Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 1,2 Mb.
bet9/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. 1. Marketing kursining dolzarbligi nimada?

  2. 2. Marketing fanining maqsadi nima?

  3. 3. Marketing tushunchasiga izoh bering.

  4. 4. Marketing nimalarni o’rganadi?



2-MAVZU. MARKETINGNING MOHIYATI VA MAQSADI


  1. 2.1. Marketing asoslari kursining dolzarbligi va maqsadi

  2. 2.2. Marketing jarayoni

2.3. Marketing asosida bozorni o’rganish yo’nalishlari


2.1. Marketing asoslari kursining dolzarbligi va maqsadi
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta`minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo`yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta`rifi mavjud. Bu bir tomondan, "Marketing" tushunchasining juda murakkabligi hamda ko`p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo`yicha turli oqimdagi juda ko`p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko`rsatadi.
Demak, marketingning ta`rifi turli-tuman. Ammo bundan qat`iy nazar, ulardan ko`pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha ta`riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste`mol sohasini yaxlit tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo`yicha o`z raqobatchilariga nisbatan, iste`molchilarni muhtojligini qondirishga yo`naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazî etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o`zgarishlarga tezda moslashish, iste`molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon`yunkturani o`rganish va bashorat qilish hamda ta`sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygandir. "Marketing" fani korxonalar (firmalar)ni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya`ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e`tibor beradi.
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o`tgan asrning oltmishinchi yillari o`rtalarida paydo bo`ldi. To`g`ri, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o`rganish XX asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilaridan bu yo`nalishda faol harakat qilishni talab etdi. SHu sababli, iqtisodiyot yo`nalishlari uchóí mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari birinchilar qatorida "Marketing" fanini o`rganishga kirishishdi.
"Marketing"ni o`rganish hamda o`qitish imkoniyatlarini ko`rib chiqish bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, "Marketing" fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o`rganilayotgan bo`lsa, shunday qabul etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to`siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabóë ham eta olmaydi. CHunki, O`zbekistonda bozor munosabatlari so`nggi davrlarda rivojlana boshladi. SHuning uchun ham biz "Marketing" fani rivojlanishining boshlang`ich bosqichlariga ko`proq e`tiborni qaratib, uning shunday bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko`proq javob bersin.
Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko`pgina mutaxassislar marketingdan faqat bozor tovarlarga mo`l-ko`l bo`lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo`lganda samaralidir. Lekin, "Marketing" fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo`yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun "Marketing" - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o`rgatadigan asosiy fan. Marketing eng avvalo, uni o`rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o`rganadi. "Marketing" - bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste`molchilarni o`rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o`rganadigan fandir.
Oliy o`quv muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko`nikmalarni "Marketing" fani orqali singdiriladi.
Faqat "Marketing" fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo`lgan "raqobat" tushunchasini to`g`ri yoritadi. Biz raqobatni tushunib etishimiz va uning qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o`rganishimiz zarur.
"Marketing" fani shu bilan bir qatorda iste`molchi xulqini modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag`batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o`rganadi.
"Marketing" fani bozorni xo`jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya`ni ularni u erda namoyon bo`lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko`radi. SHu tufayli barchamiz bozorni xo`jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo`lishimiz kerak.
SHuni qayd etish lozimki, "Marketing" bo`yicha xorijiy tajribani korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to`g`ridan-to`g`ri tatbiq etish juda cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funktsiyalarini to`liq holda, ya`ni bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati o`rtasidagi printsipial farqlar bo`yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga iqtisodiyotimizning o`ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shar-sharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur.
"Marketing" fani keng qirradagi oliy ma`lumotli zamonaviy raqobatbardosh iqtisodchilarni shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlardan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o`rgatishdan iboratdir.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish