bir necha qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritildi.
Soliqlar va yigimlar tarkibi 2018, 2019,2020 yillar uchun taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |