2) Cho’yan erituvchilar (degrezlar) kichik mutaxasssislik guruhlariga bo’lingan Plug (omoch) quyuvchilar (pozagarlar) va turli maishiy buyumlarni yasovchilarga ajratigan. Ular “ mankalrez”lar nomi bilan yuritilgan. Cho’yan quyish shaharning o’zida amalga oshirilmagan, bu ish bilan sotuvchi degrezlar shug’ullangan,ular Degrezlar mahallasida yashagan. Bu yerda shuningdek , metall quyuvchi ustalar va cho’yan mahsulotlari sotuvchilar ham istiqomat qilishardi. Degrezlar mahallasining nomlanishi shuni ko’rsatadiki qacholardir metal quyuvchilar shahar hududida bo’lishgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida buxorolik degrez ustalar shahar atrofidagi qishloqlarda 37 bo’lishgan: Mo’gulon Qori qishlogida bir oila vakillari bo’lmish ikki aka-ukalar mohit degrezlar degrezlar edi; O’troqchi, Zarmanak va Vojikte qishloqlarida mohir ustalar dagrezlar yashashgan.Jami Buxoro atrofida 7 ta degrezlik ustaxonalari mavjud edi. Ustalar shaharda yashashgan va shahar bozorlarida o’z mahsulotlarini sotishgan. Degrezlar mahallasida 19 ta do’kon bo’lgan va bu Buxoro cho’yan mahsulotlarining katta qismini o’zida jamlagan. Buxoroda jami 40ta do’kon bo’lgan. Ko’pchilik metall quyuvchilar o’z hunarlaridan tashqari bu yerda ham ishlashgan. XX asr boshlarida metall quyuvchilar, asosan, plug ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Degrezlar oyida ikki marta metal quyishgan. Qolgan paytlarda shunga tayyorlanishgan , bunda ko’p ishchi kuchi talab qilinmagan. Asosiy ish (quyish) amalga oshirilayotganda kamida 2 ta malakali mutaxassis va ko’plab yordamchilar bo’lishi kerak edi. Odatda ishchilar - tajribaga ega xalfalar yordam berishgan. Cho’yan quyish vaqtida ustaxonalarda 30 ta ishchi: 3ta usta 10ta yorugar, 10ta damgar va 5ta quyuvchilar bo’lishgan. Bu ishchilar o’ta malakali edi va bu ish bilan muntazam shug’ullanishgan, qolgan ishlar bo’sh vaqtlarida shug’ullanganlar.
3) Misgarlar - misgarlik hunarmandchilikda alohida tarmoq hisoblanmagan.Garchi ular alohida yo’nalishda faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar-da. Misgarlarning katta qismi uylarida ishlaganlar . Ko’pgina ustaxonalarda bosh misgar va 2 ta xalfa , kam hollarda shogirdlar ishlashgan. Hunarmandchilikning bu yo’nalishida xalfalar ham malakali mutaxassis misgarlar hisoblanishgan.Kim o’z kasbini ustasi bo’lsa, ehtiyojlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarsa, o’zi alohida faoliyat yuritishi mumkin bo’lga, sababi bunga xom-ashyo va ish quroli uchun ko’p mablag’ talab qilinmagan .Shunday bo’lsa ham ustalarning iqtisodiy Сухарева О. А. Бухара. XIX - начало XX в. (Позднефеодальный город и его население). mustaqilligi bo’lmagan, mis mahsulotlari asosan olib –sotarlar qo’lida bo’lgan. Arkda shaxsiy ustaxonasi bo’lgan misgarlar mamlakatdagi eng yaxshi misgarlar hisoblangan.U yerda amir saroyi uchun maxsus buyumlar tayyorlangan. Ularning ustaxonalari, ish haqi va ish vaqtidagi oziq-ovqatlaridan shaxsan devonbegining o’zi xabardor bo’lgan. Misgarlarning umumiy sonini aytish qiyin .Ma’lumotlarga qaragqnda eng yaxshi ustalar soni 100 taga yetgan va jami hisobda 400 talar atrofida bo’lgan. Aytishlaricha bu ish bilan shug’ullanuvchilar soni 1000 tadan ortiq bo’lgan.