Sharoblarni biologik loyqalanishi
SHarob sifatining eng katta ko‗rsatkichlaridan biri barqaror tiniqlik
ko‗rsatkichidir. U sharobni saqlashda, etiltirishda, quyishda, transport vositasida
tashishda o‗zgarmasligi kerak. SHarob ishlab chiqarishda va savdo tarmoqlarida
shishalarga quyilgan tiniq sharob yaltirog‗i yo‗qolib, xiralashib, loyqalanib idish
tubiga cho‗kma tushadi. CHo‗kmani aralashtirsa, u sekin cho‗kadi.
Cho‗kmada 90% achitqilar hujayrasi, ba‘zi cho‗kmalarda sirka kislotali va sut
kislotali bakteriyalar bo‗ladi. Tiniq yaltiroq sharoblarni quyganda 1 ml da 250-500
hujayra bo‗ladi, ularning sanoqligi tirik bo‗ladi holos. 23-25ºC da hujayralar soni
ko‗payib, 3-6 sutkalarda sharob xiralashadi, 10 sutkada loyqalanadi va cho‗kma hosil
bo‗lib, loyqalanishini yo‗qotib bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |