Bug‘doy unining novvoylik (nonboplik) xossalari
. Bug‘doy uni sifatli non
tayyorlashga yaroqliligini bilish uchun uning nonboplik xossalari aniqlanadi.
Bug‘doy unining nonboplik xossalarini, gaz hosil qilish qobiliyati, zarrachalarining
yirikligi, ―kuchi‖, rangi va rangining qorayish qobiliyati belgilaydi.
Unning gaz hosil qilish xususiyati deganda 100 g un, 60 sm3 suv va 100 g
presslangan achitqidan tayyor-langan xamirning 5 soat bijg‘ishi natijasida ajralib
chiqqan uglerod ikki oksidi miqdori bilan tavsiflanadigan kattalik tushuniladi. Bu
kattalik unning tarkibidagi qandlar va unning qand hosil qilish xususiyatiga bog‘liq
bo‘ladi. Odatdagi sifatga ega unning gaz hosil qilish xususiyati 1300-1600 sm3 CO2
ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |