Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


-MAVZU. MARKETING MAKROMUHITI



Download 1,2 Mb.
bet20/102
Sana25.12.2022
Hajmi1,2 Mb.
#896093
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

6-MAVZU. MARKETING MAKROMUHITI
6.1. Marketing makromihiti omillari
6.2. Marketingni boshqarish jarayoni
6.3. Marketingni tashkil etish


6.1. Marketing makromihiti omillari
Marketing makromuhiti omillari ko’lami keng bo’lib, ularni bir necha turkum komponentlarga ajratish mumkin.
Demografiya – bu aholini soni, joylashish zichligi va h.zo.lar nuqtai nazaridan o’rganadigan fan. Marketing bilan shug’ullanuvchilar uchun demografik muhit katta qiziqish kasb etadi, chunki bozorlar insonlardan tarkib topgan.12
Demografik omillarga eng avvalo tashkilot faoliyat yuritayotgan mamlakat aholisining tarkibi, geografik joylashuvi, tarixi, yoshi bo’yicha tarkibi, irqi, etnik va diniy e’tiqodi, oila bunyod etishi, migrasiyasi va boshqa shu kabi demografik ahamiyatga molik o’zgarishlar kiradi. Izlanishning boshlang’ich nuqtasi sifatida dunyo va mamlakat aholisining tabiiy o’sishi, aholi tarkibidagi o’zgarishlar olinadi.



6.1-rasm Makromuhit omillari tarkibi13
Aholi tabiiy o’sishi turli mamlakatlarda turlicha bo’lib, axolii yoshi tarkibiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Bu esa ko’p miqdorda bo’lgan aholi qatlami ehtiyojlarini va talablarini qondirish vazifasini vujudga keltiradi.
Dunyo bo’yicha demografik ahamiyatga ega bo’lgan tendensiyalar quyidagilardir:

  • sanoati rivojlangan mamlakatlarda tug’ilish sur’atining pastligi;

  • aholining yosh qatlami bo’yicha o’zgarishlarning intensivligi va turli-tumanligi;

  • oila tarkibi va tuzilishidagi o’zgarishlar;

  • yuqori ma’lumotlilik va mashg’ulotdagi o’zgarishlar;

  • aholining etnik qatlamlaridagi siljishlar va hk.

2015 yilda sayyoramiz aholisining soni 7,3 milliard kishidan oshdi. O’zbekiston aholisi 2016 yilda 32 mln. kishiga etdi. Aholi soni jihatidan O’zbekiston MDH mamlakatlarida orasida Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o’rinni egallaydi. 2016 yilda ayol va erkaklar soni qariyb bir xil bo’ldi. O’zbekistonda tug’ilish darajasi o’lim darajasiga nisbatan ancha yuqori. Masalan, 2015 yilda tabiiy o’sish darajasi 371752 kishini tashkil etdi. O’zbekistonda har kuni 1476 ta bola dunyoga keladi, bu bir soatda 61 ta bolani tashkil etadi.
Bevosita O’zbekistonda aholi tarkibida bolalar sonining ko’pligi, yangi oilalar vujudga kelishining ortib borishi oqibatida yuqorida qayd etilgan turkumdagi talabning o’ta sezilarli bo’lganligini kuzatish mumkin. Xususan, bolalar kiyim–kechaklari, poyabzallari, o’qish anjomlariga bo’lgan talab xozirgi paytgacha ham to’liq qondirilmagan. Bolalar poyabzali, kiyim-kechagi ishlab chiqaruvchi maxalliy tashkilotlarga davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlarga qaramay, xali Ushbu talabni qondirish uchun boshqa mamlakatlardan ko’plab shu turdagi mahsulotlar kelitirilmoqda.
Iqtisodiyot omillari tarkibiga yalpi milliy daromad, narxlarning yalpi o’zgarishi, turmush darajasi, iste’mol qobiliyati va bashqa shu kabi mamlakatdagi xaridorlik saloxiyatini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar va ularning o’zgarishi kiradi.
Tabiiy iqlim sharoiti omillari xususida suz borganda avvalo moddiy resurslarni tejash, atrof tabiiy muhitini saqlash bo’yicha harakatlarning ildam tus olishini ta’kidlash lozim.
Tashkilotlarning turli qadoqlash vositalarida mahsulot ishlab chiqarishlari, individual iste’mol uchun ko’proq qadoqlangan mahsulotlar ko’lamining ortishi, atrof muhitni turli chiqindilardan (polietilen, polipropilen, alyuminiy, shisha idishlar, plastmassa idishlar) saqlash vazifasini ham vujudga keltirdi. Mavjud va foydalanilayotgan suv, havo va er sifatini saqlab qolish uchun qat’iy cheklashlar va majburiyatlarni ishlab chiqishni talab etdi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish