.
Boshqa xom ashyo va materiallar
Sirt-faol moddalar
. Sirt faol moddalar (SFM) fazalarning chegaralari yuzasiga
adsorbsiyalanib, sirt tortishuv kuchini kamaytiradi, zarrachalarning bir biriga
yaqinlashuviga va birlashuviga to‘sqinlik qiladi. Tabiiy SFM larga fosfolipidlar,
tuxum oqi, smolalar, mumlar va boshqalar taaluqli. Novvoylik, qandolat, makaron
va margarin ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sun‘iy SFM lar ham mavjud.
Fosfatid konsentratlari non mahsulotlari, shokolad, unli qandolat mahsulotlari,
margarin mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Oziqaviy fosfatid
konsentratlari soya va kungaboqar urug‘idan olinadi. Fosfatid konsentratlaridagi
fosfalipidlarning miqdori 50 % dan kam bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |