Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Un navlarining qisqacha tavsifi



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/311
Sana21.01.2022
Hajmi7,33 Mb.
#395130
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   311
Bog'liq
fayl 1885 20210922

Un navlarining qisqacha tavsifi. 
Un  navlarining  qisqacha  tavsifi.
  Novvoylik  bug‘doy  uni  bug‘doy  donidan 
ishlab  chiqariladi.  Naviga  qarab  unning  tarkibida  katta  yoki  kichik  miqdorda 
maydalangan  endosperm  va  po‘stloq  zarrachalari  bo‘lishi  mumkin.  O‘zbekistonda 
novvoylik  bug‘doy  uni  beshta:  oliy,  birinchi,  ―O‘zbekiston‖,  ikkinchi  va  jaydari 
navlarda ishlab chiqariladi. 
Oliy navli un mayin yanchilgan endospermdan iborat bo‘lib, oq rangi, tarkibida 
kraxmalning ko‘pligi, oqsillar miqdorining o‘rtacha yoki kamligi bilan aj-ralib turadi; 
ho‘l  kleykovinaning  chiqishi  taxminan  28%  ni  tashkil  qiladi,  kuldorligi  0,55%  dan 
yuqori emas. Unning tarkibida selluloza, yog‘ va qand miqdorlari juda kam. 


216 
 
Birinchi  navli  un  eng  ko‘p  tarqalgan.  U  mayin  yanchilgan  endosperm 
zarrachalaridan  (o‘lchami  40-60  mkm)  va  kam  miqdordagi  kepakdan,  ya‘ni 
maydalanmagan qobiq va aleyron qatlamdan (un massasiga nisbatan 3-4% miqdorda) 
iborat bo‘ladi. Kraxmal miqdori o‘rtacha 75% ni tashkil qilib, oqsil miqdori nisbatan 
ko‘p bo‘ladi (13-15%), ho‘l kleykovinaning chiqishi 30% ni tashkil qiladi. Birinchi 
navli  un  tarkibida  qandlar  (2%  gacha)  va  yog‘  miqdori  (1%),  oliy  navli  undagiga 
nisbatan ko‘p bo‘ladi. Unning kuldorligi 0,75% ni va sellulozaning miq-dori o‘rtacha 
0,27-0,3% ni tashkil qiladi. Birinchi navli unning rangi sof oq rangli yoki oq rangli 
bo‘lib, sariq yoki kulrang tuslarga ega. 
 ―O‘zbekiston‖  novvoylik  uni  yumshoq  bug‘doydan  ishlab  chiqariladi  va 
respublika  hududida  iste‘mol  qilinadi.  Unning  rangi  sariq  yoki  kulrang  tusli  oq 
rangda, kuldorligi 1,15% dan yuqori emas, kleykovina miqdori 25% dan kam emas. 
Bu  un  birinchi  va  ikkinchi  navli  unlar  orasidagi  o‘rinni  egallab,  tarkibida  oqsil, 
qandlar, mineral moddalar va boshqalarning yuqoriligi bilan birinchi navli undan farq 
qiladi. 
Ikkinchi  navli  unning  qobiq  aralashmalari  ko‘proq  (un  massasiga  nisbatan  8-
10%  miqdorda)  maydalangan  endosperm  zarrachalaridan  iborat  bo‘ladi. 
Zarrachalarining  o‘lchami  30-40  dan  150-240  mkm  gacha.  Un  tarki-bida  70-72% 
kraxmal,  3-16%  oqsil  mavjud  bo‘lib,  ho‘l  kleykovinaning  chiqishi  25%  dan  kam 
emas.  Qand  miq-dori  1,5-2,0%,  yog‘  2%  atrofida,  kuldorligi  1,1-1,2%,  selluloza 
miqdori  o‘rtacha  0,7%.  Unning  rangi  oq-sariq  tuslidan,  to‘qroq  oq,  kulrang  va 
jigarranggacha. 
Yuqori  sifatli  makaron  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  uchun  (GOST  12307  ga 
binoan)  qattiq  bug‘doydan  tayyorlangan  un  ishlatiladi.  Bu  turdagi  un  maxsus  uch 
navli don tortishda, uchta: yormachasimon oliy, birinchi va ikkinchi navlarda ishlab 
chiqariladi.  Ikkinchi  navli  un  makaron  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda 
qo‘llanilmaydi.  Makaron  uni  zarrachalarining  sarg‘ish  rangi,  yormachasimon 
strukturasi va shaffof konsistensiyasi bilan nov-voylik unidan farqlanadi. 
Oliy  navli  un  endospermning  ichki  qismlaridan,  birinchi  navli  un  esa 
endospermning  tashqi  qavatlari  zarrachalaridan  va  biroz  miqdorda  po‘stloq 


217 
 
qismlaridan iborat bo‘ladi. Un rangi sarg‘ish rangdan och sariq rangga-cha bo‘lishi, 
un tarkibida karotinoidlarning mavjudligi bilan bog‘liq. Oqsil miqdori 15-16% gacha, 
ba‘zida esa undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Un 32-35% (40% gacha) ochiq rangdagi 
elastik kleykovina hosil qilish xususi-yatiga ega. 
Shaffofligi yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doydan tayyorlangan makaron uni oq 
yoki  biroz  sarg‘ish  rangi,  oqsil  miqdorining  (14-16%)  va  ho‘l  kleykovinasi 
miqdorining  nisbatan  kamligi  (30-32%),  yetarlicha  ochiq  rangi,  cho‘-ziluvchanligi, 
elastikligi bilan farqlanadi. Bu undan tayyorlangan makaron mahsulotlariga oq rang, 
pastroq  shaffoflik,  qaynatish  jarayonida  suvning  xiralanishi,  qaynatilgan 
mahsulotlarning shilimshiqroqligi xosdir. 
Javdar uni elanma, sidirma va jaydari navlarda ishlab chiqariladi. Jaydari navli 
un  aralashmalardan  tozalangandan  va  qamchinli  mashinalarda  ishlov  berilgandan 
so‘ng,  javdar  donini  tortish  yo‘li  bilan  olinadi.  Un  bir  navli  95%  li  tortishda 
olinadigan  va  elakdan  o‘tkazilgan  mahsulotdir.  Jaydari  un  tarkibida  javdar  doni 
qancha qismdan iborat bo‘lsa, shu qismlar mavjud va maydalangan endosperm bilan 
birgalikda  20-25%  maydalangan  po‘stloq  va  aleyron  qatlamidan  iborat  bo‘ladi. 
Zarrachalarining  o‘lchami  30  dan  600  mkm  gacha,  unning  rangi  javdar  donining 
rangiga bog‘liq va kulrang, sariq yoki yashil tusga ega oq rangda bo‘ladi. Un suvda 
eruvchi modddalar va qandlarga boy bo‘lib, tarkibida 12-14% oqsil, 60-64% kraxmal, 
2-2,5% selluloza mavjud, kuldorligi-1,8-1,9% ga teng. 
Sidirma un jaydari undan tarkibida donning po‘stloq va aleyron qatlamlarining 
kamligi  va  maydalanish  darajasining  yuqoriligi  bilan  farqlanadi.  Zarrachalarining 
o‘lchami  30  dan  400  mkm  gacha.  Un  kulrang  yoki  jigarrang  tusli  oq  rangga  ega. 
Sidirma un ham jaydari un kabi suvda eruvchi moddalarga boy, lekin tarkibida oqsil 
miqdori kam (10-12%), kraxmal ko‘proq (66-68%). Bu unda selluloza miqdori-0,9-
1,1%, unning kuldorligi esa-1,2-1,4% ni tashkil qiladi. 
Elanma  un  javdar  unining  eng  sifatli  navi  hisoblanadi.  Zarrachalarining 
o‘lchami 20 dan 200  mkm gacha. Un ko‘k tusli oq rangga ega. Un kraxmalga (71-
73%),  qandlarga  (4,7-5,0%)  boy  bo‘lib,  tarkibida  suvda  eruvchi  moddalar  ko‘proq, 


218 
 
oqsil  (8-10%)  va  selluloza  miqdori  (0,3-0,4%)  kamroq.  Unning  kuldorligi  0,65-
0,75% ni tashkil qiladi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish