Sharobning taxirlanishi.
Sharobni taxirlanishi kasalligi ko‗pincha qizil, oq sharoblarni kamroq, ayniqsa
eski shishada ushlanganlarni zararlaydi. Bu kasalni qo‗zg‗atuvchi Bacterium
amaracrilus aerob sporali tayoqcha. Glitserin parchalanib taxir moddalar hosil qiladi.
Kasallikning boshida sharob yaltiroqligini yo‗qotib, taxir ta‘m, uchuvchan kislotalar
hidi paydo bo‗ladi. Keyinroq sharob jigarrang, qora tusga kiradi, taxirligi ko‗payadi.
Bunday sharobni ishlatib bo‗lmaydi, davolashning iloji yo‗q.
Kasal sharobga aktivlangan ko‗mir bilan (100-250 g/gl) ishlov beriladi, ammo
bu miqdordagi ko‗mir bo‗yoqli moddalarni olib ketadi. Rangini tiklash uchun uni
rangli sharoblar bilan kupaj qilish kerak, 30-50 g/gl ga limon kislota va 10-20 g/gl ga
tanin qo‗shish kerak. Kasal sharoblarni yangi mezgada ushlab turish ham tavsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |