Buxoro muhandislik-texnologiya instituti



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

        Osh tuzi.
 Osh tuzi asosan natriy  xloridning  kristallaridan iborat  bo‘lib uning 
tarkibida kalsiy, magniy va kaliy tuzlarining kam miqdordagi aralashmalari mavjud. 
Osh  tuzi    non  mahsulotlarini  tayyorlashda  asosiy  xom  ashyolarning  biridir.  U  unli 
qandolat mahsulotlarni ishlab chiqarishda, oziq-ovqat [om ashyolarini tuzlashda ham  
qo‘llaniladi. 
Olinish  usuliga  qarab  osh  tuzi    quyidagi    turlarga    bo‘linadi:  o‘zi  cho‘kkan  tuz,  
toshtuz,  cho‘kma tuz va vakuumda bug‘latib olingan tuz. 
O‘zi cho‘kkan tuz. Tuzning asosiy manbai bo‘lib hisoblangan sho‘r suvli ko‘llarning 
qalin qatlamli tubidan olinadi. 
Toshtuz.  Er  tagida  yirik  qatlamlar  holida  joylashgan    konlardan  ochiq  yoki  yopiq 
usulda qazib olinadi. 
Cho‘kma  tuz.  Tabiiy  yoki  sun‘iy  katta  havzalarda  okean,  dengiz  yoki  ko‘l-larning 
sho‘r suvini to‘plam undan suvni bug‘latish yo‘li bilan olinadi. 
Vakuumda  bug‘latib  olingan  tuz.    Er  osti tuzlarni  suvda  eritib namakobni  vakuum-
apparatlarda  bug‘latish  yo‘li  bilan  olingan tuzdir. U organoleptik va fizik-kimyoviy 
sifat  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  barcha    tuzlardan  ustunroq  turadi.    Bu  oppoq  mayin 
kristalli  begona  ta‘msiz  va  hidsiz,  sof  sho‘r  ta‘mga  ega  mahsulot  bo‘lib,  uning 
tarkibida 99,7 % natriy xlorid bor. 


27 
 
    
Yodlangan tuz
 - natriy xloridga juda kam miqdorda (1 tonnasiga 25 g) kaliy yodid 
qo‘shib  tayyorlanadi.    Tuprog‘ida  yod  kam  uchraydigan  mintaqalarda  qalqonsimon 
bez  kasalligini  oldini  olish  va  davolash  vositasi  sifatida  ishlab  chiqariladi.  Oziqaviy 
osh  tuzi quyidagi navlarda ishlab chiqariladi:  ekstra, oliy, I va II. Tuzda begona hid 
va mexanik aralashmalar bo‘lmasligi kerak.   5 % li eritmaning ta‘miga  qarab begona 
ta‘m    va  hidlarning  bor-yo‘qligi  haqida    xulosa  chiqariladi.    Ekstra  navli  tuz  oq 
rangga ega bo‘lishi kerak,  boshqa navdagi tuzlarda  tuslarning  bo‘lishiga (kulrang,  
sarg‘imtir,    pushtirang)  ruxsat  etiladi.  Turli  navlardagi    tuzlarda  natriy  xloridning 
miqdori quyidagidan kam bo‘lmasligi kerak: ekstra - 99,7 %; oliy - 98,4 %; I - 97,7% 
va II - 97,0 %. Namlikning miqdori tuzni ishlab chiqarish usuliga va naviga bog‘liq 
bo‘ladi  va    0,1-5,0  %  ni  tashkil  qiladi.    Barcha  navdagi    yodlangan  tuzlarning  1 
tonnasining tarkibida 25 g kaliy yodid bo‘lishi va namligi 0,5% dan oshmasligi kerak.  
Maydalangan  osh  tuzi    kristallarining    o‘lchamiga  binoan  to‘rt  nomerga  bo‘linadi:  
№0 – kristallarning kattaligi 0,8  mm;  №1 – 1,2 mm,          №2 – 2...2,5;  №3 – 4 
mm. 
   Oziq-ovqat  sanoati  korxonalariga  tuz  qoplarda  yoki  uyum  holida  keltiriladi  va 
havoning  nisbiy  namligi  75  %    dan  yuqori  bo‘lmagan  alohida  xonalarda  saqlanadi.  
Osh  tuzi  tarkibida  aralashmalarning  ko‘pligi  tufayli  u  gigroskopik  xossasiga  ega.  
Havoning  nisbiy  namligi  sezilarli  o‘zgarganda  tuz  nam  tortib  qolishi  va  yopishishi 
mumkin va bu uni ishlatishini  qiyinlashtiradi. 
Shu  bilan  birga  oziq-ovqat    sanoati    korxonalarida    osh    tuzi  korroziyaga  chidamli 
qavat  bilan  qoplangan  maxsus  havzalarda  eritma  holida  ham  saqlanadi.    Ishlab 
chiqarishda  foydalanishdan  oldin  osh  tuzining  hosil  bo‘lgan  to‘yingan  eritmasi 
tindirish va filtrlash yo‘li bilan tozalanadi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish