Buxoro davlat


II BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA BUXORO SHAHRI AHOLISI IJTIMOIY TURMUSHINING O.A.SUXAREVA TOMONIDAN O’RGANILISHI



Download 165,5 Kb.
bet7/15
Sana29.05.2022
Hajmi165,5 Kb.
#615375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Buxoro vohasi turar-joylari ichki bezatilishi

II BOB. XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA BUXORO SHAHRI AHOLISI IJTIMOIY TURMUSHINING O.A.SUXAREVA TOMONIDAN O’RGANILISHI.
2.1. Buxoro shahri aholisi ijtimoiy turmushining o’rganilishi –
O.A. Suxareva Toshkentda yashagan davrda Buxoro etnografiyasiga oid ma’lumotlar to’plash bilan band bo’ldi. Olga Aleksandrovna O’rta Osiyo xalqlari hayoti to’g’risida etnografik ma’lumotlar to’plashda va ularni omma e’tiboriga havola qilishda M.S.Andreevning hissasi katta edi. U 1940 yilda O’rta Osiyo Davlat universitetida tashkil qilingan ekspeditsiyaga (Andreev) boshcilik qilgan. Ekspeditsiya tarkibiga M.S.Yusupova, N.V.Rusinov, O.D.Chexovich va L.I.Rempellar bor edi. Urush davrida ekspeditsiya barbod bo’lgandi. Toshkentga kelgandan so’ng, O.A. Suxareva bilan bu ishni yakunlash maqsadida 1947 yilda Buxoroga keladilar. Olga Aleksandrovna 1950, shuningdek , 1956 va 1960 yillarda deyarli har yil Buxoroga kelib ketardi. 1948 yilda u Buxorodan tashqari , Qarshi va Shahrisabzda ham bo’ladi. “Buxoro” mavzusida ishlash boshqa ishlar bilan hamohang olib borildi. Bu haqda 1955 , 1956,1958 yillardagi xat - yozishmalarida yozib qoldirilgan. Olga Aleksandrovna doim boshqa ishlar unung asosiy mavzuda ishlashiga to’siq bo’layotganini yozgan. “Buxoro” mavzusida ishlash 15 yil davom etgan. Uning natijasi doktorlik dissertatsiyasi bo’ldi. 1963 yilda “Бухара ХIХ - начала XX вв: позднефеодальный город и его население ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Yig’ilgan materiallar 60 betlik 4 ta kitob bo’ldi. O.A.Suxarevaning keyingi tadqiqotlari O’rta Osiyodagi so’nggi o’rta asrlar shaharlari va hunarmandchilik turlari bilan bog’liq bo’ldi. Olga Aleksandrovna bu sohadagi ishlarni 1940 yildan boshlagan edi, O’rta Osiyo Davlat Universiteti M.S.Andreev qo’l ostidagi ekspeditsiya bilan Buxoroni tarixiy – etnografik jihatdan o’rganish urush tufayli to’xtab qolgan edi. Qadimiy shahardagi ko’p yillik mehnat , aholi va turli xil kvartallarni o’rganish, katta yoshli kishilar bilan suhbatlashish orqali – hunarmandchilik va va boshqa aholi guruhlari to’g’risida, shaharning tipografiyasi, tarixiy asarlar, shuningdek, boshqa sayyohlik ma’lumotlari natijasida o’zining materiallarini ancha boyitadi. Uzoq mehnat natijasida Olga Aleksandrovna O’rta Osiyodagi so’nggi o’rta asrlar shaharlari haqida tarixiy – etnografik monografiyalar yozdi: “K истории Бухарского ханства ”(Тошкент 1956); “Позднефеодальный город Бухара конца ХIХ - начала XX вв .Ремесленная промишленность” (Тошкент 1962); (Бухорода ХIХ аср охири - XX аср бошларида ҳунармандчилик ); “Бухара ХIХ - начала XX вв : позднефеодальный город и его население ” (Москва.,1966 ) (Бухоро ХIХ 19 Сухарева О. А. Бухара. XIX - начало XX в. (Позднефеодальный город и его население). М., 1966. С. 19, 21; Она же. Позднефеодальный город. Бухара конца XIX - начала XX вв. Автореф. дис. ...д.и.н. Ташкент, 1962. С. 7; Она же. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент. 1958. С. 12. 29 аср охири - XX аср бошларида.Сўнгги ўрта асрларда шаҳар ва унинг аҳолиси); 1963 yilda Moskvada SSSR FA Etnografiya institutida “Бухара ХIХ - начала XX вв : позднефеодальный город и его население ” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 20 O.A.Suxarevaning 1966 yilda Moskvada nashr qilingan “Бухара ХIХ - начала XX вв : позднефеодальный город и его население ” nomli ilmiy kitobi quyidagi 4 bo’limdan iborat. 1.Buxoro shahri hududi va topografiyasi, geografik joylashuvi hamda tabiati,bozorlar, karvonsaroylar,tarixiy joylar, qabristonlar, aholi guzarlari, shuningdek, shaharning qurilish rejasi haqida ma’lumot berilgan. 2. Buxopo oilalarining tarkibiy tuzilishi va aholi soniga bag’ishlangan. 3. Tarixiy adabiyotlarda ,ayniqsa, tojik tilidagi manbalarda Buxoro aholisi va etnik tarkibi turkiy tilli xalqlar ,arablar, forslar,yahudiylar, kabi etnik guruhlar tarixi o’rganilgan. Buxoro shahri aholisining ijtimoiy turmush tarzi hamda mashg’ulotlari , hunarmandchilik, savdo - sotiq, katta yer egalari , harbiylar , ziyolilar kabi ijtimoiy qatlamlarning hayot tarzi tahlil qilingan. “ O.A.Suxareva tomonidan Buxoro aholisi ijtimoiy turmushining o’rganilishi ” haqida fikr yuritilgan ushbu bitiruv malakaviy ishda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro shahri aholisining turmush tarzi hamda mashg’ulotlari xususidagi ma’lumotlar O.A.Suxarevaning 1966 yilda Moskvada nashr qilingan “Бухара ХIХ - начала XX вв : позднефеодальный город и его население ” nomli ilmiy kitobi asosida yoritildi. 20 Сухарева О. А. Бухара. XIX - начало XX в. (Позднефеодальный город и его население). М., 1966. С. 19, 21; Она же. Позднефеодальный город. Бухара конца XIX - начала XX вв. Автореф. дис. ...д.и.н. Ташкент, 1962. С. 7; Она же. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент. 1958. С. 12. 30 XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoroda jamiyatning barcha jabhalarini despotic tuzum qamrab olinganligi O.A.Suxareva tomonidan aytib o’tilgan. Jamiyatning asosini - qishloq xo’jaligi va u bilan bo’g’liq bo’lgan agrar munosabatlar Buxoroda yashovchi ko’plab tabaqalarning ijtimoiy ahvolini belgilab berardi. Poytaxt Buxoroda yirik mulk egalari istiqomat qilar edi; ular o’zlarining xususiy yerlariga , ko’p miqdordagi molmulklariga tayanardi. Ko’p sonli harbiy xizmatchilar tabaqasi , asosan , davlat xazinasini to’ldirish uchun qaram dehqonlardan soliqlarni undirishi haqida muallif fikr yuritgan. Buxoroda yirik diniy mulklar ya’ni vaqflar ham mavjud edi. Vaqf mulklaridan keladigan foyda - yerlardan, yerlarda ishlovchi dehqonlar mehnatidan kelardi va diniy ulamolar hisobiga kelib tushardi. Buxoroda , shuningdek , yana bir ijtimoiy qatlam bo’lib , ularning faoliyati yer bilan bog’liq - yer egalari va dehqonlar( ziroatkorlar)dir .Shahar va qishloqlarda yerlar ularning yashash manbai bo’lgan. Aholining muhim ijtimoiy qatlamlaridan bu hunarmand – savdogarlar bo’lib, ular bir tomondan oddiy xalq, qishloq aholisi hisoblanib ,qishloq xo’jaligida faoliyat yuritsalarda, ikkinchi tomondan o’zlarining mablag’lari bilan oldingi qatorda turishardi. Shahar aholisi doimo sinfiy tabaqalangan bo’lgan. Rus tadqiqotchilaricha fikricha, Buxoro aholisi uch toifaga bo’lingan: fuqaro, sipoh va ulamo. Jamiyatda eng ko’p sonly toifa - fuqarodir. Ushbu ijtimoiy tabaqa Yevropa feodal jamiyatidagi “uchinchi tabaqa” ga to’g’ri keladi.Bu toifaga hunarmand , kosib , (usta,shogird) , savdogarlar , umuman, barcha shahar ishchilari kirgan.21 21 Xaныков.Н.В.Описание Бухарского ханства.Санкт-Петербургь.1843.-С-29. 31 Sipohlar toifasi imtiyozli toifa hisoblanadi.Unga yuqori lavozimlarda xizmat qiluvchilar : saroy xizmatkorlari, harbiy qo’shin qo’mondonlari (sarkardalar) , ma’muriyat – “ to’rt hokim boshqaruvchi ”(“chor hokim- qozi kalon, rais, mirshab , zakotchi ”)lar kirgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoroda harbiylar orasida o’zbeklar ko’pchilikni tashkil etardi . Mahalliy amaldorlar va boshqa ko’plab sha’riy amaldorlar (o’roq, sadr)ning ko’pchiligi mahalliy tojik tilida so’zlashuvchilardan edi. Bundan tashqari amaldorlarning ko’pchiligi forslardan ham edi. Ijtimoiy va mulkiy darajasi jihatdan sipohiylar turlicha edi.Ba’zilari Amirlikning eng yuqori aristokratlari bo’lsa ,ba’zilari saroy xizmatida edi. Quyi tabaqadagilar ularga bo’ysunardi va qo’shinda ham ular eng oldi qatorda turib , qo’mondonlik qilishardi. Mavqeyi jihatdan past bo’lgan , harbiy xizmatdan ham quyida turuvchilar “yetim sipoh” (batraki sipoh) deb nomlanardi. Keyingi toifa vakillari ruhoniylar bo’lib, ularga sadrlar, xo’jalar eng yuqorida ulamolar kiradi. Saidlar (Muhammad payg’ambarning avlodlari) va xo’jalar ( dastlabki to’rt xalifa avlodlari) o’zlarini “ oddiy xalq” qa nisbatan ustun qo’yardilar. Xo’jalar, xususan, saidlar o’zlarining toifalariga ko’proq yaqin bo’lishardi. Nikoh munosabatlarida boshqa toifalar bilan kirishishga ruxsat berilmagan edi. Ayniqsa, bu qizlarga nisbatan qat’iy o’rnatilgan edi; nikohdan keying avlod ularga ota tomondan kelib chiqishidan qat’iy nazar xo’ja va saidlarning barcha huquqlariga ega bo’lar edi. Xo’jalarning boshqa toifa qizlariga uylanishi uchrab turadi, lekin chegaralangan holda edi. Xo’jalarning fikricha, bordi-yu yigit kishi uch marta ham past toifadagi boshqa qavm qiziga uylansa , ularning avlodi o’z qadr-qimmatini yo’qatar edi. Shu sababli aksariyat hollarda bunga yo’l qo’yilmas edi. Xo’jalar o’zlarining turli nikoh munosabatlaridagi chegaralari va “odamiylik” hamda “yuqoriligi ” jihatdan ijtimoiy hayotda ajralib turishardi. 32 Xo’jalar orasida boy va tanilganligi bilan ajralib turadiganlari kam edi . Xo’jalarning boy qismi o’zlarining o’zlarining to’plagan boyliklari, yerlari , savdo rastalari bilan ijtimoiy hayotda yuqori toifaga kirib , o’zlarini aristocrat deb hisoblashardi. Xo’jalarning orasida hunarmand - xo’jalar ham kam emasdi , dehqon - xo’jalar ham xuddi shunday , lekin ular qolganlardan ajralmasdi. Buxoroda bir qancha xo’jalar va saidlar guruhi istiqomat qilgan , ular orasida e’tiborli va boyi Jo’ybor xo’jalari hisoblangan.Ular haqida kattagina adabiyotlar yig’ilgan. Tarixchilarning fikricha ularning hammasi ham yuqori mavqega ega bo’lmagan. Hatto bir qavmga mansub bo’lsada , ular orasida tengsizlik bo’lgan. Yirik xo’jalarda barcha boyliklar faqatgina bitta o’g’ilga tegishli bo’lar edi. Bunga misol qilib, buning kelib chiqishiga sababchi bo’lgan Xo’ja Islomning to’ngich o’gli Saidga butun merosini qoldirib, boshqa ikki o’glini merosdan mahrum etishini aytib o’tish mumkin. Said ham o’z navbatida katta o’g’li Tojiddinga mulkining katta qismini berib, uni vaqf mulklarining mutavvalisi etib tayinlaydi. Eng yuqori lavozimlarni Jo’ybor xojalaridan tayinlagan. Hatto Buxoro amirlari ham o’z hohish va istaklari bilan qizlarini Jo’ybor xo’jazodalariga berardilar. Ular ham amirlar bilan yaqinlashishga harakat qilishardi. Xo’jalarning bunday tanilgan toifalari yuqori mansablarga ega bo’lishgan. Davlat manfaatlari uchun xizmat qilishda , harbiy lavozimlarda ishlaganlar va sipohlar qatorida turishgan.XIX asr mualliflari ma’lumotlariga qaraganda bu toifa vakillari tanlangan lavozimlarda xizmat qilganlar. N.Xanikov “Haqiqiy xojalar- shayx-ul islom va xo’ja kalonlar ” , Semyonov “ ulardan ayonlar, shayx-ul islom, amaldorlar va sipohlar ” guruhi shakllanganini eslatishadi. 22Boy bo’lmagan xo’jalar topganlariga qanoat qilib yashashgan va shunga yarasha mavqega ega bo’lishgan. 22 Семенов А.А. Очерк поземельно-податного и налогового устройство бывшего Бухраского ханства//Труды САГУ. Сер.II.Вып. I. – Т.: “Изд-во Средне-азиатского гос. Универ-та”, 1929. – С.148. 33 S. Ayniyning yozishicha bunday avlod vakillariga yuqori lavozimlarga chiqish imkoniyati bo’lmagan. Xo’ja va saidlar bir-birlari bilan ajratilmagan va ular boshqa toifa vakillaridan ustun turgan. Oddiy oiladan chiqib , davlat xizmatiga o’tib ma’lum mansablarda ishlasa ham sipohlarga kirardi.Lavozimdan ayrilganlar fuqaroga aylanib qolardilar.Shuning uchun ham biz bilgan sharoitda toifalar orasida aloqalar bo’lgan, toifalar o’z qobiqlariga o’ralib qolmagan va bining natijasida O’rta Osiyoda tabaqalanish shakllanmadi. XIX asr oxiri - XXasr boshlarida biz Buxoro shahri aholisini quyidagi tarkibiy tuzilishini sanab o’tishimiz mumkin : - hunarmandlar –shahar aholisining asosiy qismini tashkil etgan; - savdogarlar –shahar iqtisodiy hayoti uchun muhim vazifani bajaradi va ular ko’pchilikni tashkil etgan; - shahar dehqonlari ya’ni yer egalari; - xizmatkorlar – shahar xizmatkorlari(quyi qatlam). Buxoro qadimdan O’rta Osiyoning yirik hunarmandchilik markazlaridan biri hisoblangan . Hunarmandchilik mahsulotlari faqatgina O’rta Osiyoning yirik bozorlarida emas, balki boshqa mamlakatlarga ham chiqarilgan. Hunarmandchilikning ayrim tarmoqlari qishloq aholisi ehtiyojlarini ham qondirgan bo’lsa, qolgan qismi asosan shahar aholisining ehtiyojlarini qondirgan. Buxoro hunarmandchiligining rivojlanishi jamiyatda tovarga bo’lgan ehtiyoj bilan bog’liq bo’lgan. Buxoro hunarmandchilik mahsuloti ketishi uning karvon yo’llari chorrahasida joylashganligi bilan bo’g’liq. Boshqa tomondan Eron, Afg’oniston, Hindiston va Rossiya bilan savdo aloqalari ham ta’sir ko’rsatgan . Bundan tashqari Buxoro sanoati bir necha asrlar davomida shakllangan O’rta Osiyoning turli viloyatlari o’rtasidagi ayirboshlash tartibi bilan bog’liq , turkman , qozoq, ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi o’zbeklar o’rtasidagi aloqalar ; ( savdo aloqalari asosan quruqlik va suvsiz sahrolarda ); yirik savdo markazlari Samarqand , Qarshi , Shahrisabz, G’uzor kabilar ta’sirida bo’lgan. Ichki savdo ham Buxoro savdosida alohida o’rin egallagan, bir tomondan ichki talabni qondirish uchun hunarmandlarning mahsulotlari Buxoro katta mulk egalari hayotida alohida o’rin tutgan, ikkinchi tomondan shahar aholisining ehtiyojlari uchin bozorda ozuqa mahsulotlari, kiyim - kechaklar tayyorlash muhim bo’lgan. Aholining keng talabi hunarmandchilikni qishloq xo’jaligidan ajratib chiqargan. Buxoroda savdo-sanoat rivojlanishi mahalliy shart-haroitlarga bog’liq edi.Shahar aholisi , xususan , hunarmandlar ariq tozalash va shahar tozalash ishladan ozod qilingan , bu ishlar bilan shahar atrofida yashovchi dehqonlar shug’ullangan. Bu yerda kommunal xizmatlarning barcha turlari yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Ichimlik suvini suv nasoslari orqali etish va aholi guzarlarida choy qaynatib ichish uchun sotilardi. Shahar savdosining rivojlanishi aholi barcha qismini mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qildi. Bu hududda XIX asr oxiri - XXasr boshlarida soliqlar jabr - zulmi biroz kamaydi. Ma’lumki, Buxoro amiri Shohmurod (1775-1800) kambag’allashib borayotgan shahar aholisini soliqlardan ozod etgan. Bartoldning fikricha soliqlar uylar soniga qarab undirilgan. Bular tarxonlar tomonidan rasmiylashtirilgan va bu 1917 yilgacha o’z kuchda qolgan. Bozorda narx –navo qimmatligiga qaramasdan, Buxoro shahridagi hunarmandlar boshqa hudularga nisbatan ahvolari yaxshi bo’lgan. Bu yerda rus sanoati mahsulotlari bilan raqobat kam edi . Turkiston o’lkasida ba’zi bir hunar tarmoqlari raqobat natijasida tushkun ahvolga tushib qolgan edi.

Download 165,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish