Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti amaliy psixologiya yo`nalishi 1-kurs talabasi Kochkarova Mahliyoning tayyorlagan prezentatsiyasi. Mavzu:Ijtimoiy psixologiyada muloqot jarayonlari. - Reja:
- Muloqot va shaxslararo munosabatlar jarayoni.
- Muloqot ma`lumotlar almashinuvi jarayoni.
- Muloqot tuzilishlari.
Muloqot va shaxslararo munosabatlar.
Muloqot odmlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.
- Bir qrashda osonga o`xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida murakkab jarayon bo`lib uni odam hayoti mobaynida o`rganib boradi.Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi:’’Muloqot shunchalik ko`p qirralik jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:a)individlarning o`zaro ta`sir jarayoni; b)individlarning o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;v)bie shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati;g)bir kishining boshqalarga ta`sir ko`rsatish jarayoni;e)shaxslarning bir birlarini tushinish jarayoni; shu kabilar.
- Muloqotning turli shakillari yoki bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich odamlarning o`z – o`zi bilan muloqotidir. T.Shibutaki “Ijtimoiy psixologiya”darsligida: “Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, u o`z o`ziga ko`rsatmalar bera oladi” deb yozgan.Odmlarning o`z o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi.Agar odam o`z o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suxbatlashishda, til topishda qiyinchiliklarni boshdan kechirdi, deyish mumkin.Demak, boshqalar bilan muloqot muloqotning ikkinchi bosqichidir.
Muloqot tuzilishlari - Muloqot murakkab jarayon bo’lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma xil ko’rinishlar va qismlar borligi aniqlashimiz mumkin,G.M.Andreeva muloqotning quyidagi tuzilishlarini taklif etadi:
- 1.Muloqotning komunikativ tomoni(ya’ni muloqotga kirishuvchilar o’rtasidagi ma’lumotar almashinuvi jarayoni.)
- 2.Muloqotning interaktiv tomoni(ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq atvorlarga ta’sir jarayoni)
- 3.Muloqotning pertseptiv tomoni(ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog’liq murakkab psixologik jarayon)
Do'stlaringiz bilan baham: |