O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Buxoro vohasi turar-joylari ichki bezatilishi
Buxoro 2022
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………
1-BOB. BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI VA HUQUQIY TIZIMI
1.1. Buxoro xonligining tashkil topishi…………………………
1.2. Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi………………………
1.3. Buxoro xonligi davrida markaziy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari………………………………………
1.4. Buxoro xonligi huquqining asosiy belgilari…………
2-BOB. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro shahri aholisi ijtimoiy turmushi.
2.1. Buxoro shahri aholisi ijtimoiy turmushining o’rganilishi…
2.2. Buxoro shahri aholisining turmush tarzi hamda mashg’ulotlari xususida .................................................................................................
Xulosa……………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Buxoro – asrlar davomida Sharqning umumma`rifat va madaniyat markazlaridan biri sifatida dunyoga dong`i ketgan qadimiy shahar. U o`tmishda savdo – sotiq, madaniy aloqalar jihatidan Markaziy Osiyoning mashhur Balx, Hirot, Marv, Samarqand, Termiz, Choch – Toshkent va Xorazm (Xiva) shaharlari safidan joy olgan. O`rta asrlarda Buxoro Movarounnahrning yirik savdo – sotiq, hunarmandchilik va ma`muriy markazlaridan biri bo`lib, G`arb va Sharqni tutashtiruvchi qadimiy halqaro savdo yo`li - “Buyuk Ipak yo`li” da o`ziga xos mavqega ega bo`lgan. Asrlar davomida Buxoroning dong`i butun Sharq bo`ylab, faqat ilmu ma`rifat, madaniyat hamda savdo – sotiq sohasidagina emas, balki O`rta Osiyoning yirik ma`muriy markazi sifatida ham tanilib kelgan. Shu bois bu tarixiy zamin tarixini o`rganish, xaritasini tuzish, aholisining turmush tarzi, madaniyati, buyuk o`ziga xos me`morchilik uslublari, sa`natini tadqiq qilish masalasi doimo mahalliy va rus tarixchi – olimlarining diqqat markazida turgan. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so`ng mamlakat ma`naviy hayotida ko`pgina o`zgarishlar ro`y berib, o`zbek xalqining boy tarixi, moddiy va ma`naviy qadriyatlarini o`rganishga katta e`tibor berila boshlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yoq” asarida va Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Toshkent, shaharlarining yubiley tantanalarida so`zlagan nutqlarida O`zbekiston tarixchilari oldiga qator ilmiy – nazariy va amaliy dolzarb muammolarni tadqiq etish vazifasini qo`ydi. XIX asr oxiri – XIX asr boshlarida amirlik hayoti, aholining turmush tarzi, ichki va tashqi savdo, madaniy hayot, hunarmandchilik ahvoli, me`morchilik va asosan shahar xaritasini, toponimikasini tuzish borasida bizga aniq va boy ma`lumot qoldirgan rus tarixchisi, sharqshunos ,etnograf olima Olga Aleksandrovna Suxarevaning ilmiy merosi Buxoro shahri tarixini,etnografiyasini, aholi turmush tarzini o’rganishda muhum va dolzarb manba hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ish mavzusi sifatida tanlangan “Olga Aleksandrovna Suxareva tomonidan Buxoro aholisi ijtimoiy turmushnining o’rganilishi ” mavzusi tarixchi olimlar tadqiqotlari uchun muhim manbalar sirasiga kiradi. Buxoro shahrida olib borgan tadqiqotlariga keng ahamiyat berildi. XIX asr oxiri – XIX asr boshlarida Buxoro shahridagi tarixiy hayot uning "Позднефеодальный город. Бухара конца XIX - начала XX вв.", 1962 yilda Moskva shahrida yoqlagan doktorlik dissertatsiyasida, “Очерки по этнографии узбеков", “Среднеазиатское искусство вышивки (о книге Н. ИсаевойЮнусовой "Таджикская вышивка") // СЭ. 1981. N 3., Художественные ремесла Узбекистана // Звезда Востока. 1948. N ,Бухара. XIX - начало XX в. (Позднефеодальный город и его население). М., 1966. С. 19, 21; “Позднефеодальный город Бухара конца XIX - начала XX века. Ремесленная промышленность”. Ташкент, 1962; Бухара. XIX - начало XX в.; “Квартальная община позднефеодального города Бухары (в связи с историей кварталов)”. М., 1976. nomli asarlarida o`z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |