23-Mavzu. Kon‘yak ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari.
Alkogolli ichimliklar
.
Konyak - quvvatli alkogol ichimligi bo‗lib, sharoblarni qayta haydab olingan
spirtdan va uni uzoq muddat (20 yilgacha) eman bochkalarida etiltirib tayyorlanadi.
Tayyor ichimlikni rangi qahrabo – tilla rangda, yoqimli hidli, vanilin hidi engil
seziladi va o‗ziga xos ta‘mlidir. Konyak quvvati 40-57 % ga teng. Konyakni o‗ziga
xosligi, noyob sifat ko‗rsatgichlari eman bochkalarida etiltirish jarayonida
shakllanadi.
Konyak sifatiga sharobning tarkibi, uni olish texnologiyasi va asosan konyak
spirtini etiltirish sharoiti ahamiyatlidir. YAngi haydalgan konyak spirti yuqori sifatli
sharobdan olingan bo‗lsa ham rangsiz, yoqimli hidsiz, qo‗pol, ta‘mida keskinlik
seziladi. Faqat eman bochkalarda saqlanish, etiltirish davrida konyak spirti tilla-jigar
rangli, ta‘mi yumshoq va nozik muattarlikka ega bo‗ladi. Eman yog‗ochi nafaqat
konyakni ayrim moddalarini manbai hisoblanadi, shu bilan birga kimyoviy
jarayonlarini katalizatori hamdir. Konyak spirti saqlash davomida eman yog‗ochini 8-
12 mm gacha namlaydi, chuqurlikdagi qatlamlarga esa faqat spirtni bug‗lari o‗tadi.
Konyak spirtini etiltirganda oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari faqat eman
bochkalarini yog‗och bo‗shliqlaridan o‗tadi degan fikr bor.
303
Etiltirish jarayonida yog‗ochdan spirtga pirokatexin, pirokatexin efirlari –
izoevgenol kabi fenol moddalar o‗tadi, ular havo kislorodi ta‘sirida oksidlanib,
konyakka tilla – jigar rang beruvchi moddalar xosil bo‗ladi. Fenol moddalar kabi
eman yog‗ochidan konyak spirtiga ekstraksiya jarayoni natijasida chiqqan moddalar,
keyincha vanelin, etilvanelin va boshqa uchuvchan birikmalarga aylanadi, konyakka
o‗ziga xos xushbo‗ylik baxshida etadi. Spirt ta‘sirida eman yog‗ochni lignining
etanolizini kuzatamiz va u oksidlanishga moyil bo‗lib qoladi. Lignin asta sekin
etanoliz jarayoni natijasida lignindan koniferil yoki siren spirti hosil bo‗ladi va
piroksidaza fermenti ta‘sirida yoki noorganik katalizatorlar yordamida aromatik
aldegidlargacha oksidlanadi va vanilin kabi moddalar xosil bo‗ladi.
Konyak spirti etilishida kechadigan kimyoviy reaksiyalar kislorod ishtirokida
o‗tadi. Kislorod bochkalar og‗zidan (50 %) va yog‗ochni bo‗shliqlaridan (10 %)
o‗tadi.
Konyak quvvatli alkogol ichimligi, qahrabo tilla rangli: Konyak spirti nordon
uzum sharobini distillyasiyalash (qayta xaydash) mahsuloti sanaladi. Dastlab konyak
Fransiyani Konyak (Sharant departamenti) shaxrida tayyorlangan. Konyak spirtini
aroqga ishlatiladigan etil spirtidan farqi shundaki - konyak spirtini tarkibida
uchuvchan moddalar ancha ko‗p miqdorda bo‗ladi – aldegid, efir, uchuvchan
kislotalar, yuqori spirtlar. Spirtni tarkibidagi bu qo‗shimchalar eman yog‗ochining
moddalari bilan reaksiyaga kirishib, konyakni organoleptik sifatini shakllanishida
asosiy ahamiyatga ega.
304
Do'stlaringiz bilan baham: |