Kiyim -kechak tayyorlash va ularning tarkibiy qismlari.
Buxoroda tikuvchilarning jomado’z, p’ostindo’z, telpakdo’z, do’ppi va unga o’xshash bosh kiyimlarni tayyorlovchi - kallapo’shdo’zi tilla ip yordamida kiyim , oyoq kiyim tayyorlovchilar - zardo’zlar singari gurhlari bo’lgan. Chopon ( joma) tikuvchilar - eng katta talab bo’lgan yo’nalishdir, sababi odatda elgan mehmonga chopon sovg’a qilingan , xushxabar keltirgan kishiga ham tuhfa etilgan , kelin-kuyov oilalari o’rtasida lamashinilgan, to’y marosimlarda yaqin qarindoshlarga kiydirilgan va boshqalar.Tayyor kiyimni hatto saroy va amir uchun ham o’rni bo’lgan : butun ust –bosh ( saripoy ) har yili hadya qilingan , xizmatlari uchun taqdim etilgan , eng qimmqt choponlar amir tomonidan iltifot ramzi sifatida tuhfa qilingan . Sovg’a qilinadigan choponlar ( joma) dan tashqari , qavib tikiladigan ko’rpa mahsulotlari ham tayyorlangan. Ularni Buxoroga kelgan mehmonlar va savdogarlar xarid qilishgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida chopon Buxorodan Rossiyaga eksport qilinadigan eng muhim tovarlardan bo’lgan . P.I.Nebolsinning ma’lumotlariga qaraganda , 1840-1850 yillardagi 10 yillikda Orenburg va Troitsk orqali Rossiya va Sibirga 190 mingdan ortiq chopon, to’n keltirilgan. Yozilishicha, choponlarning katta qismi paxtadan tayyorlangan va ularga turla xil naqshlar va gullar solingan. To’n tikish bilan , asosan , ayollar shug’ullangan bo’lib , erkaklar ularni kerakli mahsulotlar bilan ta’minlagan va bozorda choponlarni sotish bilan shug’ullanishgan. Buxorodagi o’sha davr shart sharoitlari natijasida, usta olib sotarlar o’rtasida erkaklarning o’rni chegaralangan edi. Savdosi katta bo’lishiga qaramasdan jomado’zlik hunarmandchilikning alohida tarmog’i sifatida ajralib chiqib , koorporatsiyaga aylana olmadi. Buxoroda yana po’stindo’zlar ham bo’lgan.Ular asosan qo’y terisidan po’stin tayyorlaganlar . Buxoroning o’zida ularni kamchilik kiygan va asosan sotish uchun tayyorlangan. Uni faqat maxsus, tajribali bo’lgan kishilar tayyorlagan va savdoda ham an’analarga mos ko’rinishda , turli naqshlar 44 qo’yilganlari chiqarilgan.Bunda ham asosiy ishchilar ayollar bo’lgan,shunday bo’lsada , tikishning eng murakkab nozik qismlarini erkaklar qilishgan . Bundan tashqari , mahsulot keltirish va sotishni ham erkaklar bajarishgan. O’zbekistonning ko’p shaharlarida bosh kiyim - do’ppilar tayyorlangan. Buxoroda ham telpakdo’zlik bo’lgan va u, asosan, teridan tayyorlangan bo’lib, ichki savdoning asosini tashkil etgan.Shahar aholisining bu mahsulotga ehtiyoji baland bo’lgan. Kambag’allar bu mahsulotni xarid qilolmagan. Buxoroda do’ppilar ham tayyorlangan. Do’ppilarni ayollar tayyorlagan . An’anaviy Buxoro kiyimlarini tayyorlash uchun bir qancha narsalar talab qilingan , ayniqsa , zarli tasmalar.Hunarmandchilikning bu tarmog’i to’fbofichilik deyilgan. Tagbandbo’fon mahallasida yirik gullar bosilgan belbog’lar tikuvchi hunarmandlar to’plangan.Gul ,naqshlar bosilgan belbog’lar mayin nozik bo’lib mashaqqatli mehnatni talab qilganligi uchun bu bilan erkaklar shug’ullangan . Bu hunarni faqat ustaning o’g’illari o’rgangan (bosqa kishilarga o’rgatish mumkin bo’lmagan). Uning qiyinchiligi murakkab ish qurollarida bo’lmay ishning nozikligida edi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoroda ushbu hunar bilan shug’ullanadigan 30 tagacha ustalar bo’lgan. Belbog’ tikuvchilar devonbegi va amirlik savdogarlaridan buyutmalar olishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |